Qiziqarli dunyo: Butun dunyodan yig’ilgan eng mashhur suvenirlar
Qiziqarli dunyo: Butun dunyodan yig’ilgan eng mashhur suvenirlar
Sayohatga chiqib turib biz, odatda, uyimizga esdalik uchun biror bir narsalar olib kelgimiz keladi, ular so’zsiz, biz borgan joylar haqida xotirani yangilab turadi. Barchamiz boshqacha bo’lishni xohlaymiz va o’zimiz bilan chindan ham arzigulik va noyob narsani olgimiz keladi, ammo ko’p hollarda biz bo’lmag’ur kichik do’konchalarda eng oddiy va didsiz suvenirlarni sotib olamiz.

5. Raqsga tushayotgan qo’g’irchoq, Gavayi

5. Raqsga tushayotgan qo’g’irchoq, Gavayi
Yoqimtoy Gavayi… Quyosh, kristaldek toza suv, ajoyib plyajlar va … gulchambarli zagar olgan Xul maftunkor raqqosalari! Har doimgi hayotingizga qaytib ketish oldidan, bunday qo’g’irchoqlardan birini sotib olishni unutmang.

4. Brandenburg darvozasining qolipi (Brandenburg Gate), Germaniya

4. Brandenburg darvozasining qolipi (Brandenburg Gate), Germaniya
Brandenburg darvozasi, XVIII asrning Triumfal arkasi - Berlinning yodgroligi va Germaniyaning asosiy hurmatga sazovor joylaridan biri. Odamlar ko’pincha qolipchani sotib olib, u bilan birga haqiqiy darvoza oldida rasmga tushishadi.

3. Klyon siropi, Kanada

3. Klyon siropi, Kanada
Bugungi kunda Kanada klyon siropini ishlab chiqarish bo’yicha birinchi o’rinda turadi, va klyon bargi esa mamlakatning milliy emblemasi sifatida hammaga taniqli, shuning uchun, gap suvenirlar haqida ketganda, klyon shaklida yasalgan shishadagi kanadalik klyon siropidan yaxshiroq narsa topilmasa kerak.

2. Ranglangan yog’och oyoq kiyimi, Niderlandiya

2. Ranglangan yog’och oyoq kiyimi, Niderlandiya
Niderlandiyada bo’la turib, bu mamlaktga xos bir qator suvenirlardan tanlashingiz mumkin. Shamol tegirmonari, tyulpanlar, pishloq – bularning bari Niderlandiyaning afsonaviy narsalaridir. Ammo yana bir narsa haqida unutmaslik kerak – kiyishga yaroqli bo’lmagan super chiroyli, ranglangan yog’och oyoq kiyimlaridir. Ular butunlay yog’ochdan qilingan va Niderlandiyaning eng sevimli suvenirlaridan biri hisoblanadi.

1. Suv parisi haykalchasi, Daniya

1. Suv parisi haykalchasi, Daniya
Daniyalik muallif Xans Kristian Andersen (Hans Christian Andersen) ertagiga asoslangan Rusalka haykalchasi Kopengagenda shaharning va umuman olganda mamlakatning eng mashhur yodgorligiga aylandi. Tabiiyki, haykalchaning miniatyurali modelchasi, bu barcha turistlar Daniyadan estalik sifatida olib ketishni xohlaydigan suvenirdir.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook