Qiziqarli ma’lumotlar: Top 25 Kruiz laynerlari
Qiziqarli ma’lumotlar: Top 25 Kruiz laynerlari
Agar siz eng shinam laynerlardan birida sayohat qilish niyatida bo’lsangiz, siz uchun bunday kemalarning umumjahon reytingi mavjud.
Dunyodagi eng zo’r kruiz laynerlar top 25 taligini havola etamiz. Uning ichiga ulkan laynerlar, o’rtacha kemalar, kichik kemalar va daryo kemalari kiradi.

Radiance

Radiance
Bu sinf laynerlari 2001 yildan buyon kruizlarni amalga oshirmoqda. Kemalar o’z bortlarida 2 500 gacha odamni sig’dirishi mumkin. Radiance sinfining farqli tomoni bu shishaning ko’pligidir. Shisha yuzalarning umumiy hajmi 12 000 km2: ulkan ikki qavatli restoranlar, balkonlar, basseynlar, liftlar va boshqalar. Shuningdek bu sinfning so’zsiz farqli tomoni bu sport inshootlari ochiq havoda joylashganligidir: - golf o’yini simulyatori; - 9 tuynukchalik alohida kichik maydon (fransuz barokko bog’I shaklida barpo etilgan); - basketbol maydoni; - yugurish yo’lakchasi; - 61 metrli toqqa devor.

Voyager

Voyager
Voyager sinfining 5 ta layneri ochiq dengizdagi attraksionlar jamlanmasiga aylandi. Barcha kemalar Finlyandiyada qurilgan. Ularning bortida birinchi marta skalodromli muzli saroyni taqdim etishdi. Yo’lovchilar sig’imi 3100 tani tashkil qiladi. Voyager sinfining uklan kemalarida tinchgina burchakni toppish va atrofdagi landshaft go’zalligi bilan to’yib bahra olish mumkin. Noyob ko’ngilochishlarga yana tropik baliqli baseynlar ham kiradi.

Vision

Vision
Vision sinfi oltita kemani o’z ichiga oladi, va ular ichida odatda ochiq palubadagi kinoteatr, skalodrom, uchtadan basseyn va ko’pgina boshqa attraksionlar bor.

Norwegian Cruise Line laynerlari

Norwegian Cruise Line laynerlari
Norwegian Cruise Line – o’z kruiz laynerlari flotiga ega bo’lgan kompaniya. Kompaniya-operator yo’lovchilar tashish sohasiga 1966 yilda kirib keldi. Hozirda Norwegian Cruise Line dunyodagi 8% kruizlarni nazorat qiladi.

Norwegian Sky layneri

Norwegian Sky layneri
Ushbu ulkan inshoot bortida har bir mehmon albatta o’zi uchun mashg’ulot topadi. Norwegian Sky layneri quruvchilari bolalar ko’ngil ochishlari uchun ham anchagina harakat qilishdi, shuning uchun ham u oilaviy kruizlar uchun mo’ljallangan. Bu yerda siz cheklanmagan bayram ishtirokchisiga aylanasiz. Qurilish yili: 1999. Restavratsiya yili: 2008. Suv sig’imi: 77 000 tonna. Uzunligi: 260 m. Kayutalar soni: 1001. Yo’lovchilar soni: 2450. Palubalar soni: 12. Ekipaj soni: 950. Liftlar soni: 12.

Norwegian Sun layneri

Norwegian Sun layneri
Norwegian Sun layneri bortida hatto o’z kazinosi mavjud. Qurilish yili: 2001. Suv sig’imi: 78 000 tonna. Uzunligi: 260 m. Palubalar soni: 12. Kayutalar soni: 1001. Yo’lovchilar soni: 2400. Ekipaj soni: 980. Liftlar soni: 12.

Norwegian Star layneri

 Norwegian Star layneri
Bortda barcha turdagi odatiy ko’ngilochar mashg’ulotlar mavjud. Qurilish yili: 2001. Suv sig’imi: 91 000 tonna. Uzunligi: 294 m. Palubalar soni: 12. Kayutalar soni: 1122. Yo’lovchilar soni: 2846. Ekipaj soni: 1100. Liftlar soni: 12.

Norwegian Dawn layneri

Norwegian Dawn layneri
Bu bortning farqli tomonlaridan biri bu Brodvey teatridir. Shuningdek, Le Bistro restoranidagi san’at asarlari kolleksiyasi, u yerda Van Gog, Renuar, Mone va Matissa ning asl rasmlari bor. Qurilish yili: 2002. Suv sig’imi: 1 700 tonna. Uzunligi: 294 m. Palubalar soni: 11. Tezligi: 25 tugun (46,3 km2). Yo’lovchilar soni: 2200. Ekipaj soni: 1318. Liftlar soni: 12.

Norwegian Spirit layneri

Norwegian Spirit layneri
Shinam layner bortida kazino, o’yin avtomatlari zali, sigara klubi, ikki qavatli noyob teatr, butikli savdo galerayasi, diskoteka va tungi klub, katta kutubxona mavjud. Qurilish yili: 2004. Suv sig’imi: 75300 tonna. Uzunligi: 268 m. Palubalar soni: 10. Yo’lovchilar soni: 2475. Ekipaj soni: 1300. Kayutalar soni: 983. Liftlar soni: 9.

Norwegian Jewel layneri

Norwegian Jewel layneri
Bu yerda siz 2 ta ochiq basseyn, Stardust Theater nomli konsert zali (sig’imi 1037 ta joy), 13 ta bar va klublar, hamda boshqa ko’ngilocharliklar bor. Qurilish yili: 2005. Suv sig’imi: 93000 tonna. Uzunligi: 294 m. Palubalar soni: 12. Yo’lovchilar soni: 2846. Ekipaj soni: 1000. Kayutalar soni: 1188. Liftlar soni: 12.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook