просмотров
Balki ushbu satrlar orqali o‘z xarakteringiz aksini ko‘rgandek bo‘larsiz?
Sichqon
(1924, 1936, 1948, 1960, 1972, 1984, 1996, 2008)
Sichqon muchalida tug’ilganlar to’g’ri so’z, yumshoq tabiatli bo’lishadi. Ular omadli bo’lib o’z kuch va imkoniyatlaridan foydalana olishadi. Atrofdagilar ularni baxtli insonlar deb hisoblashadi, ammo o’zlari bufikrga qo’shilmaydi. Gap shundaki sichqonlar ko’p mehnat qilishadi, bir parcha nonni ham peshona teri bilan topishadi. Ular chaqqon, usta ammo o’ta hissiyotga beriluvchan bo’lib, muvaffaqiyatsizliklardan qattiq aziyat chekishadi. Bu esa, o’z navbatida, sog’liqlariga salbiy ta’sir etib, jiddiy xastaliklarga sababbo’lishi mumkin. Ularning asosiy tashvishi – ishda muvaffaqiyat qozonish, oilasini mustahkamlash.
Ammo, to’g’risini aytganda, ular hamisha ham qilgan mehnatlariga yarasha muvaffaqiyatga erishavermaydilar. Sichqonlar doimo huddi poezdga kechikishdan cho’chigan yo’lovchidek shoshib yashaydi. Ular o’z byudjetlarini puhta rejalashtirishga xarakat qilishadi. Maqsadlari – kelajakda qiynalib qolmaslik. Sog’liqlarini asrashadi, jismoniy mehnatni sevishadi, mayda– chuyda g’alabalardan ham quvonishni bilishadi.
Sichqon tevarak atrofdagi olamni,ko’rgan-kechirganlari, eshitganlarini anglashga, mushohada qilishga ancha-muncha ruhiy quvvat sarflaydi. Buni xisobga olib, jismonan va aqlan damolib turishi kerak. Har doim bir soat o’tirib ishlaganidan so’ng 10 daqiqa tanaffus qilishi lozim. Imkoni bo’lsa, soat 14:00- 16:00 oralig’ida bir-bir yarim soat mizg’ib olsa, yanayam yaxshi. Shunda kechki payt o’zini tetik va bardam his qiladi.
U doimo mayda chuydalarga e’tibor berib yashaydi. Zero, katta baxt kichik shodliklardan tashkil topadi. Sichqon tabiatiga ko’ra o’ziga xos, hatto jinday hudbinroq bo’ladi. Ammo bu me’yordagi hudbinlik. Chunki, birinchidan, ana shunday hudbinligi tufayli u o’z kuch va imkoniyatlariga tayanib jismonan va ma’nan komillikka intiladi. Ikkinchidan, mustaqil ravishda ter to’kib ishlashi tufayli o’zining boshqalardan ustunligini isbotlaydi.Garchi bunga ba’zan muvaffaq bo’la olmasa ham, ammo o’zligini namoyon etishi borasida ajoyib natijalarga erishadi. Shu o’rinda, insof yuzasidan bir xaqiqatni qayd etib o’tish joiz. Ya’ni sichqonning ijodiy kuch quvvatga to’lib toshishiga nafaqat qat’iy intizomga bo’ysundirilgan turmush tarzi, balki, shu bilan bir qatorda, boshqa jins vakillari bilan o’zaro muloqotlari ham muhimomil bo’ladi.
Anatomo- fiziologik jihatdan ayol sichqonga ho’kiz, quyon, ajdaho, ot, qo’y, maymun, xo’roz, to’ngiz muchali ostida tug’ilgan erkaklar yoqadi. Erkak sichqon esa ajdaho, maymun, sichqon, ba’zan esa qo’y,to’ng’iz, quyon, xo’kiz muchalida tavallud topgan ayollarni yoqtiradi. Ammo bu yuqoridagi muchal sohiblarining hammasi ham sichqonni sevib qoladi degani emas.Axir , hayotda ba’zan javobsiz muhabbatlar ham uchraydi-ku.
Ho’kiz (sigir)
(1925, 1937, 1949, 1961, 1973, 1985, 1997, 2009)
Bu muchal sichqonning aksi. Tabiatan vazmin,sabr-toqatli, faol, harakatchan. Birvarakayiga bir necha ishni bajarishga ulguradi. Masalan, bir vaqtning o’zida o’qiydi, yozadi, ovqatlanadi va televizor tomosha qiladi. Yo’l-yo’lakay siz bilan ob-havo, narx-navo haqidagaplashishi mumkin. Voqea hodisalarga baho berishga shoshmaydi. Biror masalani hal etish chog’ida bir necha variant hayolidan o’tkazib, nazarida eng maqbulinitanlaydi. O’zi ishonch hosil qilgandan keyingina aniq qarorga keladi. Baxslashishni sevadi. Ammo siyosat haqida emas, turmush tashvishlari haqida baxslashishni ma’qul ko’radi. Odatda, mustahkam sog’liqqa ega bo’ladi, kamdan-kam hollarda xastalikka chalinadi. O’ziga qarama-qarshi jins vakillari orasida obro’-etiborga ega bo’ladi. O’ziga hos kiyinadi. Chaqqon, uzoq vaqt bir joyda o’tirishni, zerikarli mehnatni yoqtirmaydi.
Ushbu muchal sohibi o’z tamoyillariga, odatlariga amal qilib, hayotdan zavq olib yashashga harakat qiladi. Tejamkorlikni yoqtirmaydi.Pul to’plasa olib sotardan qimmat narxga keaksiz lash-lushlarni sotib olishimumkin. Bundan afsua ham chekmaydi. Muhimi, bundan o’zi hursand bo’lsa bas.Ishga, do’stlarnikiga, mehmondorchilikka yangi kiyim kiyib borishni yaxshi ko’radi. Uning nazarida, xayot shundoq ham noxaqliklarga, ko’ngilsizliklarga to’la, shunday ekan, arzimas narsalardan kayfiyatni buzishga ne hojat. U maza qilib yashash, tabiat qo’ynida, restoranlarda, do’stlar davrasida miriqib dam olish kerak deb hisoblaydi. Xorijga chiqib ishlash niyatidaligini yashirmaydi. Shunga qaramay, u ona yurtini chin dildan sevadi. Aniq, foydali ish bilan shug’illanishni hohlaydi. Bunday ishga hayotini bag’ishlashga ham tayyor. Faqat mehnatiga yarasha haq to’lansa bas. Pul topgandan keyin hohlagan narsasini sotib olishga haqlida. Bu muchaldagilar to’rt devorning ichida o’tirishni yomon ko’radi. Sayr sayohat yangi tanishlar orttirish jon-u dili. O’ta harakatchan, g’ayrat va shijoatli. Shunday ekan kasb kori ham faol harakat bilan bo’g’liq bo’lishi kerak. Muhandislik (qurilish, kemasozlik sohalaridan tashqari), matematiklik, kimyogarlik, fiziklik, kibernetiklik, astonomlik, jurnalistlik, yozuvchilik,professional sportchilik uning uchun mos kasblar sirasiga kiradi. Ayniqsa parashyut sporti, uchuvchilik va texnik sport turlari tabiatiga to’g’rikeladi. Odamlar bilan muloqot bobida nima deyish mumkin?
U suhbat chog’ida o’zini erkin his qilishni yoqtiradi. Jufti unga yoqishga harakat qilishi kerak. Bu – yurish turish, kiyinish, o’ziga oro berishda erning talablarini, hohish istaklarini bilishi kerak degani.
Yo’lbars
(1926, 1938, 1950, 1962, 1974, 1986, 1998, 2010)
Mazkur muchal vakili – omadli, fahm- farosatli inson.U mulohazakor, boshqalarni chuqur tushunadi, xis etadi. O’z tamoyillariga sodiq, yuz berayotgan hodisalarni har tomonlama chuqur tahlil qiladi.Dunyoqarashi keng, har narsaning mohiyatiga yetib boradi. U zukko olim’ mohir shifokor, ajoyib muhandis bo’lishi mumkin. Namunali hodim, odamlarga g’amho’r, oilaparvar inson. Anni paytda uning o’ziga yarasha fe’l- atvori bor. O’zining hayot tarzini yoqtiradi.
Xonadonda o’z xonasiga, hech bo’lmasa o’ziga tegishli burchakka ega bo’lishi kerak. Toki shu ma’noda alohida oromkursisi, stol-stuli bo’lsin, o’zi istaganday ishlab, o’zi istaganday dam ola bilsin. Stoli ustida gul bo’lsa, yanayam yaxshi, asablariga orom bag’ishlaydi, diqqatini jamlashga yordam beradi.
U kamgap, odamovi. Sayru sayohatni uncha hushlamaydi. Esingizda bo’lsin, u sekin harakat qilad, ammo dangasa emas. Uni ayblay ko’rmang, xaqoratlashni-ku hayolingizga keltirmang. Balki u bu qilmishingizga darhol munosib javob qaytarmas, ammo bir umirga hafa bo’lishi mumkin. Jahli chiqsa talashib qolishi ham hech gap emas. U bilan til topishishga harakat qilish kerak. Ochiq gapirsangiz, yotig’I bilan tushuntirsangiz u sizni tushunadi. Uydirma, bo’xton, g’iybatlardan gap ochmang, bundan nafratlanadi.
Yo’lbars muchalida tug’ilganlardan iqtidorli olimlar, biologlar, fiziologlar, ixtiologlar, ekologlar, qishloq ho’jaligi mutahassislari yetishib chiqadi.
U hulosa chiqarishga shoshmaydi, ammo har qandayholatda ham, odatda to’g’ri qaror qabul qiladi. Yuz bergan voqeani, ko'rgan odamini asta-sekin baxolab boradi. Ammo buni yuz ko’zidan, gap – so’zidan sezdirmaydi. Oromini buzishi mumkin bo’lgan har narsani erinmasdan, batafsil tahlil qiladi.
Quyon
(1927, 1939, 1951, 1963, 1975, 1987, 1999, 2011)
Ushbu muchalda tavallud topganlar juda jiddiyatli shaxslardir. Bir tomondan, ular o’ta mehnatkash, ishchan, qat’iyatli. Ikkinchi tomondan, jahldor, qiziqqon, ba’zan hatto qo’pol. Hokimiyat sari qat’iy intilishadi, o’zlarini do’stlari, qarindoshlari, atrofdagilar hurmat qilishlarini hohlaydi. Ammo aytarli natijaga erisholmaydilar. Qaytanga sog’liqlariga ziyon yetkazishi mumkin. Quyon burji vakillari o’z mehnatlari tufayli farovon turmush kechirishadi. Bu yurish turishlarda, yeb ichishlarda, kiyinishlarda, hovli- joylarida ko’zga tashlanadi. Buni qo’shnilari ham payqaydi, ularni boy-badavlat deb hisoblashadi. O’ta talabchanliklari tufayli oilaviy nizolar kelib chiqadi. Buning ustiga, oila azolariga hamisha hamhushmuomila bo’lavermaydilar. Yana bir zaif tomoni – muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, tezda ichkilikka ruju qo’yadilar. Quyonlarni omilkorsan, ishchansan, kuchlisan deb tez-tez maqtab turing. Bu juda foydali. Qolaversa, kishining o’ziga hos tomonini topib maqtasangiz, unga kuch bag’ishlaydi. Endi ushbu muchal sohiblarining kasb-kori hususida to’xtalsak. Ulardan yaxshi muhandis, sportchi, aniq fanlar vakillari yetishib chiqadi. Ayniqsa, mohir savdo xodimi, xarbiy hizmatchi, huquqni muhofaza qilish idorasi hodimi bo’lib yetishishadi. Xavf – xatarga yuzma yuz kelishni yoqtirgani bois professional kaskadyor, o’to’chiruvchi bo’la olishadi. Faqat ularda og’ir-bosiqlik va boshqalarga diqqat-e’riborli bo’lish hususiyati yetishmaydi. Buni hamisha yodda tutishlariva odamlarga nisbatan e’tiborli bo’lishga harakat qilishlari lozim.
Ajdaho (baliq)
(1928, 1940, 1952, 1964, 1976, 1988, 2000, 2012)
Uni eng qudratli muchal deb bo’lmaydi. Yo’lbars va ho’kiz kuch – quvvat borasida undan qolishmaydi. Ajdaho buni hisobga oladi va barcha imkoniyatlarini jamlab ko’rganidan keyingina ishni bitirish uchun jismoniy kuchini qo’llaydi. Ushbu muchalda tug’ilgan shaxs hech bir ishni shoshma – shosharlik bilan amalga oshirmaydi. Avval chamalaydi, obdon oylaboladi, puxta reja tuzadi. Shundan keyingina ishga kirishadi. Rejasini ohiriga amalga oshirmagunicha tinchimaydi. Xavoyi maqtovlarga uchmaydi, ichkillikka ruju qo’ymaydi. O’z mehnatidan, kasb mahoratidan astoydil zavqlanadi. Xar bir ishni aniqlik bilan o’ziga xos tarzda bajaradi. Xarajatlarni, zarar u foydani, bajarilgan ishlarni hafsala bilan, erinmay hisobga olib boradi. Agar boshda ko’p harajat qilishga to’g’ri kelsa, buning tez orada o’rni to’lishiga ishonmaydi. Shuning uchun rejasidan voz kechib qo’yaqoladi. Yana yo’llar qidiradi. Har qancha jismoniy va aqliy quvvat sarf qilishiga to’g’ri kelsa ham,o’z loyihasi arzonga tushishiga ishonadi. U raqibi o’zidan kuchliligini bilsa, bo’lajak baxsga oldindan tayyorgarlik ko’radi yoki o’z sha’niga dog’ tushirmaslik uchun muzokara, murosa yo’liga o’tishni ma’qul ko’radi. Kurashadigan bo’lsa ozini haqiqat yo’lida kurashayotganiga ishontirib, oxirigacha harakat qiladi. O’zining mehnatsevarligi va ishga o’ziga hosyondashuvi bois moliyaviy masalalarni osongina hal etib, xayotida moddiyqiyinchilik nima ekanligini bilmaydi. Pulni, narsalarni qadrlaydi. Ayollarni yoqtiradi, ammo ularni o’zlaridan harakat kutadi. Shuning uchun ko’pgina imkoniyatlarni qo’ldan chiqaradi. Jismonan kamol topishga intiladi, ekstrasenslarga, parapsixologlarga ishonmaydi.
Ilon
(1929, 1941, 1953, 1965, 1977, 1989, 2001, 2013)
Ular ustomon, ayyor bo’lib , o’z imkoniyatlarini aniq xisobga olishadi. Atrofdagilarga uncha ishonishmaydi. Shuning uchun ham gapirishdan ko’ra ko’proq eshitishni ma’qul ko’rishadi. Har qanday vaziyatda ham ishning asl mohiyatini tez anglab, kuch va vositalarni to’g’ri, oqilona taqsimlaydi. Uni jismonan o’ta kuchli deb bo’lmaydi, ammo o’z tanasinichiniqtirib borgani tufayli chayir, chidamli. Sho’x – shodon davralarni,do’stlari bilan muloqot qilishni sevsa-da, birovlardan maslahat so’rashni yoqtirmaydi. Ular bugungi kun bilan yashaydi. Ertaga hudo poshsho deb hisoblashadi. Pulni qanday sarf qilishni yaxshi bilishadi. Ayollari latta-puttaga taqinchoqlarga o’ch bo’lishadi. O’z jozibalari bilan boshqalarni maftun etishadi. Ilon muchalida tug’ilganlar maqsad sari qat’iyat bilan intilishga har kim ham havas qilsa arziydi. Ular – mohir tashkilotchi , usta tijoratchi. Ilonmuchali sohiblaridan ajoyib shifokorlar, adiblar, jurnalistlar, texnik mutaxassislar, xarbiy hizmatchilar yetishib chiqadi
Ot
(1930, 1942,1954, 1966, 1978, 1990, 2002, 2014)
Muchallar orasida ot singari yoqimtoyi bo’lmasa kerak. Ushbu muchal ostida tug’ilganlar ochiq yuzli, hushmuomala, raximdil bo’lishadi. Xammaga yordam berishga tayyor turishadi. Ularni o’ta oddiy , soda deb bo’lmaydi. Ammo voqealarni mohiyatini tezda anglab yetib, xamisha oqilona hulosa chiqaradi deyish ham noto’g’ri. Ular kiyim- kechak, yeguliklarni tanlab o’tirishmaydi. Zarur bo’lsa, chodirda, yerto’lada, xarob kulbada ham yashay oladi. Uy yumushlarini omilkorlik bilan rejalashtira olishadi. Ot tabiatan rahmdil. Ammo uning shaxsiy manfaatiga hiyonaat qilguday bo’lsangiz, undan rahm-shafqat kutmang. Qilmishingizga yarasha javob berishingizga to’g’ri keladi.U ajdodlarining , millatining, o’zining sha’nini, qadrini baland tutadi. Shuning uchun hech qachon shubxali bitimlar tuzmaydi. Go’zal ayollarni, mashxur erkarlarni deb o’z qadrini yerga urmaaydi. Ayniqsa avtomobillarga munosabati o’zgacha. Shaxsiy avtomoshinaga ega bo’lishdan ko’ra jamoat transportida yurishni afzal ko’radi. Mehnatsevarligi, omilkorligi uchun uni qarindoshlari,qo’ni- qo’shnilari ham, kasbdoshlari ham hurmat qilishadi. Faqat unga biroz bamaylihotirlik, erkinlik, tavakkalchilik va qatiyatlilik yetishmaydi. Vaholanki aynan shu hususiyatlar tevarak- atrofni, muhabbatni, odamlarning ruhiy olamini his etishga yordam beradi.
Qo’y (echki)
(1931, 1943, 1955, 1967, 1979, 1991, 2003, 2015)
Qo’y muchalida tug’ilganlar tabiatan kekchi emas, rahmdil, yomonlik va xatolarni kechirishga qodir. Faqat kechirishdan oldinko’nglidagi bor gapni raqibiga aytib, dardini yengillatib oladi. Shunday ekan, u bilan janjallashadigan bo’lsangiz, eshitadiganingizni eshitasiz. Yana bir xususiyati – hech qanday bitimga murosaga bormasligi.
Qo’yning quvvati uzukun ishlashga yetib, yana ortib ham qoladi. O’zligini to’liq namoyon etmasa ruhan eziladi. Birga ishlasangiz uning jismoniy va aqliy salohiyati naqadar kuchliligini his etasiz. U deyarli barcha sohalarda yetuk mutahassis bo’la olishi mumkin. Tibbiyot, texnika, fanlar shular sirasiga kiradi. O’ziga tanish bo’lmagan odamlarni qiziqqon va injiqligi tufayli rom eta olmaydi. Sog’lig’idan nolimaydi. Chiroyli bejirim kiyimlarni yoqtiradi. Xamisha hamma yerda yetakchilikka intiladi. Siyosat bilan shug’ullanadi, sportni sevadi, hamma unga bo’ysunishini xohlaydi.
Maymun
(1920, 1932, 1944, 1956, 1968, 1980, 1992, 2004, 2016)
U ham qo’y singari mehnatsevar, ammo yetakchilikka davo qilmaydi. Mansablar haqida orzu qilmaydi. Buguni tinch - osuda o’tsa, ertadan ko’ngli hotirjam bo’lsa bas. Hech qanday qiyinchilikdan qo’rqmaydi. Har qanday mashaqqatli ishning ham uddasidan chiqadi, faqat hadeb bir hilishlayversa tez zerikadi. Uning ko’ngli nozik, tez hafa bo’ladi. Birovlarning so’kinishiga, ustidan kulishiga toqati yo’q. ishchanlik uning eng asosiy hususiyati. Shunga qaramay ishxonada ko’pincha uni tushunishmaydi. Maymun – g’amho’r o’rtoq, ajoyib hodim. Xo’sh, unga qaysi kasblar mos keladi? Xayvonot va o’simliklar dunyosi bilan bog’liq sohalar: biokimyo, anatomiya, genetikaga qobiliyaati bor. Rassomchilik, xaykaltaroshlik, badiiy adabiyot, pedogokika kabi ijodiy qobiliyatni talab etadigan sohalar bilan ham shug’ullana oladi.
Xo’roz (tovuq)
(1921, 1933, 1945, 1957, 1969, 1981, 1993, 2005, 2017)
Ushbu muchal sohiblari o’ziga juda ishonishadi, faqat boqibeg’am. Asabi mustahkam, jismonan baquvvat. Uning uchun hayot bamisoli uchqur poezd. Xatti- harakatlarining oqibatlari haqida jiddiy o’ylab o’tirmaydi. Shiori: “yuz beradigan har qanday hodisani hamisha yaxshilikka yo’yish keraak!”
Xo’roz texnik fanlar, matematika bilan shug’illanishga moyil. Sport, tabobatga qobiliyati bor. Qishloq ho’jaligini ham eplay oladi. Ishlab chiqarish, huquqni muhofaza qilish, xarbiy sohada ishlashga ham uquvlari yo’q emas. U harakatchan, tasavvuri keng. Ko’p va ho’p ish qilishga qodir. Faqat buning uchun uni ruhlantirib, ilhomlantirib turish kerak. Ortiqcha urinmasdan ancha muncha ishni do’ndira oladi. Afsuski ba’zan boshlagan ishini ohiriga yetkazmasligi mumkin. Birvarakayiga ancha ishni bajara oladi. Ammo ularni sifatli bajaradi deyishqiyin. Keng, yorug’ zallarda ishlashni, xazillashishni, hammani diqqati markazida bo’lishni yoqtiradi. U so’ngi rusumda kiyinadi va tabassum qilib yuradi, boshqalarga gullar sovg’a qiladi. Uni hamma sevadigandek tuyiladi.
It
(1922,1934, 1946 , 1958, 1970, 1982, 1994, 2006, 2018)
It muchalida tavallud topganlar ochiq yuzli, kirishimli bo’ladi. Ular har qanday kishi bilan muloqotga kirishib ketaoladilar. Bunday toifadagi shaxslar tezorada har qanday davraning guliga aylanishadi, ulkan jamoalarda ham hurmat qozonishadi. Siyosat va iqtisodiyot masalalarini olasizmi, xullas, har qanday mavzuda ularning o’zz fikri, puxtaqarashi, xatto bir juft tesha tegmagan latifasi bor. It muchalida tug’ilgan erkaklar oilaparvar bo’lishadi. Ayollar esa sarishta uy bekasi, farzandlarining mehribon onasidir. Ular sadoqatli do’stdir. Samimiy, qadrdon o’rtoq sifatida hato va kamchiliklaringizni kechirishadi. Xurmatingizni yo’qotmay desangiz, xadeb xatoga yo’l qo’yavermang. Yana bir maslahat: xaqligingizni kuch yordamida isbotlashga urinmang. Aks holda, tizgingizni tortish yo’lini topadi. Oqibatda o’zizgiz noqulay ahvolda qolasiz. Xullas u bilan ahil- inoq yashang.
To’ng’iz (cho’chqa)
(1923, 1935, 1947, 1959, 1971, 1983, 1995, 2007, 2019)
U ishbilarmonlar olamining haqiqiy vakili. Uni o’ta aqlli, o’qimishli, xayotning mazmunini anglab yetgan deb bo’lmaydi. Lekin o’z fikrini isbotlash uchun buyuk allomalarning fikr mulohazalarini tez-tez tilga oladi. Ortiqcha ehtiroslarga berilmaydi. O’z uyini ham, mahallasini ham, yurtini ham tartibga sola oladi. Diktatorlik hususiyatlari ham yo’q emas. Qonun-qoidalarni hurmat qiladi, ularga qat’iy rioya etadi. O’zining va o’ziga ishonib topshirilgan shaxslarning hayotini, sha’nini himoya qila oladi. Raqibiga gap bilan ham, jismoniy kuch bilan ham zarba bera oladi.
Ta’kidlab o’tganimizdek, uning asosiy hususiyati-ishbilarmonlik. Daromadni qisqa vaqt ichida hisob-kitob qiladi. Yangi istiqbolli, daromadli loyihalarni o’ylab topadi. Har qanday inqirozlarga chidamli tijorat dasturlarini tuzadi. O’z vaqtida zarur qarorlarni qabul qiladi. Ulardan mirishkor, fermer, ajoyib moliyachi, tijoratchi chiqadi. Xisobchilik, yuristlik, jurnalistlikni ham o’rniga qo’yadi. Texnika sohasining yetuk mutahassisi, mohir jarrih, professional sportchi bo’lib yetishadi.
Сообщения из Facebook