Qiziqarli dunyo: Dunyodagi kaliti topilmagan 10 ta eng yirik topishmoqlar
Qiziqarli dunyo: Dunyodagi kaliti topilmagan 10 ta eng yirik topishmoqlar
Shifrlar, topishmoqlar va kodlangan jamoaviy xatlar bizni o’z sirliligi bilan juda qiziqtirib qo’yadi doimo: Nega bu xat shifrlangan? Qanday buyuk sirlarni u o’zida saqlashi mumkin?

Djordjiyaning yo’lboshchi toshlari

Ba’zan “Amerikalik Stounxendj” deb nomlanadigan Djordjiyaning yo’lboshchi toshlari – bu 1979 yilda Elbert Kaunti, shtat Djordjiya, tomonidan barpo etilgan granit haykalidir. Toshlar sakkiz tildagi gravirovkani o’zida saqlaydi – ingliz, ispan, suaxili, hindu, ivrit, arab, xitoy va rus tillarida – va har biri “Aql Asri” uchun “yangi” o’nta amrni o’z ichiga olgan. Toshlar shuningdek, ba’zi astronomik o’lchovlarni hisobga olgan holda o’rnatilgan. Va haykal o’zida shifrlangan xabarlarni tutmasada, uning maqsadi va kelib chiqishi halihacha sir bo’lib kelmoqda. U, shaxsi aniqlanmagan va o’zini R.S. Kristian taxallusi ostida yashirinib yurgan inson tomonidan o’rnatilgan.
Ushbu o’n amrdan birinchisi – balkim eng munozaralisi bo’lsa kerak: “Insoniyat sonini 500 milliondan kamroq holda tirik tabiat bilan balansda saqlang”. Ko’plarning fikrlariga binoan, bu xabar odamlar sonini ko’rsatilgan songacha tushirish uchun yozilgan, va ushbu Yo’lboshchi toshlarning tanqidchilari ularni yo’q qilishni talab ham qilishgandi. Ba’zi konspirologik nazariyalarning tarafdorlari, ular yangi dunyo tartibiga chaqiruvchi “Lyusiferning sirli jamiyati” tomonidan yaratilgan deb hisoblashadi.

Rongorongo

Rongorongo bu Pasxa orolida topilgan, turli artefaktlarda chizilgan sirli belgilar tizimidir. Ko’plar taxminlaricha, ular yo’qotilgan husnixat yoki proto-husnixat tizimi ekanligini, va insoniyat tarixida mustaqil ravishda yaratilgan uch yoki to’rt husnixat tizimining biri deb hisoblashadi.
Belgilar kaliti haligacha topilmagan, va ularning asl ma’nosi – kimlardir aytishlaricha, Pasxa orolida haykallarni qurgan, yo’qolgan sivilizatsiya taqdiri haqida ishoralarni saqlaydi – ammo ular endi mangu yo’qotilgan bo’lsa kerak.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook