просмотров
Juma 13-sanada hech narsa qilish mumkin emas
Ba’zi xalqlarda juma kuni 13-sanaga to’g’ri kelsa, baxtsizlik keltiradi degan irim bor. Bu irimning kelib chiqishi haqida bir necha rivoyatlar mavjud.
Ulardan biri Qadimgi Ahd diniy kitobidan olingan. Unda yozilishicha shu kuni Qobil ukasi Hobilni o’ldirgan. O’shandan beri juma kuni 13-sanaga to’g’ri kelsa, bu kun baxtsizliklar belgisiga aylanib qolgan.
Yana bir rivoyat bo’yicha bu kun tampliyerlar ordeni voqeasi bilan bog’liq. 1307 yilning 13 oktyabri juma kuniga to’g’ri kelgan. Aynan shu kuni Fransiya qiroli Phillip IV papa Kliment V ning muhri bosilgan maxfiy hujjatga tayanib, orden a’zolarini hibsga olishni buyuradi. Orden a’zolari dinga qarshi chiqishda va fahsh ishlarida ayblanadi. Natijada orden tarqatib yuboriladi, hibsga olingan tampliyerlar esa qiynoqqa solinib, so’ngra qatl qilinadi.
Ostonadan turib narsani oldi-berdi qilish mumkin emas
Gap shundaki, qadim zamonlarda o’liklar kuli uy ostonasi tagiga ko’milgan. Shuning uchun ostonada turib oldi-berdi qilish ularning ruhini bezovta qilishi mumkin deb hisoblanar edi. Aynan ana shu sababli ostonada o’tirish ham mumkin emas.
Bundan tashqari ostona – bexavotir uy bilan xavfli dunyo yoki yanaham qo’rqinchlisi – tiriklar dunyosi bilan o’liklar dunyosi o’rtasidagi chegara hisoblanadi.
Yarim yo’ldan qaytish mumkin emas
Bu irim ham ikki dunyo oralig’i hisoblangan ostona bilan bog’liq. Maqsadiga erisholmasdan yarim yo’lda qaytayotgan odam kuchsiz holda bo’ladi. Bu esa ruhlar bezovtaligiga sabab bo’ladi. Yoki bizning olamga kirib olishni istagan mavjudodlar uchun imkoniyat bo’ladi.
Soat hadya qilish mumkin emas
Hattoki hozirgi o’ta madaniyatli zamonda ham soat hadya qilish nomaqbul sovg’a hisoblanadi. Bu irim qadimgi Xitoydan kirib kelgan. Unda aytilishicha soatni sovg’a sifatida qabul qilish janozaga taklif qilishni bildiradi.
40 yoshni nishonlash mumkin emas
Taxmin qilinishicha, qadimgi Kiyev Rusida o’lganlarning jasadi 40 kun davomida tekshirilar edi. Agar jasad chirimasa u o’lgan odam yoki avliyo bo’lgan, yoki begunoh ketgan deb hisoblanar edi.
Uydan chiqish oldidan ozgina o’tirish kerak
Ba’zi xalqlarda tarqalgan bu irimning jin va parilar bilan bog’liqligi ma’lum. Uydagi parilar odamga ko’chaga chiqganda chalg’itib, uyga qaytishga majbur qilishi mumkin, deb hisoblangan. Yo’lga chiqishdan oldin ozgina o’tirib olinsa, jinlarni chalg’itish mumkin, ular hech kim hech qayerga ketmayapti, deb o’ylaydilar va ziyraklikni boy beradilar.
Pichoqdan narsa yeb bo’lmaydi
Qadim zamonlardan beri pichoq nafaqat mehnat quroli, balki har xil dushmanlardan va ins-jinslardan himoyalanish vositasi, deb hisoblanib kelingan. Shuning uchun ham irim bo’yicha pichoqdan narsa yeyish ins-jinslarni g’azabini keltirish mumkin, bu esa o’z navbatida odamni jaxhldor va agressiv qilishi mumkin degan tushuncha mavjud.
Chorrahadan hech narsa olish mumkin emas
Aytishlaricha, agar biror kasallik yoki baxtsizlikni qandaydir narsaga o’tkazib, keyin bu narsani chorrahaga tashlab ketilsa, ins-jinslar ularni olib ketadilar. Aynan shuning uchun ham chorrahadan topib olingan narsani olish ko’ngilsizliklar olib kelishi mumkin. Topib olingan narsa qanchalik qimmatbaho bo’lsa, kasofati ham shunchalik kuchli bo’ladi.
Bir poy oyoq kiyimda yurish mumkin emas
Bu irim ham qadim zamonlardan beri mavjud. Odamlarning aytishicha, bir poy oyoq kiyim kiyish erta yetim bo’lishga olib kelar ekan.
Quyosh botgandan keyin axlat tashlab bo’lmaydi
Bu ham keng tarqalgan irimlardan biri. Uni hamma biladi, biroq kelib chiqishini ko’pchilik bilmaydi. Irimga ishonadigan bo’lsak, kechqurun axlat tashlash siz haqingizda g'iybatlar ko’payishiga sabab bo’lar ekan. Chunki kechqurun qoron’gi, ko’pchilikdan sir berkitish mumkin. Demak sizning qandaydir aybingiz bor.
Сообщения из Facebook