Ekspertlar fikrlariga ko’ra, o’yin maydonchalari barcha bolalarning jismoniy, ijtimoiy va umumta’lim rivojlanishi uchun asosiy maskanlardan biri hisoblanadi. Bundan tashqari, bu joy, bolalar muloqot qilish, birgalikda o’ynash va masalalarni yechish qobiliyatlarini rivojlantiradigan maskan hisoblanadi.
O’yin maydonchasi kuchli qiyalikda joylashgan, va bu uning asosiy yodgorligi katta gorka ekanligi degani.
Umuman olganda, maydoncha toqqa chiqish uchun birta katta joydir, va uning har xil qismlari bolalarga turli qiyinlik darajalarini taklif qiladi.
BASE Landscape Architecture parkining yaratuvchilari maydoncha gilam-samolyot, o’rta asrdagi mustahkamlagichlar, pirat kemasining bir qismini va boshqa narsalarni eslatishi uchun uni aynan shu dizaynda qurganlar. Maydonchaning eng tepasida, uni zabt etgan bolalar uchun, daraxtda o’rnatilgan uycha bor, va u yerda bolalar dam olishlari mumkin.
2. O’rgimchakuyasimon o’rmonlar
Xakone, Yaponiya
Bu maydoncha 40 yil oldin qurilgan Xakone ochiq muzeyida joylashgan. Katta yog’och pavilion ichida katta rang-barang o’rgimchak uyi o’z ishining ustasi Toshiko Xoriuchi MakAdam tomonidan to’qilgan.
MakAdam bu kabi inshootni bolalar unda sakrashlari, aylanishlari uchun yaratishni qaror qildi. Maydoncha bino ichida joylashgani uchun, arxitektorlar ichki va tashqi olam orasidagi chegaralarni o’chirib tashlashga imkon beruvchi elementlarni yaratish maqsadida bor qobiliyatlarini ishga solishdi.
Shu bilan birga aytish kerakki, bu maydon faqatgina ikkilamchi qayta ishlangan materiallardan yasalgan. Pavilyon ochilishi 2009 yilda nishonlangan.
“Bolalarga mening qilgan ishim juda yoqadi. Ko’p yillar o’tib, bu qurilmalarning yaroqlik muddati tugaydi albatt, va ular yo’qolib ketadi, ammo, bu yerda quvnab o’ynagan bolalar ushbu yorqin damlarni umrbod eslab qolishadi”, - deydi MakAdams.
1. Yozgi suv maydonchasi
Tixi, Polsha
Agar o’ylab ko’rsa, o’yin maydonchasi – bu tekis va arg’imchoqlari bor quruq joy bo’lishi shart emas. 2012 yida bu suvli maydoncha Polsha, Tixi shahrida Gostynia daryosi qirg’og’ida ochilgan.
Maydoncha u atrof muhit bilan, hamda panjara va boshqarish xonasi alohida ko’rinib turmasligi uchun maxsus qurilgan. Bunda, uning qurilishi vaqtida birorta ham daraxt chopib tashlanmagan.
Maydoncha hududida suvli fontanlarni topish mumkin, kechqurun esa yorqin svetodiodli yoritgichlar yoqiladi va bu parkni suvli shouga aylantiradi.
Сообщения из Facebook