Reklamada taomlarga ishtaha ochuvchi ko’rinishni beradigan 15 ta mohirona ayyorlik
Reklamada tabiiylik kam, har qanday narsa bo’rttirilib ko’rsatiladi, super ideal modellardan tortib yeguliklargacha. Buning uchun esa mutahassislar ancha ter to’kadilar.

Quyida biz sizlarga reklama mutahassislarining mohirliklari tufayli ko’zimizni quvnatib, ishtahamizni ochib yuboradigan darajada ko’rinadigan mahsulotlar haqida ma’lumotlar berib o’tamiz.

Mevalarga yaltiratuvchi dezodorantlar bilan ishlov beriladi

Mevalarga yaltiratuvchi dezodorantlar bilan ishlov beriladi

Reklamada mevalar yaltirab ko’rinishi lozim. Buning uchun maxsus vositalar kerak emas. Sprey dezodorant ham to’g’ri kelaveradi. Bunday dezodorant qulupnay, olma, uzum va boshqa ko’plab mevalarga yaltiroqlik bahsh etadi. Ba’zi meva reklamasining stilistlari esa soch uchun mo’ljallangan laklardan ham foydalanadilar.

Oladyalarga qiyom o’rniga motor yog’i quyiladi

Oladyalarga qiyom o’rniga motor yog’i quyiladi

Haqiqatni bilsangiz, ko’nglingiz behuzur bo’lishi turgan gap, biroq ko’rinishi ishonarli. Haqiqiy qiyom oladyilarga singib ketadi, shuning uchun suratkashlar har bir kadrni suratga olishga ulgurishi uchun motor yog’idan foydalanadilar. Mohirlikning yana bir yo’li bor: oladyilarga suv shimib olishga qarshi oyoq-kiyim spreyi bilan ishlov beradilar. Ana shunda hech qanday qiyom singib ketmaydi.

Burgerlardagi kotletlar oyoq-kiyim moyi bilan bo’yaladi

Burgerlardagi kotletlar oyoq-kiyim moyi bilan bo’yaladi

Burger kotletlari reklamada xom bo’ladi, ularni ikki tomondan hiyol qovurib oladilar, xolos. Shunday qilinsa, ular namlikni yo’qotmaydilar hamda katta yog’liqqina bo’lib korinadilar. Yanayam ishonchliroq ko’rinishi uchun esa oyoq-kiyim moyi bilan ozroq rang beriladi, gril izi tushishi uchun esa qizdirilgan shampur bostiriladi. To’g’ri bunday taom yeyishga also yaramaydi, biroq reklama ishonarli chiqishi uchun shunday ayyorliklardan foydalaniladi.

Dengiz mahsulotlari ustidan glitserin quyiladi

Dengiz mahsulotlari ustidan glitserin quyiladi

Dengiz mahsulotlari tezda qurib qoladilar. Ularga uzoq vaqt yangi va shirador ko’rinishlari uchun glitserin va suv aralashmasi bilan ishlov beriladi.

Xitoy lag’moniga glukoza qiyomi qo’shiladi

Xitoy lag’moniga glukoza qiyomi qo’shiladi

Xitoy lag’moni tez tayyor bo’lgani bilan tezda qurib, ko’rinishini yo’qotadi. Bunga yo’l qo’ymaslik uchun uning ustidan desert tayyorlashda ishlatiladigan glukoza qiyomi quyiladi.

Tortlat orasiga karton qo’yiladi

Tortlat orasiga karton qo’yiladi

Tortlar hajmni yo’qotmasliklari va kremdan ho’lo bo’lib qolmasliklari uchun ularning orasiga karton bo’laklari qo’yib chiqiladi va tish tozalagich bilan biriktirilib qo’yiladi. Bu usul sendvich va burgerlar reklamasida ham qo’llaniladi.

Ichimliklar reklamasida ko’pik hosil bo’lishi uchun suyuq sovundan foydalaniladi

Ichimliklar reklamasida ko’pik hosil bo’lishi uchun suyuq sovundan foydalaniladi

Sut, qahva, pivo kabi ichimliklarni suratga olishda ularga suyuq sovun yoki idish yuvish vositasi qo’shiladi. Bunda uzoq turuvchi ko’pik hosil bo’lib, tabiiy ko’rinadi va ichimliklarni yoqimli qilib ko’rsatadi.

Muzqaymoqning o’rniga kartoshka pyuresidan fodalaniladi

Muzqaymoqning o’rniga kartoshka pyuresidan fodalaniladi

Studiyadagi yorituvchi uskunalar sababli haqiqiy muzqaymoq tezda erib, ko’rinishini yo’qotadi. Shuning uchun uni kartoshka pyuresi yoki kraxmal, qand upasi, jo’xori qiyomidan tayyorlangan pastalar bilan almashtiradilar. Bu narsani yeb bo’lmaydi, biroq ko’rinishi ishtahani ochadi.

Ko’pirtirilgan qaymoq o’rniga – soqol olish kremi

Ko’pirtirilgan qaymoq o’rniga – soqol olish kremi

Soqol olish kremi ko’pirtirilgan kremdan ko’ra erimaydi va uzoq vaqt puchqaymay turadi. Bu suratkashning ishini ancha yengillashtiradi. Faqatgina biror kimsa bu “desert” ni yeb qo’ymasligidan ogoh bo’lib tursa bas.

Plastikdan qilingan muz bo’lakchalari

Plastikdan qilingan muz bo’lakchalari

Muzqaymoq kabi muz bo’lakchalari ham yorituv uskunalari ta’sirida erib ketishi mumkin. Bunday holatda muzdak ichimliklar reklamasi uchun muzlatilgan plastik bo’lakchalar asqotadi.

Yorma bo’lakchalari reklamasida sutning o’rniga yelim ishlatiladi

Yorma bo’lakchalari reklamasida sutning o’rniga yelim ishlatiladi

Haqiqiy sutda yorma bo’lakchalari ho’l bo’lib, idish tubiga cho’kadilar. Agar sutni PVA yelimi bilan almashtirsa, yorma bo’lakchalari ularni suratga olguncha boshlang’ich ko’rinishini yo’qotmaydi va cho’kmay, yuzada qoladi.

Gazli ichimliklarga antatsid vositalar qo’shiladi

Gazli ichimliklarga antatsid vositalar qo’shiladi

Limonadlardagi karbonad angidrid gazi tezda ketib qoladi. Biroq suvga jig’ildon qaynashiga qarshi ishlatiladigan antatsid vositasi qo’shilsa, kimyoviy reaktsiya sodir bo’lib, suratga olish uchun kerak bo’lgan ko’piklar yana hosil bo’ladi. 

Gril tovuqlarining ichi qogoz sochiqlar bilan to’ldiriladi

Gril tovuqlarining ichi qogoz sochiqlar bilan to’ldiriladi

Reklamadagi tovuqlar aslida grilda tayyorlanmaydi. Ular ham huddi kotletlar kabi hiyol qovurilib olinadi hamda bo’yaladi. Ko’zni o’ynatadigan hajmga ega bo’lish uchun esa ichini qog’ozli sochiq bilan to’ldiradilar.

Qayla tayyorlash uchun mum ishlatiladi

Qayla tayyorlash uchun mum ishlatiladi

Qayla qanchalik quyuq bo’lsa, suratkash uchun shuncha yaxshi. Shuning uchun qaylaga eritilgan mum qo’shiladi. Bu kerakli konsistentsiyani beradi. 

Sun’iy bug’dan foydalaniladi

Sun’iy bug’dan foydalaniladi

Reklamada ko’rsatiladigan bug’i chiqib turgan taom aslida issiq emas. Bir qancha mohir ayyorliklarni qo’llab, shunday ko’rinishga erishish mumkin:

*bug’lantiruvchi moslamani taom atrofida aylantirib o’tiladi;

*paxtadan dumaloqchalarini ho’llab, mikroto’lqinli pechda yaxshilab isitiladi, so’ngra ular taom orqasiga qo’yiladi. Isitilgan paxtadan bir necha minut bug’ chiqib turadi. Bu vaqt ichida esa suratkash o’z ishini bitirib oladi.

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations