Futbol – millionlar o’yini
Futbol – millionlar o’yini
Futbol – birgina bu so’zda erkak kishi uchun qanchalar ma’no mujassam! Biroq ba’zi ayollar ham futbolga befarq emaslar, ayniqsa o’yinchilarga. “Oyoq to’pi” ning keng ommaviyligini hisobga olgan BMT 10 dekabrni futbol kuni, deb e’lon qildi.

Futbolning tug’ilishi haqida ko’pgina afsonalar mavjud. Ammo zamonaviy futbol IX asrda Angliyada paydo bo’ldi. Huddi shaxmatga o’xshab. Shaxmat o’yini V asrdan beri mavjud, biroq uning zamonaviy turi XVI asrdagina shakllandi. Futbol va boshqa sport turlarida ham shunday holat bo’lgan.

1904 yil 21 may kuni Frantsiya, Belgiya, Shvetsiya, Ispaniya, Shvetsariya, Gollandiya, Daniya kabi mamlakatlarning vakillari tomomidan Frantsiyada Xalqaro Futbol Federatsiyasi (FIFA) tashkil qilingan. Shunisi qiziqki, assotsiatsiya tashkilotchilari ichida futbolning asl vatani bo’lmish Angliya davlati yo’q edi. Bunday ajoyib g’oyaning tashabbuskori va rag’batlantiruvchisi fransuz jurnalisti Rober Geren bo’ldi. FIFA ning birinchi prezidentligiga ham uni saylashdi. Hozirgi kunga qadar FIFA ga sakkiz kishi prezidentlik qildi. Ayni damda esa dunyoning eng yirik tashkilotlaridan biri hisoblanmish FIFA ga Yozef Blatter boshchilik qilmoqda. Tashkilotning shtab-kvartirasi Syurix shahrida joylashgan.

Zamonaviy futbolning asoschilari bu o’yinga bir qancha yangiliklar kiritdilar, ular hozirgi kunga qadar yetib kelgan. 1863 yilda inglizlar birinchi Milliy Futbol assotsiattsiyasiga asos soldilar. Bu narsa boshqa mamlakatlar uchun namuna bo’la oldi. Shunday qilib, jamoada o’n bir o’yinchi o’ynashi yo’lga qo’yildi. 1871 yilda qirq bech daqiqadan ikki taym o’ynash belgilandi. 1873 yilda esa jamoa sardorlari o’zaro kelisholmay qolib, ovozlari yo’qolguncha baqirib-chaqirib yurmasliklari uchun hakam arbitiri kiritildi. 1891 yilda o’n bir metrlik jarima to’pi – penalti belgilandi. 

1928 yilda dunyoning eng kuchli futbol jamoasini aniqlash vaqti yetib keldi. Amsterdamdagi FIFA komissiyasi futbol bo’yicha ilk bor jahon chempionatini o’tkazishga qaror qildi. 1924 va 1928 yillardagi Olimpiya o’yinlarida Urugvay terma jamoasi ketma-ket chempion bo’lganligi uchun futbol bo’yicha birinchi jahon chempionatini shu mamlakatda o’tkazishga qaror qilindi. 

1930 yilda bo’lib o’tgan futbol bo’yicha birinchi jahon chempionatida ishtirok etish uchun Janubiy Amerika mintaqasiga o’n uchta mamlakat terma jamoalari  tashrif buyurdi. Dunyo kubogi hamda birinchi chempion nomi turnirga mezbonlik qilgan Urugvay terma jamoasiga nasib qildi.  

Futbolning bir necha xil turi mavjud. Shulardan keng tarqalganlari: futzal, plyaj futboli, shoubol va boshqalar. Futbolning shuningdek ekzotik turlari ham bor: botqoqlik futboli (botqoqlik loyida o’ynaladi), florentiya futboli (qonun-qoidasiz futbol, darvozaga kim ko’proq to’p kirgizish), rashbol – rus futboli, futdavblbol (ikkita to’p bilan o’ynash).

Sovrinlar haqida ham gapirib o’tish joiz. Eng nufuzli futbol sovrini – bu 1968 yildan beri topshirib kelinayotgan “Oltin butsa” sovrini bo’lib, Yevropa mamlakatlarining milliy chempionatidagi eng yaxshi hujumchiga topshiriladi. Ikkinchisi – “Oltin to’p” mukofoti bo’lib, 1956 yildan beri Yevropaning, 2007 yildan boshlab esa butun dunyoning eng yaxshi futbolchisiga taqdim etiladi. 

Barcha zamon va xalqlarning eng buyuk futbolchisi, deb braziliyalik Pele tan olingan. Uni futbol “qiroli”, deb munosib ataydilar. Zamonaviy futbolchilar orasida esa eng mashhur va boylari – Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi hisoblanadi. Ularni sotib olmoqchi bo’lgan klublar juda katta miqdordagi pulni sarflashlariga to’g’ri keladi – yuz million yevro har biri uchun.

“Futbol – dunyodagi eng mashhur va ommaviy sport turidir. Dunyoda 300 000 ta futbol klubi mavjud. Biroq hech bir sport turi bunchalik ommalashmagan. Shuning uchun ham hech bir mubolag’asiz futbolni – “sport qiroli”, deb aytish mumkin”- deydi mashhur futbolchilardan biri Franz Backenbauer.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook