«Osmon velosipedi» (SkyCycle) hayratda qoldiruvchi attraksion, Kurasiki, Yaponiya
Qachonki biz “Amerika ko’ngilochar tepaliklari” so’z birikmasini eshitsak, ko’z oldimizga darhol balandligi va tezligi tez almashinuvchan qurilmalar keladi, ammo lekin Okayama (Yaponiya) prefekturasi Kurasiki shahrida, «Washuzan Highland» ko’ngilochar parkida joylashgan “Osmon velosipedi” (SkyCycle) nomi ostidagi attraksion oddiy amerika ko’ngilochar tepaliklari, kabina tezligi katta emas va relslar bir tekisda joylashgan bo’lishiga qaramasdan, qo'rqinchliroqdir.

Unda bu attraksionning nimasi qo’rqinchli va hayajonli bo’lishi mumkin agar yo’l tekis va harakatlanish sekin bo’lsa, degan savol tug’ildimi!? Buning bir nechta sababi bor, endi hammasini birma-bir aytib o’tamiz. “Osmon velosipedi” nomini o’zi bu yerdagi kabinalar doimgidek motor bilan emas, yo’lovchilarni o’zlari orqali harakatga keltirilishin ibildiradi. Ya’ni kabinalar oddiy velosipedga o’xshatiladi, lekin bu velosipedlar yo’llarda emas, balki 4-etajli bino balandligida o’rnatilgan relslarda joylashgan. Lekin bu hol shartli, chunki attraksion tepalik atrofda joylashgan va sizning ostingizda o’nlab metrli pastliklar turibdi.

Kabinalar 2 kishilik ochiq harakatlanadigan qurilmadan iborat bo’lib, uni bir kishi bo’lsada boshqara oladi. Bunday kabinaning har bir yo’lovchisida o’zining tepkilari, rul va old tomonda narsalarni saqlash uchun quti mavjud. Va engqiziq joyi shu-ki, kabinalarda xavfsizlik vositalari umuman yo’q, sizni himoyalovchi yagona narsa bu – xavfsizlik kamari va u ham juda xavfsiz emas.

SkyCycle attraksionida haydab turib, doim esda tutish lozim - tezlik faqat sizga bog’liq, va shuningdek siz boshqa kabinalar bilan to’qnash kelishingiz mumkin. Va tasavvur qiling, yo’lakdagi o’tkir burchaklarda burilish qanchalik qo’rqinchli, chunki bu holatda balandlik aslo kichik emas va pastdagi hamma narsalar ramkali kabina qurilmalari orqali qanchalik aniq ko’rinishi, va bu chinakamiga yo’lovchilar asabini o’ynatishi e’tiborni chetda qoldirmaydi albatta.

Lekin hech qanday qo’rqinch ko’pgina tashrif buyuruvchilarga ushbu kabinalardan ko’rinadigan Kurasiki shahri va “Washuzan Highland” parkining chiroyli manzarasidan bahra olishga xalaqit bermaydi. SkyCycle dan Seto ko’prigini (Shimotsui-Seto) (“Buyuk bo’g’oz orqali qurilgan ko’prik”) butun chiroyida tomosha qilish mumkin – Xonsyu va Sikoku qirg’oqlarini birlashtiruvchi ichki Yapon daryosi orqali o’rnatilgan yo’lboshchidir. Shunday qilib, “Osmon velosipedi” (SkyCycle) attraksioni tashrif buyuruvchilardagi o’tkir hissiyotlarni sekin va esda qoluvchi, shahar va uning atrofini aylanish bilan birlashtiradi.

 

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations