Shifrlar, topishmoqlar va kodlangan jamoaviy xatlar bizni o’z sirliligi bilan juda qiziqtirib qo’yadi doimo: Nega bu xat shifrlangan? Qanday buyuk sirlarni u o’zida saqlashi mumkin?
Ba’zi olimlarning fikriga ko’ra, bu ierogliflar qachonlardir qadimgi Kritda foydalanilgan “Chiziqli A” va “Chiziqli B”, yozuvli tilni eslatadi. Unda muammo nimada ekan? “Chiziqli A” ning kalitini topishning iloji yo’qligida. Bugungi kunda disk arxeologiyadagi eng mashhur topishmoqlardan biri hisoblanadi.
Shaborodan shifrlash
18 asrda qurilgan Staffordshir, Britaniyadagi Cho’ponlik Yodgorligiga uzoqdan bir qarang, va siz Nikolya Pussenning “Arkadiylik cho’ponlar” mashhur rasmning haykaltaroshlik asarini deb adashtirishingiz mumkin. Lekin oldinroqdan qarang, va siz harflarning qiziq ketma-ketligini DOUOSVAVVM – 250 yildan ortiq kaliti topila olinmayotgan qiziq kodni ko’rasiz. Ushbu shifrning muallifi noaniq qolishiga qaramasdan, ba’zilarning fikrlaricha, bu kod Muqaddas Qavmni toppish bo’yicha ritsar-tampliyerlar tomonidan qoldirilgan ishoradir.
Dunyomizning eng oliy aqlli insonlari, shu navbatda Charlz Dikkens va Charlz Darvin, ushbu kodga kalit topishga necha martalab uringanlar, va har doim bu harakat omadsiz tugagan.
Tamam Shud ishi
Tamam Shud ishi Avstraliyaning eng katta topishmoqlaridan biridir, va u 1948 yilda Avstraliya, Adelaidadagi Somerton Bichda o’lik topilgan, shaxsi noma’lum inson bilan bog’liq. Inson kimligini aniqlay ololmaganliklari faktidan tashqari, bu insonning shimi ichidagi yashirin cho’ntagida kichkina qog’ozda “Tamam Shud” so’zli parchasi topilganligi, ishni yanada sirliroq qildi.
Bu ibora “tugadi” yoki “tugagan” de tarjima qilinadi va Umar Xayyomning “Ruboiylar” ruboiylar majmuasining oxirgi betida yozilgan. Bu topishmoqqa qo’shimcha qilib, keyinchalik “Ruboiylar” ning nusxasi ham topildi, va unda taxminan aynan shu o’lgan inson tomonidan qiziq bir shifr qoldirilgan.
Umar Xayyom ruboiylari ma’nosiga muvofiq, ko’pgina odamlar, bu xat o’ziga xos o’lim oldi xatchasi deb hisoblandi, ammo uning bu voqeaga va shu voqeaning o’zi qanday sodir bo’lganligi haligacha nama’lum.
Vau! signal
Bir zamonda 1977 yilning yozida, Djerri Eman, SETI (yer yuzidan tashqari jismlardan kelayotgan signallarni qidirish uchun keng tarqalgan dastur, ms. Mixednews) dasturining ko’ngillisi, boshqa sayyordan xabar olgan yagona inson sanalsa kerak. Eman aqli bor jismlar tomonidan yuborilgan belgisiga ega signalga bexosdan uchrab qolish uchun uzoq kosmosdan radioto’lqinlarni skanerladi, o’shanda u o’z o’lchovlarida siljishni kuzatdi.
Signal 72 soniya davom etdi – Emanning uskunasi va va uning diapazoni ruxsat beruvchi maksimal uzoq o’lchovi bu. U juda baland edi va taxminlarga ko’ra, u hech qachon birorta inson bo’lmagan joydan: Yerdan 120 nurli yillardan, Tau O’qotar yulduzi oldidagi nuqta - O’qotar yulduzi tomonidan kelgan. Eman signalning asl bosib chiqarilgan qog’ozida “Vau” so’zini yozdi, va shu sababli uni “Vau! Signal” deb atashdi.
Bu signalni qayta ushlash urinishlari omadsiz yakunlandi, va unign kelib chiqishi va ma’nosi ustida ko’pgina debatlar olib borilishiga olib keldi.
Zodiak xatlari
Zodiak xatlari – bu fikrlarga ko’ra, San-Fransisko fuqarolarini 1960 yilning ikkinchi yarimi va 1970 yillar boshida xavfli qotil, mashhur Zodiak tomonidan yaratilgan, to’rtta shifrlangan xatlar seriyasidir. Xatlar, balkim, jurnalist va politsiyachilarning jig’iga tegish uslubida yozilgan bo’lsa kerak, bir xatning kaliti topilgan bo’lsada, qolgan uchtasi haligacha no’malum turibdi.
Zodiak shaxsi xuddi shu kabi umuman aniqlay olinmagan, biroq Zodiak tomonidan qilingan qotilliklar 1970 yildan buyon ham kuzatilmagan.
Сообщения из Facebook