Poyabzal bilan bog’liq muammolarni hal qilishga qodir 6 maslaxat
Biz uy sharoitida oyoq kiyim bilan bog’liq bo’lgan noqulayliklarni bartaraf etish yo’lini siz bilan bo’lishamiz.

1. “G’irchillaydigan”poyabzal

Agar yangi olgan poyabzalingiz qadam tashlashingiz mobaynida g’irchillagan tovush chiqarib asabingizga tegsa bolalar upasidan foydalaning. Uni poyabzalning patakiga yoki bo'lmasa tagiga sepib qo'yishning o’zi sizni muammodan halos etadi. 

2. Yoqimsiz hid

Poyabzaldagi nohush hidni ketkazish uchun ishlatilgan qora choy paketchasini uni ichiga solib qo’ying. Ertasi kuni hid ketganiga guvoh bo’lasiz.

3. Ifloslangan oppoq keda

Oppoq poyabzal kirlansa qanday qilib tozalash mumkin? Osh sodasini idish-tovoq yuvish vositasi bilan aralashtiring. Shotka yordamida poyabzal ustini tozalang. Kedangiz yangidek bo’lib qoladi.

4. Baland poshnali oyoq kiyimdan keyingi og’riq

Oyoqlar tez baland boshnadan charchab qolayotgan bo’lsa, quyidagi usulni sinab ko’ring: oyoqning nomsiz barmog’iga plaster yopishtirib oling. Nima uchun deysizmi? Ushbu barmoqda nerv to’qimasi mavjud bo’lib, bog’lab olish orqali unga bo’lgan bosim kamayadi. Siz esa poshnada o’zingizni qulay his etasiz.

5. Xiralashib qolgan poyabzal

Charm tufliyingiz yetarlicha yaltiramay qolsa, uni badan uchun mo’ljallangan losyon bilan tozalang.  Bu orqali siz poyabzalingiz jilolanishiga yordam berasiz.  

6. Juda tor poyabzal

Bir  oz oyoqni siqib turgan poyabzalni qanday qilib tez fursatda kengaytirish mumkin? Paypoqni namlab poyabzalni kiying. Hona ichida bir necha daqiqa aylaning.  Natijani o’zingiz seza boshlaysiz. 

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations