Katta tezlikda yugura oladigan eng chopag’on hayvonlar TOP 5 taligi
Katta tezlikda yugura oladigan eng chopag’on hayvonlar TOP 5 taligi
Ushbu maqolamizda beshta eng chopag’on hayvonlar haqida gapirib o’tamiz. Qani ko’raylikchi, eng tezi kim ekan?

5.Sher (tezligi – 80 km/s)

5.Sher (tezligi – 80 km/s)

Sherlar to’dasida yemish topish bo’yicha asosiy g’amxo’rlikni urg’ochi sherlar o’z bo’ynilariga oladilar. Kerak bo’lib qolsa, sherlarning o’zi ham o’ljani quvib, uni tutishga yordam berishlari mumkin. Shuni aytib, o’tish kerakki, sherlar eng tez yuguruvchi hayvonlar ichida eng og’irlari hamdir.

4.Qulon (tezligi – 70km/s)

4.Qulon (tezligi – 70km/s)

Biq qarashda ushbu toq tuyoqli jonivor beg’am va dangasadek ko’rinishi mumkin. Ammo xavf tug’ilgan paytda yirtqichlardan qochib, qutilib qolish uchun bu hayvon tezligini oshirishi mumkin.

3.Antilopa Gnu (tezligi – 80 km/s)

3.Antilopa Gnu (tezligi – 80 km/s)

Mazkur antilopalar sherlarning yoqimli go’shtidir. Shuning uchun ota tabiat ularga tez yugurish xususiyatini in’om etgan. Shuni ta’kidlab o’tish joizki, antilopalar og’ir sherlardan farqli o’laroq o’zlarining yengil tanalari bilan uzoqroqqa yugura oladilar.

2.Oxu (tezligi – 100 km/s)

2.Oxu (tezligi – 100 km/s)

Antilopalarning bir turi bo’lgan bu oxu boshqalarga qaraganda ko’proq gepardlar hujumiga uchraydi. Chaqmoq tezligidagi bunday dushman bilan bellashishning o’zi bo’lmaydi. Oxularning yuragi anchayin baquvvat bo’lganligi uchun ular dushmanni ancha ortda qoldirgan holda yugura oladilar.

1.Gepard (tezligi – 120 km/s)

1.Gepard (tezligi – 120 km/s)

Gepard quruqlikda yashovchi hayvonlar ichida eng tez yuguradigan hayvondir. Aslida gepard juda tez yugurgani bilan uzoq yugura olmaydi, o’ljasiga yetib olish uchun unga bir necha soniyaning o’zi yetarlidir. Gepard uch soniya ichida 120 km/s tezlikkacha chiqa oladi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook