XX asrning eng jozibali ayollari, ularning yoshlik chog’lari hamda kareralarining so'nggi pallalari
Modaga hamohang bo’lgan , hayot uslubini yaratgan, afsona va jumboqqa aylangan go’zallar taqdiri

1.Elizabet Teylor

Ko’k ko’zli ingliz ayoli Elizabet Teylor 1932 yil 27-fevralda Londonda tug’ilgan. Bolalik chog’laridanoq Elizabet o’zing yoqimtoy ko’rinishi bilan boshqalardan ajralib turgan. O’zining filmdagi birinchi rolini u o’n yoshida qo’lga kiritgan. 1960 yilda u o’zining “Batterfild” filmi uchun Oskar mukofotini qo’lga kiritadi. Ammo u bundan oldin “Oskar”ga 3 marotaba nomzod bo’lgan. Uning eng so’nggi “Old America Nags” filmi unchalik ham omadli chiqmadi. Ushbu filmdan so’ng Liza nafaqaga chiqdi.  2011 yilda 79 yoshida Elizabet Teylor yurak yetishmovchiligidan vafot etdi. U Forest-Laun qabristoniga  Walt Disney va Maykl Jeksonning  yoniga dafn qilindi.  

2.Odri Xepbern

Ingliz bankiri va Gollandiya baronessasining qizi Odri Xepbern 1929 yil 4 mayda Belgiyada tug’ilgan. Maftunkor qiyofa va ulkan iste’dod Odrini XX asrning eng mashxur jozibali ayoliga aylantirdi.  "Gamin" o'lmas uslubining asoschisi aktyorlik faoliyatidan tashqari xayriya ishlari bilan ham faol shug'ullanadi, u UNISEFning elchisi bo'lib, dunyoning eng qizg'in joylarida xayriya ishlarida qatnashgan. 1992 yilda shifokorlar unga saraton tashxisini qo'yishdi. Odri  Xepbern 1993 yilda, 64 yoshida vafot etdi. Ammo uning beqiyos uslubi  kelajakdagi ayollarni hali ancha vaqtgacha ilhomlantiradi. 

3. Sofi Loren

Sofiya Villani Shikolone 1934 yil 20 sentyabrda Rimda tug'ilgan. Tabiatan  go'zalligi  va tasavvur qilib bo'lmaydigan aktyorlik darajasi unga deyarli karerasining boshidanoq shon-sharaf keltirdi. 1960 yilda faqatgina "Chochara" (La ciociara) filmi uchun Sofi  “Kann”  va "Oskar" mukofotiga sazovor bo'ldi. Yigirmadan ortiq lentalarda o’ynashga muvaffaq bo’lgan. 2014 – yilda Damiani zargarlik kompaniyasi  “Sofi Loren” taqinchoqlar kolleksiyasini chiqardi. Sofi o’z nomidagi to’plamni yuziga aylandi. Hozirda Loren suratga tushmaydi lekin kinofestivallarda qatnashib turadi. Loren xonim paparatsiya kameralariga tushmaslikka harakat qilgan. 

4. Merlin Monro

Eng fojiali va sirli taqdirga ega bo'lgan aktrisaning haqiqiy ismi - Norma Jan Baker Mortenson. Merlin 1926 yilda tug'ilgan va 1962 yilda vafot etgan. Yigirmanchi asrning eng katta va ajoyib sirlaridan biri bo'lgan Monro fojiali, ammo tasavvur qilib bo'lmaydigan darajada yorqin hayot kechirdi. Gollivudning eng hayratda qoldiradigan go'zallik timsoli 1962 yil 5-avgust kuni o'lik holda topilgan. Bu hodisa  umuman olganda o'z joniga qasd qilish emas, balki puxta rejalashtirilgan qotillik degan taxminlar  ham mavjud.

5.Viven Li

Yigirmanchi asrning yana bir go’zal yuzi bo’lan sohibjamolning haqiqiy ismi - Viven Meri Xartli va u 1913 yilda Hindistonda tug'ilgan. Yigirmanchi asrning uslub belgisi va taniqli aktrisasi, Scarlett 0'Hara rolini 1939 yilda "Shamollarda qolgan hislarim" filmida ijro etgan. Li nafaqat magnit ko'rinishga ega, balki o'ziga xos kiyinish  uslubiga ham ega edi. Biroq, u eri bilan ajrashganidan so’ng jiddiy ruhiy muammoga duch keldi. U deyarli 25 yil davomida sil kasalligi bilan kasallanib yotdi va 1967 yilda vafot etdi. 

6. Greys Kelli

Yumshoqtabiatli, jozibali va hayratlanarli Greys Kelli go’zal nafosat va mukammal odobga ega edi. "O'g'rini ushlang" filmidan so'ng, 1956 yilda Monako shaxzodasi Kellini payqadi va ular turmush qurishdi. U Malika bo'lganidan filmlarda suratga tushishi cheklandi . U yorqin hayot kechirdi.  1982 yil 14 sentyabrda  esa kutilmaganda avtohalokat natijasida vafot etgan.

7.Brijit Bardo

Bardoning ijodi 50 ga yaqin filmlardan iborat bo’lib, ularning deyarli har biri kinoklassikasi durdonasiga aylangan. Brijitning o’ziga hos qiyofasi o'tashin nigohi uning tashrif qog’oziga aylandi. O’z vaqtida minglab oshiqlarni qalbini yoqqan nigohi 82 yoshida ham porlashini yo’qotmadi.  1973 yilda Bardo katta kino olamini tark etadi va hayvonlar huquqlari uchun faol kurashishni boshlagan. 

8. Jina Lollobrigida

Jina Lollobrigida 1927 yil 4-iyulda kam ta'minlangan ko’p farzandli oilada tug'ilgan. Jinaga omad qiyinchilik  bilan kelgan, bunga esa u faqat mehnatsevarligi va tabiiyatan go'zalligi bilan erishgan. Uning qomati ko'p yillar davomida eng mukammal deb hisoblangan. 80-yillarda u hatto o'zining go’zal qomatini sug’urta qildirgan. 

9. Klaudiya Kardinale

"Rokko va uning akalari", "Bube kelin", "Leopard", "Pushti pantera", "Qayg'u akti" va boshqa ko'plab filmlar abadiy jahon kinosining klassikasiga aylangan Klaudiya Kardinale ishtirok etmagan taqdirda bunday muvaffaqiyatga erisha olmas edi. Italiya go’zali 1939 yilda Tunisda tug'ilgan. 1957 yilda "Italiya go'zali" unvonining egasi Kardinale "Chiroyli Antonio" filmidan keyin taniqli bo'ldi. 70-yillarga kelib, u shu qadar mashhur bo'lib ketdiki, u dunyodagi eng chiroyli italyan unvonini oldi va Evropaning eng mashhur go’zallik timsollaridan  biriga aylandi. 

10.Xedi Lamar

Hedy hayoti davomida afsonaga aylandi. Yosh Lamarga shon-sharaf shov-shuvli "Ekstasy" filmidan keyin keldi, u yerda nafaqat aktyorlik qobiliyatini, balki ajoyib tabiyat ato etgan qobiliyatini   ham namoyish etdi. 19 yoshida Xedining ota-onasi uni badavlat  Frits Mandlaga turmushga berishdi.  Biroq, Lamar jasur qiz edi , shuning uchun xizmatkorining uyqu dorisi ta’sirga kirishi bilan  erining qasridan qochib ketgan. Shunday so’ng u Gollivudda porladi.  Xedi 85 yoshida vafot etdi, ammo uning zakovati va ulkan iste'dodi xotirasi abadiy yashaydi.

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations