19,857
просмотров
просмотров
Ehtimoli borki, yaqinda yo’llarda qanday avtomashinalar paydo bo’lishi haqida barcha qiziqsa kerak. Yaqinda odamlar yordamisiz kameralar, datchiklar va sun’iy intellekt orqali haydashni o’rganadigan zamonaviy avtomobillarning oltin asri boshlansa kerak. Xo’sh, hozirgi zamonda qanday avtomashinalar ishlab chiqilayotgan ekan.
Eng zo’r avtomobillar.
1. Terrafugia TF-X
«Terrafugia TF-X» futuristik model.
Terrafugia TF-X avtomashinasi Terrafugia tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan. U yo’llardagi tirbandlik joniga tekkan barcha odamlarga yoqadi, aixr bu futuristik avtomashina uchish qobiliyatiga ega. Bundan tashqari, haydovchi shunchaki yetib boorish manzilini kiritadi, va qolgan ishlar haqida transport vositasining o’zi qayg’uradi.
2. Toyota Concept-i
«Toyota Concept-i» futuristik modeli.
Kelajakda ko’pincha avtonom avtomashinalar bilan band bo’ladiga yo’llarda haydashdan rohatni saqlab qolish uchun, Toyota Concept-I – ruli bor konsept-kar avtomashinasini ishlab chiqdi. Sun’iy intellekt haydovchi boshqa narsaga e’tiborini qaratganda, rul bilan o’zi boshqarib turadi.
3. Honda NeuV
«Honda NeuV» futuristik modeli.
Honda NeuV – bu ajralmas sun’iy intellekt komponentli mini-avtomashina bo’lib, u haydovchi tuyg’ularini aniqlay oladi va haydash paytida yordam ham beradi, hamda maslahat ham berib turadi. Uning uskuna tizimi – bu uzun sensorli tizimdir. Qizig’i shundaki, mashinada pul to’lash tizimi ham mavjud, va shuning uchun sayohat vaqtida xohlagan payt onlayn-to’lovlarni amalga oshirish mumkin.
4. Chevrolet FNR
«Chevrolet FNR» futuristik modeli.
Chevrolet FNR to’g’ridan-to’g’ri ilmiy-fantastik filmdan kelib qolgan avtomashinaga o’xshaydi, va o’zidan kelajakdagi avtomashinalar qanday bo’lishi haqidagi tassavvurni namoyish qiladi. Albatta, bu avtomashinada ham, boshqa futuristik avtomashinalardagi kabi haydovchi haydashni o’z nazorato ostiga ola biladigan avtonom boshqarish tizimi ham bo’ladi. Bunday avtomashina lazerli faralar va “ninachi qanoti” dek eshiklari bilan maqtansa bo’ladi.
5. Chevrolet EN-V
«Chevrolet EN-V» futuristik modeli.
Chevrolet EN-V ning ko’rinishi xuddiki muhandislar uni xonqizi ko’rinishi va tuzilishiga mos loyihalashtirgandek ko’rinadi. Bu avtomashinada ixchamlik tushunchasi eng yangi darajaga chiqarilgan. EN-V shuningdek, boshqa avtomashinalar bilan “gaplasha” oladigan kamera va datchiklarga ega bo’ladi.
6. Toyota Nori
«Toyota Nori» futuristik modeli.
Suv o’tlariga atab nomlangan model g’ildirakli xonqizga o’xshaydi. Zamonaviy avtomashinalr muammolarini hal qilish uchun ishlab chiqqan Toyota, uni iloji boricha yashilroq rangga bo’yamoqchi edi. Mashinada quyosh texnologiyalari jihozlangan va quyosh energiyasini yig’ib, hamda batareya ichida tuta oladi.
7. Mitsubishi MMR25
«Mitsubishi MMR25» futuristik modeli.
Mitsubishi MMR25 da oyna bo’lmaydi. Tashqarida sodir bo’layotgan barcha narsalar kamera va datchiklar yordamida panoramali ekranlarda ko’rinadi. Avtomashinadagi har bir g’ildiragida to’qqizta dvigatel o’rnatilgan bo’ladi va u o’ta energosamarali bo’ladi (bir zaryadli batareyada 1600 km).
Сообщения из Facebook