Ovqat haqida biz bilgan va bilmagan ajoyib 10 ta fakt
Aslida, bizning har bir kunimiz ko’plab sirlar va jumboqlar bilan to’lib toshib yotibdi. Biz ancha-muncha narsalar haqida bexabarmiz. Masalan, har kuni tanovvul qiladigan mahsulotlarimizda biz bilmagan sir-asrorlar mujassam. Keling, shular haqida so’z yuritamiz!

1. Chili qalampiri

1. Chili qalampiri

Qalampirning rangi faqat uning ta'miga ta'sir qiladi, lekin o’tkirligiga emas. O’tkirligini aniqlamoqchi bo’lsangiz, uning o’lchamiga e’tibor bering – qalampir qanchalik kichik bo'lsa, shuncha achchiq bo’ladi.

2. Banan

2. Banan

Ehtimol ushbu ma’lumot sizni taajjubga solishi mumkin.  Kuzatishlar shuni ko’rsatadiki, yaqin o’rtada banan iste'mol qilgan odamlar chivinlarni o’zlariga  jalb qilar ekan. Chivinlarga ushbu mevaning nimasi yoqishi mumkinligini faqatgina taxmin qilishimiz mumkin.

3. Avakado

3. Avakado

Avokado juda qaysar va qo’qqisdan aynib qoladigan mahsulotdir. 

Yana avakado

Yana avakado

Hech qachon qushlarga zinhor-bazinhor avokado bermang, garchi ular odam singari gapirib yuborsalar ham. Ular uchun bu zahar.

4. Gravitatsiya va suv

4. Gravitatsiya va suv

Qarang-a, gravitatsiya ham hazil tuyg'usiga ega ekan, ayniqsa siz chindan ham ichishni xohlasangiz. Bu bilan qanday kurashish mumkin? Yo'q, shunchaki ko’nikish kerak .

5. Bo'yoqlar

5. Bo'yoqlar

Bolalar iste’mol qiladigan oziq-ovqat mahsulotlaridagi kimyoviy bo'yoqlar ularda giperaktivlikni keltirib chiqaradi. Ayniqsa qizil yoki sariq ranglilari.

6. Qahva

6. Qahva

Qahva donalari aslida don emas – rezavorlardir. Shuning uchun ham “qahva daraxti rezavorlari” degan gap juda to’g’ri aytilgan.

7. Choy

7. Choy

Faqat yangi damlangan choyni iching. Yaponlarning bu borada bir gapi bor: "Kechagi choy ilondan ham battar". Yaxna choy oshqozon devorlarini ta’sirlantiradi, xitoyliklar esa uni zahar bilan tenglashtiradilar.

8. Asal

8. Asal

Asalning yaroqlilik muddati yo'q. Eng qadimgi asal idishi 1922 yilda Howard Carter tomonidan Misr fir'avni Tutanxamonning qabridan topilgan. Olimlar uni o'rganib chiqib, iste’molga yaroqli, deb topishdi.

9. Kamamber pishlog’i

9. Kamamber pishlog’i

Kamamber pishlog’ini yaroqlilik muddati tugashiga ozgina qolganda iste’mol qilish kerak, biroq aslo muddat o’tgandan keyin emas.

10. Tuxum

10. Tuxum

Agar tuxum suvga solinsa-yu va u suv ustiga suzib chiqsa, demak u eskirgan, endi uni iste'mol qilish mumkin emas.

11. Shokolad

11. Shokolad

Agar ovqatlanishdan oldin qora shokoladning kichik bir bo’lagini iste'mol qilsangiz, u qonni glyukoza bilan to'yintiradi. Shunda siz juda och bo'lsangiz ham, ortiqcha narsa yemaysiz, qorningiz tezda to’yib qoladi .

Eng muhim narsani bilib oling:

Eng muhim narsani bilib oling:

Kechasi ovqat har doim mazali tuyuladi. Har doim.

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations