просмотров
Bzikning qo’liga tashlab qo’yilgan, yolg’iz, qarovchisi yo’q bolalar tushardi, ular shifoxonada yol’gizlikda vafot etishga mahkum edilar. Biroq, Muhammad tufayli bu bolalar ehtimol birinchi marta mehr va g’amxo’rlik nima ekanini his qilishgandir.
Kasal bolalar bilan ishlashni, bu kishi 1980 yilning oxirlarida boshladi. O’shanda Muhammadning Don ismli xotini yonma- yon mehnat qildi. Lekin o’n besh yil oldin Bzik yolg’iz qoldi. Bugungi kunda u savob ishlarni yolg’izlikda bajarmoqda.
Muhammad faqat boqib olingan bolalarga mehr ko’rsatmaydi. O’zining 19-yoshli Odam ismli o’g’li ham otasiga bog’lanib qolgan. Bu bola suyaklarni juda mo’rt va zaif qilib qo’yadigan osteogenez kasaliga chalingan va nogiron bo’lib qolgan.
Hozirda Muhammad olti yoshli shol, ko’r va kar tug’ilgan qiz haqida qayg’urmoqda. Qizchaga doimiy g’amxo’rlik kerak, Bzik esa Kaliforniyada ko’p bo’lmagan nogiron bolalar bilan ishlash bo’yicha to’liq sertifikatga ega insondir.
Bu nogiron qizaloqni tug’ilganidan beri kuzatib kelayotgan shifokorning aytishicha, u Muhammadning sa’y-harakatlari tufayligina tirik. Bundan tashqari, nihoyat qizchaning hayotida ham quvonchli damlari kelgan edi. Bzik haqida bunday iliq so’zlarni eshitgandan keyin nima uchun bu qariyani farishta deb atashlarini tushunasan, kishi.
Bzikdan bu ishlarni nima uchun qilayotganini so’rashganida, bu kishi har bir bolaga oila kerak, deydi. Muhammad uchun boshqa sababning keragi yo’q. U bolalar uchun mehnat qiladi, ularni o’z bolasiday qabul qiladi.
Bzik bilan birga ishlagan shifokorlar uni “mehridaryo inson” deb atashadi. Aytishlaricha, bolalarni eng oxirgi kunlari va so’nggi nafaslarida ularga aynan shu kishi kerak bo’ladi. Muhammad 20 yil davomida 80 nafar nogiron bolani o’z qaramog’iga olib parvarishladi, ulardan 10 tasi uning qo’lida jon berdi. Ha, uning qilayotgan ishlari tahsinga loyiq. Haqiqiy qahramonlik ana shunday bo’ladi!
Сообщения из Facebook