Qiziqarli faktlar: Sibir haqida qiziqarli 15 ta fakt
Qiziqarli faktlar: Sibir haqida qiziqarli 15 ta fakt
Odamzot tabiatning har qanday ayovsiz muhitiga ham ko’nikish qobiliyatiga ega. Xatto Sibirda ham odamlar hayotga ko’nikib ketgan.
Ushbu hudud boy tarixi, ajoyib manzarasi va dunyo sevgan kuchuk zoti bilan mashxur.

Sibir Rossiyaning katta qismini egallaydi

Sibir Rossiyaning katta qismini egallaydi
Geografik Sibirning maydoni 9.8 million km kv. (Rossiyaning 57% maydoni). Taqqoslash uchun Kanadaning maydoni 9.9 mln km kv.

Sibirda dunyodagi eng chuqur ko’l joylashgan

Sibirda dunyodagi eng chuqur ko’l joylashgan
Baykal ko’li sharqiy Sibirning janubiy qismida joylashgan. Bu chuchuk suvning eng katta tabiiy rezervuari. Uning sirti Niderlandiya sirtiga teng. Bundan tashqari u shunchalik tozaki 50 metr chuqurlikdagi toshlarni ham ko’rishingiz mumkin.

Tungus meteoriti

Tungus meteoriti
1908 yil 30 iyun kuni Toshosti Tunguska daryosi hududiga meteorit tushgan. Portlash kuchi 40-50 megatonda baholangan, bu eng kuchli vodorod bombasining kuchiga teng.

Vasyugan botqog’i

Vasyugan botqog’i
Vasyugan botqog’i Shimoliy yarimshardagi eng katta botqoqlik tizimi. Botqoqning maydoni 53 ming km kv (taqqoslash uchun: Shveysariyaning maydoni 41 min km kv).

Muzliklar

Muzliklar
Rossiyaning 65 % maydoni abadiy muzlik. Sharqiy Sibir va Baykalortida u ayniqsa kuchli tarqalgan. Iqlim o’zgarib, isish jarayoni kuzatilayotgan bir paytda abadiy muzliklarning erishi kuzatilmoqda, ular erib o’zining muzli tublaridan metan zaxirasini chiqarib, dengiz satxini ko’tarmoqda.

Sibir daryolari

Sibir daryolari
Sibirdan dunyodagi eng uzun 10 ta daryodan 4 tasi oqib o’tadi: Ob, Amur, Lena, Yenisey. Norilks tumanidagi Daldikan daryosi ham e’tibordan chetda emas. O’tgan yilning sentabr oyida daryo Nadejdin metallurg zavodining chiqindilari sababli yorqin qizil rangga kirgan.

Dunyodagi eng sevimli itlar zoti

Dunyodagi eng sevimli itlar zoti
Sibir xaskisi – eng qadimiy va mashxur zotdor itlardan biri. Do’stsevar va xotirjam xarakterga ega, og’ir jismoniy mehnatga mos va yo’lovchi kuchuklar uchun juda mos. Hayot davomiyligi: 12-14 yil.

Biz Sibirdan kelganmiz

Biz Sibirdan kelganmiz
Sibirda Homo erectusning osiyo turkumi yashagan (tik yuruvchi odam). Genetik analizlarga qaraganda Homo erectus bizning ajdodlarimiz bo’lishi mumkin ekan.

Bizning ajdodlarimiz Sibirda yashagan

Bizning ajdodlarimiz Sibirda yashagan
2008 yili Altay o’lkasi Soloneshensk rayonida Denisov g’orida rus izlanuvchilari odamning jimjiloq barmog’ini topishgan. Unda olimlar bu neandertal odamning qoldiqlari deb hisoblashgan. Biroq sinchkovlik bilan o’tkazilgan genetik analiz ko’rsatdiki, bu bizga avval ma’lum bo’lmagan odam qoldiqlari. Jimjiloq taxminan 50 ming yil oldin qizaloqning qo’lida bo’lgan. Uni olimlar “X-ayol” deb nomlashgan. Olimlarning fikricha, hech bo’lmaganda uchta tur – Homo sapiens, neandertal va bu denisonas deb nomlangan tur – uchrashib Sibirning janubiy qismida muomalaga kirishgan.

Kemerova: Utopiya

Kemerova: Utopiya
1921 yili Rossiyada ekonomikani qayta ishlab chiqiqsh loyihasi chegarasida Kemerova millatlararo ishlab chiqarish kaloniyasiga aylandi. Kemerova kaloniyasi 1922 yildan 1927 yilgacha mavjud bo’lgan, 5 yil ichida bu yerda 5000 ta rus va 750 ta xorijlik ishlagan. Muloqotning asosiy tili birinchi vaqtlarda ingliz tili bo’lgan. Tajriba omadli kelib, ulkan sanoat tashkiloti yaratilgan.

Sibir salomatligi

Sibir salomatligi
Asl Sibirliklar o’zining mustahkam sog’lig’i va katta kuchi bilan farq qiladi. Mustahkam sog’lik ularda tabiiy chiniqish va muhitdan hosil bo’lgan – sibirliklar morjlik qilish bilan mashxurdir.

Superodamlar

Superodamlar
Sibirliklarning chidamliligiga aql bovar qilmaydi. Ma’lum bo’lishicha, bir kishi tasodifan poezddan 45 daraja sovuq kunda tushib qolgan. Bratska aholisi bitta yengil futbolkada va yengil poyabzalda eng yaqin stansiyagacha 7 km yugurgan. U nafaqat stansiyaga yetib brogan, balki shamollab ham qolmagan.

Ekstrimal sharoitda haydash

Ekstrimal sharoitda haydash
Butun qish davomida sibirliklar hech qanday avtomobil moslasha olmaydigan sharoitda avtomobil boshqarishlari kerak. Agar transport ovloqroq joyda buzilib qolsa, yordam kutishga xojat yo’q. Lekin omadni qarangki, odamlar doim kelib yordam berishadi.

Sibirda yakkashoxlar yashagan

Sibirda yakkashoxlar yashagan
Sibirda yakkashoxni eslatuvchi hayvonning toshqotgan qoldiqlari topilgan. Qadimiy elasmosterilar boshida katta shox bilan yurgan va yerda ular 29 ming yil avval yashagan. Demak yakkashoxlar odamlar bilan bir vaqtda yashagan.

Odamlar Sibirga ko’nikishgan

Odamlar Sibirga ko’nikishgan
Odamlar nafaqat Sibirda yashashga ko’nikishgan, bu ularga xatto yoqadi. Sibirliklar uchun 20 daraja sovuq - yoqimli xarorat, ular issiq va to’g’ri kiyinishni biladi. Sibir rostdan ham o’zining tabiati, madaniyati, tarixi va ajoyib odamlari bilan qiziq.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook