Qiziqarli sayohatlar: Yo’lboshchilar uyatsiz bizdan yashirib kelayotgan 17 ta tengi yo’q maskanlar
Qiziqarli sayohatlar: Yo’lboshchilar uyatsiz bizdan yashirib kelayotgan 17 ta tengi yo’q maskanlar
Biz o’z sayyoramiz haqida barcha ma’lumotlarga egadek tuyuladi ba’zida. Biroq, hatto eng taniqli turistik joylarda chindan ham hayratlanarli burchaklarni – tabiat tomonidan yaratilganini ham, inson qo’li orqali yaratilganini ham ko’rish mumkin.
Biz siz uchun, siz balkim hali eshitmagan 17 ta tengi yo’q joylarni havola etmoqchimiz. Va yana bir juda qiziq bonus sizni maqola oxirida kutmoqda.

8. Sen-Mishel d’Egil ibodatxonasi, Fransiya

8. Sen-Mishel d’Egil ibodatxonasi, Fransiya
Fransiya janubidagi kichik Le-Pyui-an-Vele dagan shaharchasida, 90 metrli qoyaning ustida 962 yilda qurilgan ibodatxona mavjud. Shu yilgacha qoyada majusiy dolmen va qadimiy rimlik qo’riqxona joylashgan edi, va umuman olganda barcha hikoyalarga ko’ra, bu maskanni ilohiy joy deb hisoblaganlar. Ibodatxona nafaqat o’zining joylashuvi, balki, tarixda hech qachon restavratsiya qilinmagan freskalari, mozaika, yozuvlari bilan taniqli.

Biey ko’k hovuzi, Yaponiya

Biey ko’k hovuzi, Yaponiya
Xokkaydo prefekturasidagi ko’k rang hovuz eroziya jarayonlari tizimi nazorati va yaqindagi tumanlarni toshqinlardan asraydigan tizimning bir qismi sifatidagi dambaning qurilganidan so’ng barpo qilindi. Noyob yorqin-firuza rangli suv minerallarning tabiiy faoliyati natijasida hosil bo’lgan va balkim, havo sharoitlari hamda unga qaysi burchakdan qarashlarigan qarab o’zgara oladi. Suv ichidan chiqib turgan daraxtlar esa manzaraga yanada sirlilikni qo’shadi. Uzoq vaqt davomida bu tabiat maskani yopiq edi va atigi bir necha yillar oldin odamlar uchun unga yaqinlashish ruxsat etilgan.

6. Ilohlar bog'izi, mis Reinga, Yangi Zelandiya

6. Ilohlar bog'izi, mis Reinga, Yangi Zelandiya
Reinga misi – bu Yangi Zelandiyadagi Aupouri yarimorolining shimoliy oxiri. Qirg’oqdan uzoqda bo’lmagan joyda xavfli to’lqinlar uradi, tog’da har 26 soniyada hamma atrofni yoritib turuvchi mayoq turibdi. Misdan sharq tomonga qarab ketganda, ochiq-pushti rangli yakka plyaj joylashgan. Mahalliy aborigenlar ishonishganki, inson qalbi u dunyoga o’tish uchun oxirgi sakrashni aynan shu plyajga kelib qilishgan. Shuning uchun bu joy ilohiy sanaladi va tashrif buyuruvchilarga bu yerda yeyish man etiladi. Misga yetib kelish juda qiyin, chunki yo’l qisman qattiq qumlar oralab o’tgan, shu sababli tashkillashtirilgan turist guruhlari bilan u yerga boorish afzalroq.

5. Tin Mal maqbarasi, Marokko

5. Tin Mal maqbarasi, Marokko
Tin Mal maqbarasi 1156 yilda Almoxaxadlar sulolasi asoschisi nomiga atab qurilgan va Marokkodagi musulmon bo’lmagan shaxslar uchun ochiq bo’lgan ikkita maqbaradan biridir. U ajoyib arxitekturasi bilan ajralib turadi, va 1995 yildan maqbara YUNESKO Umumjahon merosi obyektlari ro’yxatiga kiradi. Maqbara Marokeshdan atigi 100 km uzoqdagi tog’li qishloqda joylashgan bo’lsada, kamdan kam turist bunday chiroyli joy borligidan xabari bor.

4. Meroe, Sudan

4. Meroe, Sudan
Meroe - bu zamonaviy Sudan hududida joylashgan qadimiy shahar, va u m.a. VIII asrda barpo etilgan Kush nubiya saroyining poytaxti hisoblanadi. Bu yerda nufuzli shaxslar ko’milgan ko’pgina piramidalarni, shohlarni taxtga ato etish saroyi devorlarining qoldiqlari, va cho’milish xonalari, ibodatxonalarga nazar solish mumkin. Afsuski, m.a. III asrga kelib shahar vayronaga aylandi va undan hozirda faqatgina qoldiqlar qolgan, xolos. Butun majmua YUNESKOning Umumjahon merosi ro’yxatiga kirgizilgan, ammo ko’pgina odamlar faqatgina Qadimgi Misr yodgorliklarini ko’rish uchun kelib, bu joy haqida bilishmaydi.

3. Las-Pozas, Xilitla, Meksika

3. Las-Pozas, Xilitla, Meksika
Las-Pozas – XX asrning 60-70 yillarida haykaltarosh Edvard Djeyms yaratishni boshlagan, tashlandiq shaharning syurrealistik haykallari va fantastik landshaftlari bilan bezatilgan haqiqiy Jannat bog’idir. Bu sun’iy binolar, qalin o’t-o’lanlar, tropik gullar, sharsharalar va kichik hovuzdan iborat noyob kokteyldir. U yerda siz aniq chiziqlar, oddiy shakllar yoki tugallangan konstruksiyalarni uchratmaysiz va bu yerdagi hamma narsa sizni qoyil qoldiradi va orzularga berilishga undaydi.

2. Giola Lagunasi va Marmar plyaji, Tasos, Gretsiya

2. Giola Lagunasi va Marmar plyaji, Tasos, Gretsiya
Gretsiyaning Tasos orolida, dengizdan toshloq bordyur bilan ajratilgan holda Afrodita ko’z Yoshi tomchisi deb nomlangan, toza suvdan iborat, tomchi shaklidagi tabiiy hovuz joylashgan. Afsonaga ko’ra, uni Zevs go’zallik mabudasi cho’milishi uchun yaratgan. Ko’rpa singari basseyn toshloq parda kabi sal yashirilgan, va uning ustidan suvga sakrash mumkin. Ammo ehtiyot bo’lish kerak – chuqurligi atigi 3 metr. Hudud bilan tanish bo’lmagan turist uchun Giola lagunasini topish katta muammo tug’diradi, ammo tong otishida ochiladigan manzara – uni qidirishga arziydi! Shu Tasos orolining o’zida toza ko’o suvli va oqo marmar qumli noyob Marmar plyaji bor. Birikma juda mukammal! Ammo bu yerga eltadigan yo’l juda muammoli, va plyajlar ham juda yovvoyi, shu sababli ancha yegulik va toqatga ega bo’lish lozim, ammo sayohat bunga arziydi!

1. Ellidaey, Islandiya

1. Ellidaey, Islandiya
Ellidaey – Islandiyaning janubiy qirg’ogidagi Vestman orollarining biri. Bu yolg’iz qolish va qo’shnilar shovqinini eshitmaslik uchun yaxshi joy, chunki bu yerda 1953 yilda qurilgan yagona bir uy qad ko’targan, xolos. Orolning doimiy yashovchilari yo’q, ammo turistlar bu yerda baliq oviga va uychadagi hammomdan foydalanish uchun kelishadi.

Bonus: Haqiqiy Atlantida

Bonus: Haqiqiy Atlantida
Mana 2 ming yillik bo’ldiki, 9 ming yil oldin suv ostiga sho’ng’ib ketgan afsonaviy Atlantidani qidirish ishlari davom etmoqda. Olimlar uni qidirish uchun 50 tagacha nuqtani aytib o’tishgan. Shu sababli bu afsonaviy shahar-mamlakatning aniq joylashuvi haqida birorta yo’lboshchida uchratmaysiz. Ammo u haqida shundoq eshitishimiz bilanoq, sizga xabar beramiz!

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook