Miya faoliyatini rag‘batlantirish uchun samarali 5 usul
Miya faoliyatini rag‘batlantirish uchun samarali 5 usul
Miyaning faol ishlashi uchun tashqi omillar juda qattiq ta’sir qiladi. Odatda tanamizning miya atalmish muhim a’zosi zo‘riqadigan bo‘lsa, insonning umumiy holati ham bevosita yomonlashadi. Miyaning hamisha faol va rag‘bat bilan ishlashi uchun qanday usullardan foydalanish kerakligini bilasizmi?

1. Bodom yeng.

Aniqlanishicha, bodom inson xotirasini kuchaytirish xususiyatiga ega. Bodom moyini sut bilan aralashtirgancha uyqu oldidan yoki tong paytida ichib olsangiz, tez orada ijobiy natijalar yaqqol sezila boshlaydi. Miya faoliyatini yaxshilashda bodomli ichimlikning o‘rni ham beqiyosdir. Uni tayyorlash uchun bodomning po‘sti archib olinadi, maydalab chiqiladi va ustiga suv solib, shakar qo‘shiladi.

2. Olma sharbati iste’mol qiling.

Massachusets universitetida o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, olma sharbati asablarni tinchlantirish uchun zarur bo‘lgan atsetilxolin moddasining ishlab chiqarilishini kuchaytiradi. Buning oqibatida esa xotira yaxshilanib, miya faolroq ishlay boshlaydi.

3. To‘yib uxlang!

Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, uyqu paytida insonning kun davomida ko‘rgan-kechirganlari miyada qaytadan aylana boshlaydi. Natijada kishi xotirasi yaxshilanadi.

4. Oddiy narsalardan ham zavq ola biling.

Stress miya imkoniyatlariga qarshi kurashadi. Miya stress holatida xotira zaxiralarini har doimgidan ko‘proq ishlatadi, bu esa uning sustlashishiga olib keladi. Har kuni mayda va oddiy, ammo yoqimli ishlar bilan shug‘ullanishni odat tusiga kiriting. Musiqa tinglang, bolalar bilan o‘ynang, toza havoda sayr qiling, sevimli mashqlar va badantarbiya bilan shug‘ullaning.

5. Parhez tuting.

Tabobatda qisqa muddatli ochlik tananitozalashi va undagi toksinlarni chiqarib tashlashi allaqachon o‘z isbotini topgan. Og‘ir taomlar ovqat hazm qilish tizimi bilan birga miya faoliyatiga hamsalbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Vaqti-vaqti bilan bir kunlik parhez tutish orqali esa nafaqat kasalliklar, balki charchoq va bezovtalik, miyadagi zo‘riqish hissidan xalos bo‘lasiz.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook