1966 yildagi Toshkent zilzilasi
1966 yildagi Toshkent zilzilasi
Zilzila – qaytarib bo’lmas o’zgarishlarga olib keluvchi eng vayronali va xavfli tabiiy ofatdir. Zilzilalar shaharlar, sanoat, energetik va transport aloqalarning vayron bo’lishiga hamda odamlarning halok bo’lishiga olib keladi.
O’zbekiston poytaxti,Toshkent, 26 aprel 1966 yil. Erta tong 05:23 da odamlar hali o’z uylarida uxlayotganlarida kuchli yer silkinishi ro’y berdi.

Toshketnt zilzilasi (1966 yil)

Zilzila o’chog’ida yer silkinishining magnitudasiRixter shkalasi bo’yicha 5,2 ballni tashkil etdi. Yuzada esa seysmik kuch 8balldan yuqori ko’rsatgichga ega bo’ldi. Toshkentdagi yer silkinishi yer ostigumburlashidan boshlandi. 2-9 km chuqurlikda manbalar ko’chishi sodir bo’ldi.O’choq shahar markazining ostida joylasahganligi sababli barcha vayronali kuchshu hududga to’g’ri keldi. Toshkent chekkalarida seysmik quvvat 6 ballnitashkil qildi. Silkinishlar 10-12 soniya davom etib turdi.

1966 yildagi Toshkent zilzilasi – birinchi yersilkinishi emas, bu yerda avval ham yer silkinishlari sodir bo’lib turgan.Shahar ostida tektonik plitalar joylashganligi sababli, bu yer seysmik aktivhudud sanaladi, shuning uchun bunday tabiiy hodisalar bu yerda tez-tez sodirbo’lib turadi. Biroq 1966 yildagi zilzila eng vayronali yer silkinishi bo’ldi.

Qurbonlar

Zilzila kuchu juda dahshatli edi, biroq tabiiy ofatmarkazi juda ham chuqur emas edi. Shuning uchun ham vertikal to’lqinlar uzoqqatarqalmadi va shu narsa shaharni yo’q bo’lib ketishdan asradi. Biroqpoytaxtning markaziy qismi katta talafot ko’rdi: vayronalar hududi 10 km nitashkil etdi. Silkinishlar vertical holatda bo’lganligi sababli hattoki paxsauylar ham buzilmay qoldi. Ko’pgina binolar yoriqlar bilan qoplandi, biroqsilkinishlarga bardosh berdi. Aynan mana shu omil odamlarni o’limdan asrabqoldi. Halok bo’lganlar soni 8 kishini tashkil etdi. Ikki yuzdan ortiq odamjarohat oldi, keyinchalik esa kuchli hayajonli qo’rquvni boshidan o’tkazganko’pgina qariyalar vafot etdi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook