Uydagi suvaraklardan samarali halos bo’lish yo’llari
Uydagi suvaraklardan samarali halos bo’lish yo’llari
Tunda qorningiz ochqab, oshxonaga chiqdingiz-u, kutilmagan mehmonar tashrifidan tabingiz hira bo’ldi. Suvaraklar! Boz ustiga suvaraklar tatib ko’rgan yeguliklarni tashlab yuborishdan o’zga chora ham yo’q! Shunday ekan quyidagi maslaxatlarimizning bari ushbu zararkunandalarni daf qilish borasida bo’ladi.

Xonadoningizda suvaraklar paydo bo’lganini quyidagi belgilar orqali bilib olishingiz mumkin:

-shkaf burchaklari, idish tovoqlarda mayda qora nuqtachalarga ko’zingiz tushsa, bilingki, bu suvarakning ishi. Hasharot ahlati shunday ko’rinishga ega;

-javon yoki ahlat saqlanadigan joydan spesifik hid keladi;

-burchak- burchaklarda suvarak qoldirgan tuhumlarga ko’zingiz tushishi mumkin. Ular mayda ko’rinishda, yuzasi shaffof plyonka bilan o’ralgan bo’ladi;

-ko’p qavatli uylar hamda hovlilarda ko’pincha kattaligi 3 smgacha bo’lgan qora tusli yoxud 1,3 sm li jigarrang, ola-bula suvaraklar uchraydi.

Nega aynan sizning uyingizni makoniga aylantirib olishgan:

-non urvog’i, ovqat qoldiqlariga e’tiborsizsiz. Suvaraklar esa mazali yeguliklarni hush ko’rishadi, to’yib tanovul qilishni ham. Kimdir siylab tursa rad etisharmidi;

-suvaraklar suv bor joyga oshiqishadi. Stol yuzasi, rakovina atrofi ho’l bo’lsa yoki kichik ko’lmakchalar to’planib qolsa, bu hasharot uchun yashil chiroqdir;

-qo’shnilaringiz ozodalikka e’tiborli emaslar. Ularni deb har qancha uninmang, suvaraklardan qutila olmaysiz. Yo murosa qilib insofga chaqiring qo’shnijonlarni yoki jamiki kichik tuynuklarni berkitib tashlang.

Suvaraklar paydo bo’layotgani tasdiqlandi, har birini tutib jazoga mahkum qilganingiz bilan tag-tugi bilan qirib tashlolmaysiz. Demak, ko’makchi usullarga murojat qilish lozim.

Borat kislotasi suvaraklarning ashaddiy dushmani. Xasharotning hazm qilish tizimiga tushgan kislota ichki a’zolarini ishdan chiqaradi. Borot kislotasining kukun ko’rinishidagisini dorixonalardan topish mumkin:

-kukunni suvaraklar ko’p uchraydigan joylarga sepib chiqing. Xona burchaklari, kichik tuynuklar esdan chiqmasin.

-bitta qaynatilgan kartoshka pyuresi, tuxum sarig’i, ozroq shakar va unni aralashtirib, borot kislotasini qo’shing. Aralashmadan kichik sharchalar yasangda, hasharotlar in qurgan manzili yoki taxminiy joylarga pistirma qo’ying. Suvaraklar sharchalarni tatib ko’rishlari shart emas, teginib ketishining o’ziyoq kislota zaxri tanasi bo’ylab tarqalishi uchun yetarlidir.

Navshatir spirti. Eritmning keskin hidi suvaraklarni qo’rqitadi. Uy tozalayotganda navshatir spirtini idishga quyib, ozroq suv bilan aralashtiring. So’ng shkaf yuzasi va burchaklarini ana shu suyuqlik bilan artib oling.

Chuqurroq shisha banka ichiga non yoki pecheniye uvoqlarini soling. Idishning ichki tomoni atroflariga esa vazelin surting. Xasharot banka ichiga tushadi, vazelin esa harakatlanishiga qo’ymaydi. Suvarak qopqondan chiqa olmaydi.

Kimyoviy usullar ham bor!

Xo’jalik mollari sotiladigan do’konlarni aylansangiz, suvaraklarga qarshi sprey, yoritgich va qopqonlarni topasiz. Tayyor mahsulotdan foydalanish qulay va ishonchli, ammo bundan avval, albatta, yorlig’idagi ko’rsatma bilan tanishib chiqing. Kichik yoshdagi bolalar salomatligiga ta’siri haqidagi bo’limni ham ko’zdan qochirmang. Sprey sepilganidan keyin xona burchaklarini tozalab olish kerak.

Ehtiyot choralari:

-        Uyda chiqindi to’la chelaklarni qoldirmang. Har kuni ertalab ishga ketayotganda chiqindi haltasini olib chiqib keting. Chelak saqlanadigan joyni esa kunora tozalab turing;

-        Vannaxona, rakovina yonverini quruq saqlang. Oila a’zolaringiz cho’milgandan keyin ham bir sidra artib oling.Suvaraklar suvsiz qolsa, xonadoningizga yaqinlashmaydi.

-        Devor burchaklaridagi yoriqlarni berkiting. Istasangiz qurilish hom ashyosidan foydalaning yoki taxtachalar yordamida teshikchalarni bartaraf eting;

-        Uy tozalayotganda gilam va paloslarni ko’tarib tagini artishga odatlaning;

-        Kechqurun uyquga yotishdan oldin, dasturxonda non uvoqlari qolmasligiga, yeguliklar usti yopiq holatda saqlanishiga diqqat qiling;

-        Har kuni honani shamollating. Bu nafaqat suvaraklarni qo’rqitish uchun kerak, balki oila a’zolarining salomatligi uchun ham muhimdir.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook