Qiziqarli ma’lumot: Biznes nimadan boshlanadi?
Qiziqarli ma’lumot: Biznes nimadan boshlanadi?
Biznesning zamonaviy dunyosi turli xildagi o’yinchilarga boy, turli tuman kompaniyalar turli xil narsalar ishlab chiqaradi. Ammo kamdan kam odamlar hozirda gigant kompaniyalar o’z ishini qanday boshlaganidan xabardor. Ushbu maqolamizda dunyodagi eng katta kompaniyalar tarixidan qiziqarli faktlar bilan tanishtiramiz.

Philips: shoh uchun lampochka

Philips: shoh uchun lampochka
Niderland kompaniyasi Philipsning tarixi 1891 yildan boshlangan. Kompaniya Jerar va Frederik Filipslar tomonidan tashkil etilgan (ota va o’g’il). Kompaniya lampa ishlab chiqarish bilan shug’ullangan.Ishda faqatgina 10 ta odamishlagan, ishlab chiqariladigan mahsulot kuniga 100-200 ta lampa bo’lgan. Philips & Co ning tarixida katta burilish Rossiya Qishgi saroyiga ko’mirli shamchiroqlar yetkazib berish shartnomasi bo’ldi. Ushbu shartnoma kompaniyaning birinchi xalqaro shartnomasi bo’ldi. Hozirda Philips xo’jalikning ko’plab sohalarida ishlatiladi.

Samsung: koreyalik Amerikani to’ydirgani haqida

Samsung: koreyalik Amerikani to’ydirgani haqida
Dunyoning eng mashxur elektromahsulot ishlab chiqaruvchisi Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi o’z tarixini 1930 yilda boshladi. Korxona Li Byon Chxol tomonidan asos solingan va u guruch uni ishlab chiqarish bilan shug’ullangan. Kompaniya oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berish bilan shug’ullangan. 1938 yilda Li birinchi xalqaro shartnomani imzoladi. Ha aytganday, kompaniyaning Samsung Trading Company nomi Li Byonning uzoqni ko’zlani rejasi orqali yaratilgan – ish boshlagandan buyon u Amerika bozoriga chiqishni xohlagan, lekin bunga faqat 1950 yilda erishgan. Koreya urushidan so’ng Samsung ko’plab davlat shartnomalariga ega bo’lib, ular orqasidan endi boshqa mahsulotlar ham ishlab chiqara boshlagan.

Nestlé: Bolalar eng yaxshi investitsiya

 Nestlé: Bolalar eng yaxshi investitsiya
Dunyodagi eng katta xalqaro Nestle kompaniyasi, allaqachon do’kon rastalarini o’zining shirinliklari, sutlari, bolalar ovqatlari va boshqa mahsulotlari bilan egallab olgan. Ammo, Nestlening tarixi kichik narsadan boshlangan. Tashkilot 1866 yilda paydo bo’lgan va unga amerikalik Charlz va Jorj Peyjlar asos slogan. Biroq unda kompaniyaning nomi boshqa bo’lgan. Nestlening hozirgi kundagi yutug’I shveysar farmatsefti Anri Nestle sababli, u sutning turlari, bug’doy uni va shaker ustida tajribalar o’tkazgan, bolalar uchun mahsulot yaratmoqchi bo’lgan. U buning uddasidan chiqdi!

Nokia: Yevropa uchun amper

Nokia: Yevropa uchun amper
Nokianing tarixi 1865 yildan boshlangan. Kompaniyani tog’ injeneri Frederik Idestam yaratdi. Boshida kompaniya qog’oz ishlab chiqarish bilan shug’ullandi, yuz yillik oxirida esa kompaniya qiziqishlari oshdi. Aynan usha payt asoschi Idestam partnyori Leopold Mixelin bilan bir xulosaga kela olmay, ishni tashlagan, Nokia Ab esa electron kabel va elektroenergiya ishlab chiqara boshlagan. Natijada bir necha mayda korxonalar sotib olib, kompaniya yana turli hil rezinali mahsulotlar ishlab chiqara boshlagan.

Sony: “omadsiz” biznes

Sony: “omadsiz” biznes
Sony asoschilari Akio Morito va Masaru Ibuko. Kompaniya 1946 yili dunyoga keldi. Eng boshida korxonaning nomi yapon tilidan tarjima qilganda “Tokio telekommunikatsiya kompaniyasi”ni bildirar edi. Zamonaviy nomi esa lotin tilidagi “sonus” – tovush so’zidan kelib chiqqan. Nomini yapon bo’lmagan odam talaffuz qilishi qiyin bo’lgani uchun o’zgartirishgan. Qiziqarlisi shundaki, “son-ni” so’zi yapon tilida “omadsiz ish” yoki “biznesni yo’qotish” ma’nosini angalatadi. Shu sababdan korxona nomidagi bir “n” harfi olib tashlandi. Boshida Sony sotib olingan litsenziya bo’yicha magnitafon va tranzistorlar ishlab chiqarar edi. Haqiqiy mashxurlik TR-63 maxsus radio qabul qiluvchi ishlab chiqarilgandan keyin kelgan.

Apple: “Butun umr hech kim bo’lmagandan, bir kun biznesmen bo’lgan yaxshi”

Apple: “Butun umr hech kim bo’lmagandan, bir kun biznesmen bo’lgan yaxshi”
Taxminan shunday so’zlarni Stiv Voznyak o’z do’stlari Stiv Jobs va Ronald Ueynga garajida faqatgina lehimli temir va cho’ntagida 25 dollar qolganda aytgan. Apple o’z tarixini qo’lda yig’ilgan bir necha “MOS Technology 6502” protsessorlar bazasida yig’ilgan kompyuterlardan boshlagan. Korxona 1976 yil 1 aprel kuni dunyoga keldi. Bir yildan so’ng Apple II – millionlik Tovar butun Amerika bo’ylab sotildi, keyinroq butun dunyo bo’ylab. “Olmaning” keying o’n yilliklari qiyinchilik va omadsizliklar bilan o’tdi, lekin bu unga jahon yetakchi ishlab chiqaruvchilaridan biri bo’lishiga xalaqit bermadi.

IKEA: buvining tarbiyasi

IKEA: buvining tarbiyasi
IKEA kompaniyasi guruhi shved ildizlariga ega. Uning asoschisi deb Ingvara Kampradani hisoblash mumkin. Bu odamxudo degan kommersant. 5 yoshida Ingvar gugurtni olib sotgan. Uning birinchi xaridori Buvisi bo’lgan. Buvisi uni doim qo’llab quvvatlagan. Igvar kattaroq bo’lganida ruchka, qalam, ram ava karmonlar bilan savdo qilishni boshlagan. Boshida biznesmen o’zi savdo qilishdan uyalmagan, xattoku 1943 yilda o’z firmasini ochganda ham. 1948 yil kompaniya assortimentida mebel paydo bo’ldi, 1958 yilga kelib IKEA ning Shvetsiyada birinchi magazine ochildi. Xalqaro bozorga kompania 1963 yilda chiqdi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook