Qiziqarli dunyo: Dunyoning turli mamlakatlarida ta’lim tizimi qanday? (II qism)
Qiziqarli dunyo: Dunyoning turli mamlakatlarida ta’lim tizimi qanday? (II qism)
Har bir mamlakat o‘z mezonlari asosida ta'lim tizimini belgilaydi. Shuning uchun turli davlatlarda ta'lim olish imkoniyatlari turlicha bo‘ladi. Tizimga asos solinayotganda mamlakatning tarixiy an'analari, bugungi kun talablari inobatga olinadi. Bugungi maqolamizda ba’zi mamlakatlarning maktabdagi ta’lim tizimi haqida so’z boradi.

Avstraliya: ikkita majburiy fan

Avstraliya: ikkita majburiy fan
O’quv yili davomiyligi: 11 oy/haftasiga 5 kundan Ta’lim oilish davomiyligi: 12 yil Ta’lim olish yoshi: 5-11 yil Uy vazifasi: yo’q Maktab formasi: ha Baho tizimi: 100 ballik Bilimni sinash: testlar, insholar va dokladlar; baholar yiliga ikki marta pochta orqali yuboriladi; uchinchi sinfdan boshlab har ikki yilda imtihon topshiriladi

O’qish mavsumi

Yangi o’quv yili yangi yil bayramidan biroz keyin boshlanadi, ya’ni yanvarning oxiri va fevralning boshida boshlanib, dekabrning boshlarida tugaydi. Ta’tillar har chorak orasida o’n kundan iborat bo’ladi. Darslar 08:30 da boshlanadi, katta tanaffuslar bilan soat 15:00 gacha davom etadi.

Maktab formasi

Maktab formasi
13 yoshgacha o’g’il bolalar shortiklarda yuradilar, keyin esa shimga o’tadilar. Tepa qismiga pidjak yoki jemfer bo’lishi mumkin, biroq barcha maktablarda o’quvchilar shlyapa kiyishlari shart. Qizlarning maktab kiyimida getralar ajralib turadi. Yuqori sunf o’quvchilarining formalari hamma maktablarda har xil, ularga boshlang’ich sinf o’quvchilarining hududiga kirishi ta’qiqlanadi.

Ikkita majburiy fan

Yettinchi sinfgacha o’quvchilarni barcha fanlardan bir yoki ikkita muallim ta’lim beradi. Ta’lim olish formal emas, o’quvchilar sinfda o’zlarini erkin tutadilar. Ular sinfda yuradilar, bemalol gaplashib ham o’tiradilar, hatto polda ham o’tirishlari ham mumkin. 8chi sinfdan 10 chi sinfgacha o’qituvchilarning soni oshadi. Bolalar matematika va ingliz tilini majbnuriy o’rganadilar, qolgan fanlarni o’zlari tanlaydilar. Yuqori, ya’ni 11-12 sinflarda ta’lim olishning murakkabligiga qarab ham bo’linadilar. Avstraliya maktablarida bahoning aniq bir tizimi mavjud emas. Boshlang’ich sinflarda baholar umuman qo’yilmaydi. 3-6 chi sinflarda o’quvchlilar haftalik test sinovlarini, nazorat ishlarini va diktantlarni topshiradilar. Biroq baholar bir yilda ikki marta qo’yiladi va ota-onalarga pochta orqali yuboriladi.

Tayvan

Tayvan
O’quv yilining davomiyligi: 10 oy/5 kun Ta’lim olish davomiyligi: 9 (12) yil Ta’lim olish yoshi: 6-15 (18) yil Uy vazifasi: bor Maktab formasi: bor Baholash tizimi: 100 balllik Bilimni sinash: testlar, imtihonlar

Tozalik uchun zachyot

Tayvanlik o’quvchining har tongi 07:30 da ertalabki badantarbiya va maktabni tozalash bilan boshlanadi. Maktabda tozalik qattiq nazorat qilinadi. Oliy ta’lim muassasalarida ham talabalar yil davomida universitet hududini tozalaydilar va buning uchun ularga zachyot ham qo’yiladi. Agarda ular ko’ngildagidek tozalamasalar, majburiyat cho’zdiriladi. Darslar 08:30 da boshlanadi va 10 daqiqalik tanaffus bilan 16:30 gacga davom etadi. Faqat lanch uchun yarim soatlik tanaffus belgilangan. Hozirgi kunga kelib esa mamlakatning ba’zi maktablarida o’quv kunini bir soat keyinga surish masalasi ko’rib chiqilmoqda.

Ta’lim reformasi

2018 yilda yuqori sinflarda ta’lim reformasini yakunlash rejalashtirilmoqda. Unga muvofiq bolalar fanlarning asosiy qismini o’zlari tanlaydilar hamda iqdidorlariga qarab ularni o’rganadilar, ya’ni har bir o’quvchining o’zining shaxsiy dars jadvali bo’ladi. Oxirgi reformaga muvofiq o’qituvchilar ta’tilga uy vazifasini bermaydilar. Hukumat bolalar ko’proq dam olishlari kerak, degan qarorga keldi. Maktabdagi intizomga esa qattiq qaraladi. Har bir o’quv maskanining o’z shaxsiy formasi bor. Bu formani kiyishni xohlamaganlar uchun esa jazo qo’llaniladi, masalan qaysidir xonani qo’shimcha tozalash. PISA reytingi bo’yicha, Taybey viloyatining maktablari eng yaxshi ta’lim muassasalarining o’ntaligidan bir necha marta joy olgan.

Finlayandiya ta’lim muassasalari

Finlayandiya ta’lim muassasalari
O’quv yilining davomoyligi: 10 oy/haftasiga 5 kundan Ta’lim olish davomiyligi: 9 yil Ta’lim olish yoshi: 7-16 yosh Uy vazifasi: deyarli yo’q Maktab formasi: yo’q Baholash tizimi: 10 ballik Bilimni sinash: imtihonlar bekor qilingan, bilim bahosi 4 chi sinfdan boshlab qo’yiladi

Imtihonlar yo’q

Finlyandiyaning o’quv yili biznikiga o’xshaydi. Avgust oyida boshlanib, may oyida tugaydi. Kuzgi mavsumda 3-4 kunlik ta’til bo’ladi va yangi yil arafasida boshlanadigan ikki haftalik ta’til ham bor. Undan tashqari bahorda ham o’quvchilar dam olishga chiqadilar. Darslar haftaning begim kunlari ertalabki soat 8 yoki 9 da boshlanadi va tushlikkacha davom etadi. Darslar 45 daqiqa davom etadi va ularning orasida 15 daqaiqalik tanaffus bo’ladi. Farqli tomonlari ham bor. Imtihonlarning o’rniga bu yerda fanlar bo’yicha o’rta baho tizimi mavjud bo’lib, ularning asosida kolledj va litseylarga qabul amalga oshiriladi ( bu ta’limning ikkinchi pog’onasi bo’lib, undan keyin ishlash yoki Oliy ta’lim muassasasiga kirish mumkin).

Reforma

2020 yilga kelib, darslar boshqacha ko’rinishga ega bo’ladi. Finlyandiyada maktab reformasi bo’ladi, unga asosan o’quvchilar har xil alohida fanlarni o’zlashtirmasdan, bir mavzuga oid bo’lgan qator fanlarni o’rganadilar. Masalan, iqlim o’zgarishi haqidagi soha tanlansa, unda ekologiya, tabiatshunoslik, iqtisodiyot va siyosat o’rganiladi. Bunday mashg’ulotlar uch soatga yaqin bo’ladi. Fin maktablari ham bir necha marotaba eng yaxshi ta’lim muassasasi reytingidan joy olgan.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook