Bizga har kun uchraydigan oddiy narsalarni kutilmagan vazifalari bor. Hatto duxovka ostidagi tortmaning ham o’z vazifasi bor. Biz ular haqida hamma narsani bilamiz deb o’ylaymiz, ammo bu unday emas.
1. Osiyo fastfudi qutichasi
Albatta, tayoq bilan quti burchaklaridan guruch va lag’mon ilib, barmoqlaringiz mahoratini oshirishingiz mumkin. Lekin qutini ochsangiz, u likobga aylanadi va undan yeyish ancha oson bo’ladi.
2. Simdagi silindir
Bu elektr simidagi yuqori chastotali to’siqni bosadigan ferrit filtri. Uning yordamida raqamli signal sifati yaxshilanadi. Aytgancha, ularni yechib qo’ysa ham bo’ladi.
3. Ko’ylak yoqasining orqasidagi tugma
Bu tugma bir paytlar bo’yinbog’ yoqaning tagidan ko’rinib, chiqib turmasligi uchun kerak bo’lgan. Hozir bunaqa ko’ylaklarni topish qiyin, chunki bu tugma ostiga sig’adigan tor bo’yinbog’lar modasi o’tib ketgan. Endi bu tugmalar faqat bir bezak vazifasini bajarishadi.
4. Sharob shishasi ostidagi chuqurlik
Idish og’zi qopqoq bilan berkilganda shishaning tubida kuchli bosim paydo bo’ladi. Idishlarning tubidagi chuqurlik bosimni bir-xil miqdorda bo’lib yuboradi va shuning uchun shisha yorilmaydi. Aytgancha, gazlangan vino uchun shisha ostidagi chuqurlik kattaroq bo’ladi.
5. Ko’ylak yuqori tugmasi uchun gorizontal sirtmoq
Nima uchun kuylakdagi tugmalarning ko’pini sirtmoqlari vertikal, yuqoridagining sirtmoqi esa gorizontal. Javob oddiy: bu nuqtada ko’ylak ko’pincha yechilib ketadi. Gorizontal sirtmoqdan tugma chiqib ketishi oson emas, vertikaldan esa aksincha.
Сообщения из Facebook