просмотров
Muz-qaymoqli keks
Kekslar uchun shaklga xamirni yarimigacha solib ustiga huddi shunaqa shaklni qo'yamiz. Shunda bizda kekslardan maxsus savatchalar chiqadi, savatchaga muz-qaymoq solsa bo'ladi. .
To'qilgan savatcha
Bu pishiriqga xamirturushli xamir, katta idish va sabr kerak bo'ladi. Xamirni yoyib yo'l-yo'l qilib kesib chiqamiz, idishni o'girib falga bilan qoplaymiz, kesilgan xamirimizni huddi rasmdagidek idishni ustiga terib chiqamiz, Xamirni o'rishni boshlashdan avval ustiga biror bir og'irroq narsa qo'ying. Endi xamirdan savatchani o'rishni ham boshlasa bo'ladi.
Shaptoli murabbo solingan qatlamagi xamir
Qatlamali xamirni dumaloqcha shaklda kesib chiqib o'rtasiga danaksiz olho'rini qo'yamiz. Qaynab turgan yog'da qo'viramiz, tayyor bo'lganidan so'ng ustiga murabbo surtamiz.
Atirgulli pirog
Xamirni sakkizta bo'lakchalarga kesib chiqamiz, yoyamiz, yogni surtamiz (nachinkasiga asal, murabbo sh.k qo'shish mumkin) va rulet qilib o'raymiz. Sakkizta atirgulchalar chiqishi uchun chetlarini kesib tashlaymiz. Ruletchalarni uchburchak shaklida kesamiz va rasmdagidek joylashtiramiz.
Xamirdagi sosiskalarni yana qanday bezasa bo'ladi
«Mini-pitsa» ruletchalari
Ketchup surilgan, pishloq va kolbasalar to'g'ralgan xamirni rulet qilib o'raymiz va bo'laklarga kesamiz, so'ng duxovkada pishiramiz.
Qoyilmaqom «Zeba» to'rti
Xamirni ikki qisimga bo'lib olamiz, ulardan biriga kakao qo'shamiz. Idishga xamirni ketma ketlikda qoshiq bilan solib chiqing, va ehtiyotkorlik bilan duxovkagga qo'ying, To'rtni kesganingizdan so'ng shakllar yaxshiroq ko'rinadi.
Olmadan yasalgan gulli pirog
Sabzavotlar tozalagich yordamida olmalarni tasmacha shaklida po'choqlari bilan kesib chiqing, tasmalarni atirgul shaklida qo'ying. Olmalarni suvda qaynatilgan shirin suv qiyomi bilan quyib chiqing
Сообщения из Facebook