просмотров
1.Rimliklar gladiatorlarning qonini ichganlar
Bu ma’joziy emas, to’g’ri ma’noda aytilgan gap. Haqiqatdan ham qadimgi Rimdavgladiatorlarning qonini ichishgan. Ularning fikricha shuday yo’l bilan insonga yangi hayotiy quvvat kirib borgan. Ba’zi Rim tarixchilari o’z kitoblarida gladiatorlik olishuvlaridan keyin halok bo’lgan gladiatorlarning qonlari yig’ilib, ular dori sifatida sotilganligi yozib qoldirganlar. Rimliklar gladiatorlarning qoni tutqanoq kasalligini davolashiga ishonganlar.
2.Rimliklar yosh o’lib ketmaganlar
To’g’ri, Qadimgi Rimda insonning o’rtacha hayoti 25 yoshni tashkil qilgan bo’lsa-da, ko’pgina rimliklar uzoq umr ko’rib, qarilik gashtini surishga ulgurganlar. Gap shundaki, qadimgi sivilizatsiya davrida ko’pgina ayollar tug’ruq vaqtida vafot etganlar, bundan tashqari bolalar orarsida ham o’lim darajasi ko’p bo’lgan. Shundan kelib chiqib, Qadimgi rimliklar o’rtacha 25 yil umr ko’rganlar, degan xulosa kelib chiqqan. Aslida esa rimliklar biz qatori umr ko’rishgan.
3.Vaqt o’lchov birligi nisbiy bo’lgan
Qadimgi Rimda soat o’lchov birligi zamonaviy o’lchovdan farq qilgan – yozda 75 qishda esa 44 daqiqani tashkil qilgan. Chunki, rimliklarning soati asosan Quyoshga moslashgan bo’lgan. Tong otishidan kun botishigacha 12 soatni tashkil etgan, Quyosh botishidan keyin esa yana 12 soat hisoblangan. Qish va yoz fasllarida kun davomiyligi farq qilganligi bois, soatlarning davomiyligi shunga qarab o’zgargan. Shuning uchun ham rimliklar kechikishlarni to’g’ri qabul qilar edilar va hech qachon punktual bo’lmaganlar.
4.Binafsharang yuqori martabadan darak bergan
Hamma joyda odamning qaysi tabaqadan ekanligini bilish uchun ularning kiyimiga e’tibor berganlar. Qadimgi Rimda esa kiyimining rangiga qarab, bu odamning kimligini bilish mumkin edi. Gap shundaki, tabiiy ranglarning barchasi – jigarrang, sariq, oq, kulrang, qora ranglardagi kiyimlar sof qo’y jungidan tayyorlangan bo’lib, bu kiyimlarning egasi odmi, sipo va kambag’al fuqaro hisoblangan. Qizil, yashil, binafsharang tuslar chet o’lkalardan keltirilgan qimmatbaho rang beruvchi qo’shimchalar yordamida sun’iy yo’l bilan tayyorlangan bo’lib, boylik va oqsuyaklikning belgisi edi. Ayniqa binafsharang tusli kiyimlar dabdabani bildirar edi.
5.Qalin qoshlar aql belgisi edi
Qadimgi Rimda ayollar o’rtasida qalin qora qoshlar ayniqsa yuqori baholanar edi. Bunday qoshlar yuqori idrok belgisi hisoblangan.Shuning uchun rimlik satang ayollar ustamonliklarini ishga solib, qoshlarini qalin va bir-biriga ulangan qilib ko’rsatishga harakat qilganlar. Shu maqsadda echki jungidan tayyorlangan sun’iy qoshlardan ham foydalanganlar. Ularni yopishtirish uchun esa daraxtlarning shirasini ishlatganlar.
6.Stomatologiyaga talab katta edi
Qadimgi Rimning o’z tish shifokorlari bo’lar edi, rimliklarning o’zlari ham tishlarining parvarishiga yaxshi e’tibor berar edilar. Hattoki arxeologlar ham tish protezi o’rnatilgan ayol jag’ini topganlar. Tarixshunos olimlarning ta’kidlashlaricha, qadimgi tish shifokorlarining bunday ishlovlari odamlarga nafaqat ovqatni yaxshi chaynashlari, balki o’zlarining boy ekanliklarini bildirib qo’yish uchun ham xizmat qilgan. Chunki og’zi to’la tishlari bilan faqatgina moliyaviy tomondan yaxshi ta’minlangan insonlargina maqtanishlari mumkin edi.
7.Rimliklar faylasuflarni xushlamas edilar
Rim imperiyasida Seneka hamda Mark Avreliy kabi butun dunyoga mashhur buyuk faylasuflar yashab o’tganlar. Shunga qaramay, ko’pgina rimliklar falsafani yomon ko’rar edilar. Ishbilarmon rimliklarning fikricha, falsafani o’rganish hamda insonning ichki olami bilan uyg’unlashuvi odamning aktiv hayot tarzini o'lib borishiga hamda davlatga xizmat qilishiga to’sqinlik qilar ekan. Imperatorlik saroyining tabibi rimliklar falsafaga jiddiy qarashmaganliklarini sezgan va bu haqda o’z kitoblarida yozib qoldirgan.
8.Rim sarkardalari jang maydoniga tushmaganlar
Kitoblarda va tarixiy filmlarda sarkardalarni old qatorlarda jang olib borganliklari tasvirlanadi. Ammo Rim sarkardalari odatda jangda ishtirok etmas edilar. Ular rahbarlik postlarini egallab, armiyaning harakatlarini boshqarganlar va hodisalardan yaxshiroq xabardor bo’lib turganlar. Faqatgina odatdan tashqari holatlardagina, ya’ni jangda ma’lubiyatga uchrayotgan vaqtdagina sarkarda yo o’z joniga qasd qilishi yoki jang maydoniga tushib, dushmanning qo’lidan halok bo’lishiga ruhsat berilar edi.
9.Zahar ichish an’anasi
Eramizning I asrida Rim imperatorlari zaharga qarshi immunitet hosil qilish uchun taniqli zaharlarning har biridan kichkina miqdorda qabul qilib turganlar. Ushbu zaharlarning aralashmasi, bu usuldan birinchi bo’lib foydalangan Pontiya podshosi Buyuk Mitridat sharafiga mitridatum, deb atalgan.
10.Nasroniylarni ta’qib qilinishi
Rimliklar nasroniylarni ta’qib qilar edilar va bunga haqlari bor, deb hisoblardilar. Rimliklar ko’p xudolilikka ishonar edilar va ularni Rim imperiyasining tayanchi, deb hisoblar edilar. Nasroniylarning ta’limoti bo’yicha esa ko’p xudolilik – jin-shaytonlarning ishi yoki umuman mavjud emas. Agarda rimliklar nasroniylarga o’z ta’limotlarini tarqatishlariga ruhsat bersalar, bu narsa ularning xudolariga xush kelmasligi mumkin edi. Shuning uchun ular xristianlarga ota-bobolaridan qolgan an’anaviy ko’p xudolilik dinini qabul qilishlariga imkoniyatlar yaratar edilar. Ammo dindorlar bunday bitmni qabul qila olmas edilar.
11.Bazmlarda qayt qilish an’anasi
Rimliklar mo’l-ko’llik va yeb-ichishga shunchalik mukkasidan ketgandilarki, bazmlarda qayt qilsh an’anaga aylanib qolgan. Senekaning yozishicha, rimliklar bazmlarda tomoqlaridan ortiq ovqat o’tmaydigan darajagacha ko’p yegulik yeganlar, so’ngra sun’iy yo’l bilan qayt qilib, oshqozonlarini bo’shatganlar va tanavul qilishni yana davom ettirganlar.
12.Rimliklar sochlarini bo’yab yurganlar
Qadimgi Rimda ayollar sochlarini bo’yab yurganlar. Avvaliga bo’yalgan sochlar yengiltak ayollarning ermagi bo’lgan. Biroq Imperator Klavdiyning rafiqasi Messalina rimlik oqsuyaklar orasida turli xil pariklarni kiyishni, keyinchalik esa soch bo’yashni ham urfga aylantirdi.
13.Otlar siyosatda ishtirok etganlar
Ha, Qadimgi Rimda otlar siyosatda ham ishtirok etganlar. Masalan, imperator Kaligulaning Intsitat ismli oti bo’lgan. Tarixchi Svetoniyning yozishicha, Intsitat otga atab marmar va fil suyagidan haykal bunyod etilgan. U otning qizil matolardan bashang libosi va qimmatbaho toshlardan egar-jabdug’i bo’lgan. Dion Kassiyning aytishicha esa, bu ot oltin tangachali baliq qo’shilgan suli bilan boqilgan. Svetoniyning yozishicha, shuningdek, imperator Kaligula o’z otini konsul qilmoqchi bo’lgan. Ehtimol, bu bilan imperator senatdagilarning ustidan kulmoqchi bo’lgan va senatorning vazifasini hattoki shu ot ham bajara olishini ko’rsatib qo’ymoqchi bo’lgan.
14.Rimliklar sovundan foydalanmaganlar
Qadimgi Rimliklar har kuni vanna qabul qilardilar-u, ammo sovun ishlatmas edilar. Buning o’rniga ular tanalariga yog’ surtib, so’ngra yog’ni va unga aralashgan kirlarni maxsus badan ishqalagichlar bilan sidirib tashlar edilar.
Сообщения из Facebook