Xalqimizda “El tegmasa ellik yil turadi”, degan maqol bor. Darhaqiqat, yo’qolgan narsa agar o’g’irlanmagan bo’lsa, vaqt o’tgandan keyin egasiga qaytib keladi va bunga hayotda misollar talaygina. Biz narsamizni yo’qotib qo’yamiz, posa axtarsak ham topa olmaymiz, undan umidimizni ham uzamiz, u esa kutilmagan yerdan kutilmagan holda oyog’imizning ostidan chiqib keladi va bizni hayron qoldiradi. Shuncha payt qidirgan narsamiz shundoqqina yonimizda turgan, biroq “berkinib” olgan ekan.
Ushbu jeton esa 20 yil avval yo’qolgan edi. Baliq ovida to’rga ilinib chiqqan bu jetonni baliqchi o’z egasiga qaytarib berdi.
11. Kitob ichida qolib ketgan chipta
Bir yigit yigirma to’qqiz yil avval kontsertga tushaman deb sotib olgan chiptasini yo’qotib qo’ydi. Uni qancha qidirgan va bu kontsertga tushganmi-yo’qmi aniq emas. Biroq bu chipta qariyb o’ttiz yildan keyin topilishi hech kimning hayoliga ham kelmagan.
12.Monitor ostidagi uzuk
Yo’qolgan narsani axtarganda ‘qidirmagan joyim qolmadi” deyishdan saqlaning. “Sizdan berkinib olgan” narsa hayolingizga kelmagan joyni tanlagan bo’lishi mumkin.
13.Golf koptokchasi
Bu esa daraxt ichiga kirib qolgan golf koptokchasi. O’yinchilar daraxtning yoniga dumalab borganini ko’rishdi-yu, biroq uni yo’qotib qo’yishdi. Daraxt ostiga kiib qolgan koptok yillar o’tib mana shunday ahvolda topildi.
14.Aql bovar qilmaydi
Bi r erkak esa ko’zoynagini yo’qotib qo’ydi. Qayergadir qo’yganini bilardu-yu, aynan qayergaligini eslay olmadi. Mashinasini avtoservisga olib borganida ko’yoynak mashinaning tagidan topildi.
Сообщения из Facebook