Tozalash ishlari chog’ida foydasidan ko’ra zarari ko’p tegadigan 12 ta halqona maslahat
Tozalash ishlari chog’ida foydasidan ko’ra zarari ko’p tegadigan 12 ta halqona maslahat

Shubhasizki, har bir beka uyni yig’ishtirish bo’yicha buvilarimizdan o’rgangan maslahatlariga amal qiladi. Ularning aksariyati hamon o’z kuchiga ega, ammo vaqt ularga o’z tuzatishlarini kiritib bo’lgan va bu borada nafaqat yig’ishtirishga bo’lgan yondoshish, balki tozalash vositalari ham yangilanib boraveradi.
Bu maqolada biz uy yig’ishtirish borasida foydadan ko’ra ko’proq zarar keltiradigan 12 usulni yig’ib sizlarga taqdim etmoqchimiz.

1. Gilamlarni qorda tozalash

1. Gilamlarni qorda tozalash
Avvalgi zamonlardan buyon, qorli ob-havoda odamlar gilamlarni uydan tashqariga olib chiqib, unga qor to’kib, rosa ishqalab, keyin qor qoldiqlarini supurgi bilan supurib tashlar edilar. Bu tarzdagi gilam tozalash jarayoni o’ziga xos oilaviy an’anaga aylanib qolgan edi. Biroq, shuni ta’kidlash kerakki, bunday usul bilan gilamni to’laligicha tozalab tashlab, a’lo darajadagi pokizalikka erishib bo’lmaydi.
Buning ustiga, gilam tukchalari orasida qolib ketgan qor xonadonning ichida erib gilamga yanada kuchliroq singib ketadi. Shuning uchun ham, qor yog’ishini kutishning o’rniga sodani ishlating. Uni gilamning ustiga sochib tashlab, tahminan 15-20 daqiqaga qoldiring, keyin esa supurgi bilan supurib tashlang, yoki chang yutgich yordamida gilamdan sodani tozalab oling.

2. Antistatikning o’rniga lak ishlatilishi

2. Antistatikning o’rniga lak ishlatilishi
Nimagadir ko’pchilikda soch uchun mo’ljallangan lak o’zida pardalar va boshqa uy matolaridagi statik elektr quvvatini yo’qotish qobiliyatini saqlaydi, degan fikr o’rnashib qolgan. Biroq, bu juda ham katta yanglishilmovchilik. Soch uchun mo’ljallangan lak sizning pardalaringizni yopishqoq va mo’rt qilib qo’yadi.
Hamma gap shundaki, lakning tarkibi matolar uchun umuman to’g’ri kelmaydi. Undan ko’ra, yaxshisi arzonroq statik sotib oling. U siz uchun ortiqcha tashvish tug’diradigan statik elektr quvvati bilan bo’lgan muammodan xalos qiladi va tekstil matolaringizga ham zarracha zarar yetkazmaydi.

3. Doimo melamin gubkasidan foydalanish

3. Doimo melamin gubkasidan foydalanish
Ko’pchilik bekajonlar uchun melamin gubkasi allaqachon xaqiqiy qutqaruvchi najot vositasiga aylanib qolgani hech kimga sir emas, albatta.U o’chirgich kabi xatto eskirib unutilib keta boshlangan ifloslanishlarni ham bartaraf qilib, tozalikka erishtira oladi. Uning yana bir fazilati shundaki, u hech bir yuvish vositalarisiz tozalash xususiyatiga ega. Biroq, bu sehrli anjomning katta bir kamchiligi bor.
Gap shundaki, melamin, toksik modda va bexosdan organizmga kirib qolgan taqdirda jiddiy zaharlanishga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, ishlatilish jarayonida gubka shiddat bilan burdalanadi, paraxa polga tushadi, u yerdan esa tasodifan bolalarning yoki uy hayvonlarining og’iz bo’shlig’iga kirib qolishi mumkin.
Shuning uchun ham idish-tovoqlarni melamin gubkasi bilan yuvmang, agar boshqa ilojisi bo’lmagan taqdirda, albatta o’z atrofingizdagi paraxani yig’ishtirib tashlashni unutmang.

4. Hamisha xlorka, ya’ni xlorli ohakning ishlatilishi

4. Hamisha xlorka, ya’ni xlorli ohakning ishlatilishi
Avvallari xlorli ohakni suv bilan aralashtirib nimani bo’lsa ham yuvish uchun ishlatilaverilar edi. Bu dezinfektsiya qilish uchun eng yaxshi vosita, ammo u bilan juda ham ehtiyot bo’lish kerak. Shuni ta’kidlash kerakki, hamma materiallarni ham xlorka bilan yuvish mumkin emas. Bunday yig’ishtirishdan keyin mebel va pol o’z rangini o’zgartirib yuborishi mumkin.
Shu bilan birga, o’z salomatligingizga ham etiborsiz bo’lmang – xlorning yuqori kontsentratsiyasi shilliq pardaning kuyishiga, nafas olishning qiyinlashuviga va boshqa o’ta jddiy ko’ngilsizliklarga olib kelishi mumkin.

5. Surunkasiga hamma narsani sirka bilan tozalash

5. Surunkasiga hamma narsani sirka bilan tozalash
Maishiy kimyoga qarshi chiquvchilar sirka yordamida istalgan narsani yuvib tashlasa bo’ladi, deb doimo ishontiradilar. Bu fikrda qisman xaqiqat bor, sirka haqiqatdan ham bakteriyalardan xalos qila oladi, sardak va qasmoq qatlamini yo’qotishga yordam bera oladi. Biroq hech qanday holatda ham bu vositani yog’och yuzalarni va charm bumlarni yuvish uchun ishlata ko’rmang. Aks holda bu materiallar o’z rangini o’zgartirishi yoki umuman yo’qotishi ham mumkin.

6. Gazetalar bilan oyna yuvish

6. Gazetalar bilan oyna yuvish
Bizning buvijonlarimiz oyna yuvish uchun gazetalarni ishlatishlarining sababi shundaki, ularning o’rniga boshqa narsaning o’zi yo’q edi. Nima ham derdik, xaqiqatdan ham qog’oz oynada iz qoldirmaydi va ifloslangan choylarni tozalashni bemalol uddalaydi. Biroq, qog’oz oynali yuzalarda ko’zga ko’rinmas kichiklikdagi qirilgan joylarni qoldiradi, qog’ozdagi tipografiya bo’yog’i esa, ho’llanganidan keiyn zaharli bo’lib qoladi.
Shuning uchun ham, yaxshisi o’zingizni ham, oynalaringizni ham ehtiyotkorlik bilan saqlagan holda oyna yuvish uchun toza latta yoki maxsus skrebok, ya’ni oynayuvgichdan foydalana qoling.

7. Yog’ochli yuzalarni tozalash uchun choydan foydalanish

7. Yog’ochli yuzalarni tozalash uchun choydan foydalanish
Qora choy mebel polirovkasi uchun juda samarali vosita, degan fikr bor. Aytishadiki, agar mebelning ifloslangan joyi nam choy paketchasi bilan artilsa, ifloslanishlar yo’qolib ketar, mitti tirnalishlar silliqlanib ketar va shu joylarda yarqirash vujudga kelar emish. Aslini olganda, choy paketchasidan foydalanilganda uning oddiy latta bilan artilgandan farqi bo’lmaydi, choydagi bo’yoqlar esa, doimiy ravishda ishlatilganda yog’och yuzasining tusini o’zgartirib yuborishi mumkin.

8. Mebelni zaytun yog’i yoki limon sharbati bilan polirovka qilish

8. Mebelni zaytun yog’i yoki limon sharbati bilan polirovka qilish
Limon sharbati va zaytun yog’ining aralashmasi oshxona stolining ustki yuzasini qasmoq va changdan tozalashga yordam beradi, deyishadi. Ammo, aslida bu vosita hech qanday yordam bermaydi. Aksincha, yog’dan qolgan,yo’qotilishi o’ta qiyin kechadigan dog’li iz o’ziga changni va boshqa iflosliklarni torta boshlaydi.

9. Tovalarni tuz bilan tozalash

9. Tovalarni tuz bilan tozalash
Cho’yan va shisha idishlarni xaqiqatdan ham shunday usulda yuvib tozalash mumkin. Biroq, bu usulni hech qanday holda kuyindiga qarshi qoplamaga ega bo’lgan yangi idishga nisbatan ishlatmang. Eng kichik va ko’zga ko’rinmaydigan qirilgan darz katryulka yoki tovangizni ishlatish uchun yaroqsiz holga olib kelishi mumkin.
Teflon qoplamali idishni faqatgina gubkaning yumshoq tomoni bilan suyuq yuvuvchi vositalarni ishlatgan holda yuvish mumkin.

10. Changni pipidastr yordamida supurish

10. Changni pipidastr yordamida supurish
Ko’p chet ellik seriallard hashamatli uylarning xizmatkorlari ishlatadigan mana bu ko’rkamgina popuk supurgi pipidastr deb atalishini ko’pchilik bilmaydi ham. Bu asbobning ishlash tartibi juda oddiy – pipidastrning sintetik tolalari elektrlanadi va o’ziga chang zarralarini toрtib oladi.Ammo, bu juda kam vaqt ishlaydi, chunki tukchalar o’z qobiliyatini juda tez yo’qotadi va changni yig’ishtirishning o’rniga, aksincha, uni battar tarqatib yuboradi.

11. Mebelni nam salfetkalar bilan tozalash

11. Mebelni nam salfetkalar bilan tozalash
Namlangan salfetkalar maxsus shimdirilgan moddasi tufayli a’lo darajada ko’p ifloslanishlarga qarshi kurashishning uddasidan chiqadi. Ammo uni yumshoq mebelni tozalash uchun ishlatishga arzimaydi, chunki maxsus shimdirilgan modda dog’lar qoldirish xususiyatiga ega. Keyin esa bu dog’larni yo’qotilishi juda ham qiyin bo’ladi.

12. Charm uchun sirkaning ishlatilishi

Sirka va zaytun yog’ining aralashmasi charmli mebelni yumshatish va yangilash xususiyatiga ega, degan fikr yuradi. Bu juda katta yanglishilmovchilik. Sirka chaрmni qurishi va tamomila ko’rkamligini yo’qotishiga olib kelishi mumkin.
Xullas, uy-joyni ham, ofislarni ham yig’ishtirish paytida agar odamlar orasida yurgan “foydali maslahat”lardan foydalanishdan avval bir o’ylab ko’ring. Chunki, aqlli odamlar birovlarning xatolarini qaytarmaslik uchun ularning tajribalarini o’rganadilar va ahmoqlargina o’z bilganidan qolmay, birovning xatosini qaytaraverishadi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook