Atirgullar to'g'risida 10 ta qiziqarli ma'lumot
Atirgullar to'g'risida 10 ta qiziqarli ma'lumot
Atirgul - bu sayyoradagi eng chiroyli gullardan biridir. Sovg'a qilingan atirgul guldastasiga qarab, tabassum qilmaydigan ayol bo’lmasa kerak. Gullar malikasi haqidagi faktlarimiz orqali u haqda yanada to'liqroq ma'lumotga ega bo'lamiz!

1.    Atirgul - AQSh, Eron va Angliyaning milliy guli sanaladi.

2.Tabiiy atirgul moyi dunyodagi eng qimmat moylardan biridir. U oltin va platindan ko’ra ko'proq qadrlanadi. Bir kilogramm atirgul moyini olish uchun sizga uch tonna gul barglari kerak bo'ladi.

3. Sevishganlar kuni dunyoda eng ko'p atirgul sotiladigan kundir. Bu kunda - 3 millionga yaqin atirgullar harid qilinadi.

4. Atirgul hididan muntazam nafas oladigan odam samimiy va xotirjam bo'ladi. Gullarni xushbo'y tutatqi tutuni kayfiyatni ko'tarish uchun yoqiladi.

5. Shekspir o'z asarlarida atirgullarni 50 martadan ko'proq takidlagan. Gulning g'ayrioddiy navlaridan biri uning sharafiga nomlangan.

6. Dunyodagi eng kichik atirgul ("S" navi) - guruch donasining o'lchamidek keladi.

7. Dunyodagi eng qadimgi atirgul Germaniyada Xildesxaym soborida o'sadi. Atirgul tupi binoning tomiga yetib boradi. Bu atirgulga taxminan 1000 yil bo’lgan. Urush paytida zarar ko’rgan, ammo ildizdan o'sib chiqib saqlanib qolgan.

8. Yovvoyi atirgul mevalari - limonga qaraganda ko'proq S vitamini o'z ichiga oladi. Ularning sharbati sog'liqni saqlash uchun samarali vositadir.

9. Rossiyada ajoyib gulni 16-asrda ko'rishgan. Bog'larni atirgul butalari bilan bezashni Pyotr I va Ketrin II boshlagan.

10. Yaponiyada "Hameleon" atirgullarining turli xil turlari mavjud. Ertalab, bu atirgulning barglari yorqin qizil, kechqurun esa - oq rangga kiradi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook