Rouen Atkinson (yoki mister Bin?) haqida 15 ta fakt
Rouen Atkinson (yoki mister Bin?) haqida 15 ta fakt
Kim qiziqchi mister Binni bilmaydi? Lekin hamma ham Rouen Atkinson bilan tanish emas, ammo u hayotda umuman boshqa insondir. Bolaligida u uyatchang va yakka bo’lgan, ammo bu xislati unga dunyodagi eng sevimli qiziqchilardan biri bo’lishiga aslo halaqit bermadi. E’tiboringizga balkim, sizning u haqidagi tasavvuringizni o’zgartiradigan, mister Atkinson (mister Bin emas) haqida faktlarni taqdim etamiz.
11. 2001 yilning mart oyida Atkinson, uning xotini va bolalari Ukundadan Nayrobi (Keniya) ga uchib chiqishdi, va o’sha payt Cessna 202 samolyot uchuvchisi hushidan ketdi. Atkinson samolyotni boshqarish haqida umuman tushunchaga ega bo’lmasada, uni o’z nazoratiga oldi. U uchuvchi o’ziga kelishiga qadar, samolyotni havoda ushlab turdi, va uchuvchi aeroportga xavfsiz qo’ndi.
12. 2005 yilda Atkinson irqli va diniy nafrat haqidagi qonunga qarshi tuzilgan, Stiven Fray va Yan Makyuen ishtirok etgan taniqli aktyorlar va yozuvchilar ro’yxatiga bosh bo’ldi. Ushbu tortishuvli qonunchilik loyihasiga qarshi turishdan tashqari, u shuningdek, gomoseksuallar so’zi ozodligini qo’llab quvvatladi.
13. 1997 yilda Rouen Atkinson McLaren F1 ni 540 ming funtga xarid qildi. 2011 yildagi avariyadan keyin u 910 ming funt sug’urta pulini talab qildi, va keyin mashinasini 8 mln funt evaziga sotuvga qo’ydi. Avtodilerlarning gapiga qaraganda, avtomashina bir britaniyalik xaridorga sotildi, ammo uning narxi e’lon qilinmagan.
14. 2013 yilda, qirolichaning tug’ilgan kuniga atab, Atkinson san’at va xayriyaga qo’shgan hissasi uchun Komandor titulini olib, Britaniya imperiyasining uchinchi darajasi nishoni - CBE bilan taqdirlandi.
15. O’zining aktyorlik karyerasi mobaynida Atkinson 85 mln funt sterling (taxminan 130 mln dollar) ishlab topdi, va bu Atkinsonda uzun ro’yxatli filmlar bo’lmaganligini inobatga olgan holda, uning qanchalik omadli aktyor ekanligini isbotlaydi. Mister Bin va agent Djonni Inglish uning eng baland baholangan ishlaridan birlari hisoblanadi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook