Qiziqarli dunyo: Dunyoning turli burchaklaridan shedevr binolar
Qiziqarli dunyo: Dunyoning turli burchaklaridan shedevr binolar
Xozirgi vaqtda odamlar qadimiy arxitektura yodgorliklariga hayratlanishga odatlangan. Lekin agar atrofga razm solsa, go'zallikda qolishmaydigan chiroyli vinolarni ko'rish mumkin. Bu sharximizda zamonamizning 9 ta o'ziga hos arxitektura qurilmalari yig'ilgan bo'lib, ularni haqiqiy shedevrlar deb atash mumkin.

1. Rohib Klausning ibodatxonasi

1. Rohib Klausning ibodatxonasi

Germaniyadagi Vaxendorf qishlog'idagi rohib Klausning ibodatxonasi.

Rohib Klausning kapellasi 2007 yili arxitektor Peter Sumtorning loyihasi bo'yicha qurilgan bo'lib, Germaniyaning haqiqiy diqqatga sazovor joylaridan biri va eskixristian asketizmining namunasi bo'ldi. Bino 12 metr balandlikli beshburchakli prizmani tashkil etib uchburchakli eshik va devor va shipda kichik teshiklarili tromblangan beton metodida qurilgan. 

2. Kunstxaus Gras muzeyi

2. Kunstxaus Gras muzeyi

Gras shahridagi Kunstxaus, Avstriya. 

San'at muzeyining binosi britaniyalik arxitektorlar Piter Kuk va Kolin Furn'e tomonlaridan 2003 yili loyihalashtirilgan va ekspluatasiyaga topshirilgan edi. Uni o'rab turadigan binolardan innovasion qurilma juda ham ajralib turadi. U temir-beton karkasdan noan'anaviy shaklga ega, fasadi ko'k plastik oynalar bilan qoplangan va bir nechta media instalyasiyalari bor. Ajoyib dizayni tufayli mahalliy aholi uni "Do'stona o'zgasayyoralik" deb nomlashdi. 

3. Qizil devor

3. Qizil devor

"Qizil devor" turar joy kompleksi, La Manzanera buxtasi, Ispaniya. 

Arab o'rtayeri stilidagi go'zal turar joy kompleksi Ispaniyaning janubida qurilgan bo'lib, mashxur arxitektor Rikardo Bofill tomonidan loyihalashtirilgan. Bino kontrast qizil rangda bo'lib, tashqi ko'rinishi bilan qal'aga o'xshaydi, aslida u 50 ta kvartiralik uydir. Loyihaning asosi bo'lib kvadrat yacheykalar bo'lib, ular o'zaro aniq geometrik shaklga ega zinalar bilan birlashtirilgan. Uyning tomida basseyn va solyariyli katta terrasa dam olish uchun jihozlangan. 

4. Emporia savdo markazi

4. Emporia savdo markazi

Mal'mo, Shvesiyadagi Emporia savdo markazi

Bahaybat, ko'p funksiyasli, effektli fasadga ega savdo markazi Shvesiyaning Mal'mo shaharchasida Wingårdhs studiyasining loyihasi asosida qurilgan. Bunoning fasadi kamalak shishadan qilingan bo'lib, noan'anaviy skulptura shakliga ega. Shu sababli konstruksiya buzilayotganining illyuzuyasi vujudga keladi. 

5. Chanchjou, Xitoydagi Lotus ko'rgazmalar markazi

5. Chanchjou, Xitoydagi Lotus ko'rgazmalar markazi

Chanchjou, Xitoydagi Lotus ko'rgazmalar markazi.

Lotos guli ko'rinishidagi fantastik qurilma Xitoyning Chanchjou shahrida, sun'iy ko'l suvi ustida, mashxur avstraliyalik firma Studio505 tomonidan ko'tarilgan. Binoning konstruksiyasi rivojlanishning uch bosqichini demonstrasiya qiladi: yosh g'uncha, yetilgan va ochilgan gul va ichida urug'lar bor po'choq. Inshoatning ichida ko'rgazma va konferens zallar, hamda Shahar loyihalashtirish departamenti joylashgan. 

6. "Akva" osmino'par binosi

6. "Akva" osmino'par binosi

Chikago, AQSH dagi "Akva" osmono'par binosi. 

Bu 250 metlik gigant Michigan ko'li yaqinida qurilgan bo'lib, birinchi qarashdan atrofidagi baland binolar massasidan ajralib turmaydi. Biroq, yaqinroq kelib qaraganda uning futurustik ajoyib fasadini ko'rish mumkin. U shisha ulamalar va hajmli "to'qinlar" dan iborat. 

7. Guggenxaym muzeyi

7. Guggenxaym muzeyi

Bil'babo, Ispaniyadagi Guggenxaym muzeyi.

Guggenxaym muzeyi haqli ravishda Ispaniyaning eng go'zal joylarning biri, hamda dunyodagi eng buyuk binolardan biridir. Titan va shishadan bo'lgan unikal konstruksiya Nerv'on darosi suvlarida turuvchi o'zgasayyoralik kosmik kemani eslatadi. Loyihasi genial kanadalik Frenk Geriga tegishli. Binoda birirta han to'g'ri burchak yo'l, barcha yuzalar ohista egilib, ichki xonalari esa biri biriga o'tib ketadi. 

8. Lotos ibodatxonasi

8. Lotos ibodatxonasi

Nyu-Deli, Hindistondagi Lotos ibodatxonasi. 

Qordek oppoq penteliya marmaridan bo'lgan ochilayotgan lotos guli shakidagi bahaybat bino - Hindistinning asosiy diqqatga sazovor joylaridan biri va asosiy baxay ibodatxonasidir. Takrorlanmas geometriyali ajoyib bino eronlik arxitektor Farobarza Saxbning ishi. U hisob kitob va komyuterda loyihalashtirishga ikki yildan ortiq vaqtini sarflagan. 

9. Labirint

9. Labirint

Xouv shahri bog'i, Buyuk Britaniyadagi Labirint. 

Xouv shahridagi bog'da joylashgan, bahaybat barmoq izi ko'rinishidagi fantastik labirint. Xozirgi vaqtda shu kabi binoning dizayn - loyihasi mavjud bo'lib, u qaysidir shaharning haqiqiy diqqatga sazovor joyiga aylanishi kutilmoqda. 

Afsuski, har doim ham arxitektorlar o'z fikrlarini reallikda amalga oshirib, o'z g'oyalarini tomoshabinlarga yetkaza olmaydilar. 

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook