Hamma ham kira olmaydigan dunyoning 9 ta eng maxfiy joyi
Hamma ham kira olmaydigan dunyoning 9 ta eng maxfiy joyi
Dunyoda shunday joylar borki, ularning mavjudligi qattiq sir saqlanadi, qayerda joylashganini sanoqli odamlargina biladi. Bunday joylarga masalan, hukumatning maxfiy tashkilotlari, boy, obro’li klublar va qadimgi artefaktlar saqlanadigan joylarni misol qilb keltirish mumkin. Quyida shunday joylarning ba’zilari haqida ma’lumotlar olishingiz mumkin.

39-xona

39-xona

Dunyoning eng yopiq mamlakati bo’lmish Shimoliy Koreyada shunday tashkilot mavjud. 39-xona nomli bu tashkilot 1970 yilda faoliyatini boshlagan. Ba’zi taxminlarga ko’ra, bu tashkilot hukumatga foyda keltiruvchi noqonuniy operatsiyalarni amalga oshiradi. Aynan o’sha yerda chet valyutasi almashtiriladi va qurollar sotiladi. 39- xonaning joylashuvi haqida ma’lumotlar yo’q.

Koka-Cola retseptining joylashgan joyi

Koka-Cola retseptining joylashgan joyi

Ushbu ichimlik yaratilgandan beri uning tayyorlanishusuli qattiq sir hisoblanadi va maxsus seyf-xonada saqlanadi va u yerga kompaniya rahbariyatidan boshqa hech kim kira olmaydi. Ba’zilarning aytishlaricha, seyf – bu shunchaki ko’rgazmadir, ichimlikning retseptini ko’pgina rahbarlar yoddan biladilar. Yana bir boshqa versiya bo’yicha, retsept 1979 yildayoq e’lon qilingan, biroq uning haqiqiyligini bilish uchun shu maxfiy xonaga kirib chiqish kerak. Hozirgacha hech kim buni qila olmagan.

“Bogema o’rmoni”

“Bogema o’rmoni”

 “Bogema o’rmoni”– bu elita klubi bo’lib, Kaliforniyadagi qadimgi o’rmonzorda joylashgan. 1899 yildan boshlab bu yerda dunyoning eng obro’-e’tiborli insonlari yig’iladilar (shu jumladan Amerika prezidentlari ham). Klubga a’zo bo’lish uchun navbat 15 yilni tashkil qiladi. Ishtirokchilar butun dunyodan mehmonlarni taklif qilishlari mumikin, faqat tashrif buyuruvchilar buni sir saqlashlari kerak.

Klubning shiori – “o’rgimchak to’rini to’quvchi o’rgimchaklarga bu yerga joy yo’q”. Ma’nosi, barcha ishlar va ular haqidagi ma’lumotlar tashqarida qolishi lozim. Biroq shunga qaramay, 1942 yilda aynan shu yerda atom bombasini yaratisj haqidagi  “Manxetten loyihasi” imzolangan.

White’s djentlmenlar klubi

White’s djentlmenlar klubi

Ushbu Angliyaning eng eksklyuziv klubi 1693 yilda tashkil qilingan. Klub o’zining “garovlar kitobi” bilan mashhur. Bu kitobga noyob garovlarning natijalari kiritiladi. Ayollarning bu klubga kirishlari man qilinadi. Boylar, siyosatchilar, sportchilar va rassomlar bu klubning doimiy a’zolaridir. Bu klubga uning uchta ishtirokchisining taklifi bilangina a’zo bo’lish mumkin.

Ise ibodatxonasi

Ise ibodatxonasi

Ise ibodatxonasi – Yaponiyaning eng asosiy muqaddas qadam joyi hisoblanadi, unda ko’pgina milliy xazinalar saqlanadi. Ularning ichida eng mashhuri – Amaterasu afsonaviy ko’zgusidir. Sinto an’anasi bo’yicha har 20 yilda ibodatxona buzulib, yangitdan quriladi. Uning hududiga faqatgina ruhoniylar va imperator oilasining azolari kira oladilar. Qolganlar bu ibodatxonani faqatgina uzoqdan kuzatishligi mumkin.

Metro-2

Metro-2

Rossiyaning Moskva shahari ko’chalarining 210 metr chuqurlikdagi yer ostida maxfiy metro yo’li o’tgan bo’lib, muhim srtategik ob’yektlar hisoblanmish Kreml hamda aeroportni birlashtiradi. Bu hududga faqatgina maxsus hukumat guvohnomasiga ega bo’lgan shaxslargina kira oladilar.

Mormonlar saqlash joyi

Mormonlar saqlash joyi

Bu joy Solt-Leyk-Sitidagi granit tog’ida 180 metr chuqurlikda joylashgan. Omborxonaga kiraverishda ulkan eshiklar o’rnatilgan, hudud esa qattiq qo’riqlanadi. Bu yerda cherkovlar eng muhim tarixiy xujjatlarni saqlaydi. Ma’lum bo’lishicha, eng asosiy boyliklardan biri – bu 40mingta mikrofilmlardan iborat bo’lgan kutubxonadir. Bu yerda yana qanday artefaktlar saqlanayotganidan hech kim xabardor emas.

Maxfiy arxiv

Maxfiy arxiv

Ushbu joyga faqatgina Rim Papasi hamda cherkovning yuqori unvoniga ega bo’lgan ruhoniylari kirishlari mumkin. Arxiv da 84 km ga teng keladigam stellajlari bo’lib, unda millionlab xujjatlar mavjud. Ularning ba’zilarining yoshi 1 200 yilga teng. Uning bebaho artefaktlarini ko’rishni istagan inson ilm bilan shug’ullanishi kerak hamda olib borayotgan ishining muhimligini isbotlab berishi lozim.

Disneylend-klub (Klub 33)

Disneylend-klub (Klub 33)

Klub 33 – dunyoning yopiq muassasalaridan biri bo’lib, Disneylendda joylashgan. Unga 1967 yilda Uolt Disney asos solgan bo’lib, asosan kompaniyaning obro’li xodimlari, yulduzlar va siyosatchilar uchun mo’ljallagan. Bu klubning ochilishi bilanoq dunyoning 33 ta yirik korporatsiyalarining vakillari a’zo bo’ldilar. Klubga a’zo bo’lish uchun 30 ming dollar to’lab yana 14 yil navbatda turish ham kerak.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook