Estoniyaning kishini hayranlantirishga qodir g’aroyib an’analari
Estoniyaning kishini hayranlantirishga qodir g’aroyib an’analari
Atrof-muhiti, diqqatga sazovor joylari ro'yxatidan tashqari bir mamlakat boshqa mamlakatdan nimasi bilan ajratib turadi? Albatta, mahalliy urf-odatlari! Bugungi maqolamizda Estoniyaning g’ayoyib urf-odatlari haqida gapirib o’tmoqchimiz!

Estoniyaliklar kelasi zamon haqida o'ylamaydilar. Soddaroq qilib aytganda ularning lug’atida ushbu so’z mavjud emas. Ammo o'tmishni anglatuvchi uchta variant mavjud. Kelajak hozirgi zamon va zamon sharoitlaridan (erta, indin va h.k.) iborat.

Estoniyaliklar biron bir narsa aytishdan oldin yuzaga kelishi mumkin bo'lgan oqibatlarni taxmin qilishadi va umuman og'zini ochish yoki ochmaslik haqida o'n marta o'ylashadi. 

Ular  transportda yo’l haqini shaxsiy guvohnoma bilan to'laydilar. Ushbu hujjat yoki ID-karta yordamida siz saylovlarda ovoz berishingiz va Internet-bankdan foydalanishingiz mumkin. Virtual chipta ham unga "biriktirilgan".

14 fevral kuni estonliklar Sevishganlar kunini emas, balki Do'stlar kunini nishonlaydilar. Hatto bolalar ham sovg’alarni nafaqat do'stlari va qiz do'stlariga, balki barcha qarindoshlariga berishadi.

Haydovchilik guvohnomasini olish uchun o'qitishda "qishki haydash" sinovi ham alohida olinadi.

Qishda yo'llarga qum bilan emas, balki granit chiplari sepiladi (bahorda ular yig'iladi, yuviladi va kelgusi yilgacha qayta ishlatilishi uchun saqlanadi).

Hech qachon notalaridan nusxa ko'chirmang. Bu mualliflik huquqi to'g'risidagi qonun bilan taqiqlangan. 

Estoniyaliklar Finlyandiya madhiyasini bemalol kuylashlari mumkin. Uning kuyi eston madhiyasi bilan bir hil.

Zulmatda ular porlashni boshlaydilar. Hammasi helkurs – yoruqlik qaytaruvchilar haqida. Yo'l harakati qoidalari barcha piyodalarni jinsi, yoshi va darajasidan qat'i nazar, ularni kiyishga majbur qiladi. Qoidabuzarlik uchun politsiya 40 yevrogacha jarimaga tortishi mumkin. Qiyin ob-havo sharoitida (Estoniyada tez-tez yomg'ir yog'adi) qorong'ida to’q rangli kiyim kiygan piyodalar yo'lda deyarli ko'rinmaydi.

Ular sut mahsulotlarinideyarli har qanday taomga qo’shishga muvaffaq bo'lishadi. Ularning taomlari orasida eng ajoyiblaridan biri bu seld yoki tuzlangan karam bilan sutli sho'rva.

16 darajadagi suvda suzishadi- yoz qisqa va salqin o’tadi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook