Qizqiqarli ma’lumot: Krishtianu Ronalduning yillar davomida o’zgargan tashqi ko’rinishi
Qizqiqarli ma’lumot: Krishtianu Ronalduning yillar davomida o’zgargan tashqi ko’rinishi
Krishtianu Ronaldu dush Santush Aveyru – portugaliyalik futbolchi, Ispaniyaning “Real Madrid” va Portugaliya terma jamoasi tarkibida o’zynaydigan mashhur futbolchi. Ushbu maqolada bu futbolchining tashqi ko’rinishi yillar davomida qanday o’zgarganligi haqida ma’lumotlar keltirilgan.

2003: Krishtiano “Sporting” da

2003: Krishtiano “Sporting” da
17 - yoshli Krishtiano Ronaldo Lissabondan Manchesterga kelganida hatto jamadoni ham yo’q edi. U o’yin o’ynab “Sporting” mavsumi tugagach, uyga qaytaman deb o’ylagan edi. Kutilmaganda ser Aleks Ferguson “sen shu yerda qolasan” dedi. Krishtiano o’zi bilan kiyim olib kelmagan edi, u shartnomani imzolayotganida egnida qora rangli Versachi sviteri bo’lgan. “MY” o’yinchilari yangi o’yinchining kiyimidan karaxt bo’lib qoldilar va bu sviterni Krishtianuga Manchesterdagi faoliyati tugaguncha eslatib turdilar.

2003: Ronaldo “Yunayted” dagi debyudli sezoni

2003: Ronaldo “Yunayted” dagi debyudli sezoni
Ronalduning soch turmagini ham hech kim yoqtiqmagan. Pol Skoulz va Rio Ferdinand uning yorqin rangli sochlarini olib tashlash kerakligini aytishgan. Ronaldo bunga qarshilik qilgan va ikki haftadan keyin nihoyat rozi bo’lgan.

2004

2004
Ronalduning tashqi ko’rinishi “Yunayted” jamoasining kiyim almashtirish xonasida kulgu uchun asosiy mavzuga aylandi. Kvinton Forchun u davrni eslab shunday deydi: “u har doim yopishib turadigan kiyimlar, tor jinsilar kiyardi. Balki, Portugaliyada bu moda bo’lgandir”.

2004: Ronaldu Yevroda

2004: Ronaldu Yevroda
Ronaldo biografiyasida “Yunayted” kiyimlar bilan ta’minlovchi menedjeri Ien Bakingem birinchi martta Ronalduni ko’rganida “bu yigit o’zini juda yaxshi ko’rar ekan”,-deb o’ylagan. Shuningdek uning aytishicha, sovuq matchlar paytida Ronaldu birinchi bo’lib qo’lqop kiyib o’ynardi, bundan oldin hech kim bunday qilmagan edi – o’sha paytlarda Angliyada futbol madaniyati juda talabchan edi. Ko’p o’tmay boshqa o’yinchilar ham shunday qila boshladilar.

2005

2005
“Yunayted” da hamma uning ustidan hazil qilar edi. Ronaldo bo’lsa har doim bizga: “Siz, inglizlarda uslub degan narsa yo’q”, deb javob qaytarar edi,- deb eslaydi Rio Ferdinand.

2007

2007
Gari Nevill ham Ronalduni ustidan kulishni yaxshi ko’rardi, lekin bugungi kunda Angliya televidenyasining bosh eksperti Krishtiano to’g’ri yo’l tutganligini ta’kidlamoqda. “U juda zo’r yigit – deydi Nevill. – Ba’zilar u o’ziga katta baho beryapti deb o’ylashadi. Ha, u ko’p vaqtini ko’zgu qarshisida o’tkazadi. U o’zining Dolce & Gabbana futbolkasida chiroyli ko’rinishini bilishi u uchun juda muhim edi. Agar u futbolchi bo’lmaganida u model bo’lgan bo’lardi”.

2008: Ronaldo ESPY premyasida

2008: Ronaldo ESPY premyasida
Ha Nevill nima bo’libdi – Britaniya futbolining eng jiddiy odami Roy Kin ham keyinchalik Krishtianuning ko’zgu oldida ko’p qolib ketishi uni hayron qoldirmanligini aytgan: “U kelishgan yigit edi va buni bilardi”. Men boshqa yigitlarni ko’zgu oldida ko’rganimda edi boshqacha o’ylagan bo’lardim: “sen ahmoq” degan bo’lardim. Lekin Ronalduni ko’zgu o’yinchalik havotirga sololmasdi. Men har doim uning muhabbati – futbol bo’lgan deb bilganman.

2009: Ronaldoni “Real” dagi namoyishi

2009: Ronaldoni “Real” dagi namoyishi
Ronaldo “Real” ga o’tganida hech kim uning ustidan kulmagan. Yeji Dudek aytishicha, endi Ronalduning o’zi yarashmagan oyoq kiyim, tor shim kiyganlarni ko’rganida hazil qiladigan bo’ldi.

2010

2010
Gari Nevill nima uchun Krishtianu ko’p vaqtini tashqi ko’rinishiga ketkazganini tushuntirmoqda. “ Ha u mashg’ulotlarga juda bashang kiyinib kelardi, - Manchester paytlarini eslayapti Nevill. – Lekin men endi tushunyapman: bu yuqori standart namunasi edi. Men yoshlik paytimda, “MY” o’smirlar jamoasining murabbiyi Erik Xarrison shunday der edi: biz “Manchester Yunaytedni” namoyish qilamiz, biz har doim yaxshi ko’rinishimiz kerak – soch, soqol olingan, boshlari toza bo’lishi kerak. Men hech qachon bezovta bo’lmaganman, Krishtiano bo’lsa har doim ajoyib ko’rinishda edi. U hatto mashg’ulot paytida ham eng toza butsi, yaxshi forma, yaxshi soch turmagi, eng yaxshi kiyimlari bo’lishini xohlar edi.

2010: Krishtiano va Sheyk

2010: Krishtiano va Sheyk
Biograf Giyom Balage va Piter Kollet Ronaldoni tashqi ko’rinishi va xulqini muhokama qilishdi va shunday xulosa yasashdi.

2011

2011
Kolletning aytishicha, Ronalduning o’zini tutishida u hammaning diqqatini o’ziga tortmoqchiligini ko’rgan va bu bilan u hammadan zo’rligini ko’rsatib qo’ymoqchi ekanligini ta’kidlagan.

2012

2012
2012 yilda Portugaliya terma jamoasi tarkibida Gollandiya futbol jamoasiga qarshi bo’lib o’tgan matchda Ronaldu tanaffus paytida soch turmagini o’zgartirishga ulgurgan. To’g’ri, bu uning shaxsiy ishi, unga hech kimning da’vosi yo’q. O’shanda Portugaliya g’alaba qozonib, pley-offga o’tgan edi. Kolletning aytishicha, Ronalduning hamisha soch turmagini o’zgartirib yurishi uning maydondagi jamoaviy o’yinlarda o’z shaxsiyatini namoyon qila olmaganligini bildiradi. Shuning uchun u buni boshqa yo’l bilan amalga oshirmoqchi bo’ladi.

2014

2014
Ronalduni hammadan ham yaxshi bilgan Manchestrdagi murabbiyi Mark Kleggning aytishicha, Ronalduga ko’zgular o’zini koz-ko’z qilishi uchun emas, balki o’zini tanqid qilish uchun kerak. U ko’zguga qarar ekan, “Bu yerimga xusnbuzar chiqibdi” yoki “Ozgina semiribman, demak parhezimda nimadir yeb qo’yibman-da” deb xulosa qiladi.

2015

2015
Krishtianu futboldagi faoliyatini tugatganidan keyin nima bilan shug’ullanishini aniq aytmagan. Ehtimol u o’zining CR7 brendi kiyimlarini ishlab chiqarish bilan shug’ullanar.

2016

2016

2017

2017

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook