Тop-20 Insoniyat hayotidagi eng qimmatbaho rasmlar
Тop-20 Insoniyat hayotidagi eng qimmatbaho rasmlar
Vaqt o’tishiga qaramasdan bahosi dolzarb bo’lib turadiga buyuk rasm necha pul turishi mumkin? Bunday rasm uchun odamlar aynan necha pul to’lashlari mumkin?

Ushbu maqolada qachonki yozilgan bo’lmasin, 20 ta eng qimmat rasm taqdim etilgan, va uning bahosi kelishilgan narxda emas, xaridorlar u uchun auksionlarda va shaxsiy sotuvlarda taklif qilgan narxda belgilangan.

20. "Bayroq" ("Flag"), Djasper Djons (Jasper Johns)

20. "Bayroq" ("Flag"), Djasper Djons (Jasper Johns)

Djonsning eng mashhur asari uning amerika bayrog’i haqidagi orzusi bilan ilhomlangan bo’lib, 2010 yilda 110 million AQSH dollariga sotildi, va bu narx hozirgi kunda inflyatsiyani hisobga olgan holda 120,8 million AQSH dollarini tashkil qiladi. Djasper Djons bu rasmni 24 yoshida chizgan.

19. "Osmonrang yostiqda yotgan yalong’och" ("Reclining Nude with Blue Cushion"), Аmedeo Мodilyani (Amedeo Modigliani)

19. "Osmonrang yostiqda yotgan yalong’och" ("Reclining Nude with Blue Cushion"), Аmedeo Мodilyani (Amedeo Modigliani)

Ushbu asarni rassom 1917 yilda yozgan, 2012 yildaStiven Koen (Steven A.Cohen) tomonidan Dmitriy Rybolovlevga 118 million dollarga sotilgan, inflyatsiyani hisobga olganda uning hozirgi narxi 123million dollar.

18. "Qichqiriq" ("The Scream"), Edvard Munk (Edvard Munch)

18. "Qichqiriq" ("The Scream"), Edvard Munk (Edvard Munch)

Insoniyat tarixidagi eng mashhur asarlardan biri1895 yilda yozilgan. 2012 yilda u norvegiyalik milliarder Petter Olsen (PeterOlsen) tomonidan amerikalik tadbirkor Leon Blek (Leon Black) ga 119,9 milliondollarga sotildi, ammo inflyatsiyani hisobga olganda u hozir 125,1 milliondollarni tashkil qiladi. Munkning bir nechta “Qichqiriq” lari mavjud, va burasm pastel bo’yoqlari bilan chizilgan edi.

17. "Olam qutqaruvchisi" (Salvator Mundi), balki, Leonardo da Vinchi (Leonardo da Vinci)

17. "Olam qutqaruvchisi" (Salvator Mundi), balki, Leonardo da Vinchi (Leonardo da Vinci)

Asarida Iso Masihni Olam qutqaruvchisi sifatida chizish uchun rasm muallifligi huquqi Leonardo da Vinchiga tenglashtiriladi. Asar 1490 va 1519yillar oralig’ida yozilgan.

2013 yilda u milliarder Dmitriy Rybolovlevga 127,5 million dollarga sotilgan,va inflyatsiyadan so’ng u 131,1 million dollarni tashkil etadi.

16. "Trubkali yigit" ("Garcon a la Pipe"), Pablo Pikasso (Pablo Picasso)

16. "Trubkali yigit" ("Garcon a la Pipe"), Pablo Pikasso (Pablo Picasso)

Pikasso 1905 yilda, uning “pushti” davrida yozgan ushbu rasmi parijlik yigitchani namoyish etadi. U 2004 yilda Barilla group tashkilotiga 104,2 million dollarga sotilgan, va inflyatsiya inobatga olganholda hozir uning narxi 134,2 million dollar.

15. "Mulen de la Galettdagi bal" ("Bal du moulin de la Galette"), Pyer Ogust Renuar (Pierre-Auguste Renoir)

15. "Mulen de la Galettdagi bal" ("Bal du moulin de la Galette"), Pyer Ogust Renuar (Pierre-Auguste Renoir)

Balki, fransuz impressionistining eng mashhur shohasari bo’la turib, bu asar 1990 yilda 78,1 million dollarga sotilgan, vahozirda inflyatsiyani inobatga olgan holda uning narxi 143,2 million dollarni tashkil qiladi.

14. "Lyusyen Freyd portretiga uch yondashuv" ("Three Studies of Lucian Freud"), Frensis Bekon (Francis Bacon)

14. "Lyusyen Freyd portretiga uch yondashuv" ("Three Studies of Lucian Freud"), Frensis Bekon (Francis Bacon)

San’at, bu holatda tarixiy asar yaratilishigacha olib kelgan tasviriy san’at bu. Bekonning 1969 yildagi asari 2013 yilda StivVinning sobiq xotiniga 142,4 million dollarga sotilgan, va inflyatsiyani inobatga olgan holda bugungi narxi 146,4 million dollar.

13. "Shifokor Gashe Portreti" ("Portrait of Dr. Gachet"), Vinsent van Gog (Vincent van Gogh)

13. "Shifokor Gashe Portreti" ("Portrait of Dr. Gachet"), Vinsent van Gog (Vincent van Gogh)

Van Gog hayotining oxirgi bir necha oylarida unga g’amxo’rlik qilgan shifokor tasvirlangan ushbu rasm, bir asr so’ngra – 1990 yilda yapon sanoatchisi Ryoei Saito (Ryoei Saito) ga 82,5 million dollarga sotilgan, va bu hozirda inflyatsiya hisobida 151,2 million dollarni tashkil qiladi.

12. "Tush" ("Le Rêve"), Pablo Pikasso (Pablo Picasso)

12. "Tush" ("Le Rêve"), Pablo Pikasso (Pablo Picasso)

Pikassoning 1932 yilda yozilgan ushbu asarida uning sevgilisi Uolter tasvirlangan. Rasm 2013 yilda Stiven Vin tomonidan Stiven A.Koenga 155 million dollarga sotilgan, lekin inflyatsiyani hisobga olganda u 159million dollarni tashkil qiladi.

11. "Adel Blox-Bauer I portreti" ("Portrait of Adele Bloch-Bauer I"), Gustav Klimt (Gustav Klimt)

11. "Adel Blox-Bauer I portreti" ("Portrait of Adele Bloch-Bauer I"), Gustav Klimt (Gustav Klimt)

Ushbu portret 1907 yilda yozilgan bo'lib,2006 yilda Mariya Altmann (Maria Altmann) tomonidan Ronald Lauder (RonaldLauder) ga 135 million dollarga, u tashkil qilgan Yangi ko'rgazma (Nyu-York)uchun sotildi. Inflyatsiyani hisobga olgan holda hozirgi kunda uning narxi160,4 million dollar.

10. "Ayol III" ("Woman III"), Villem de Kunning (Willem de Kooning)

10. "Ayol III" ("Woman III"), Villem de Kunning (Willem de Kooning)

Rassomning 1950-yilning boshlarida ayolga bag’ishlab yozgan oltita asarlaridan biri, 2006 yilda AQSH lik kollektor Devid Geffen (David Geffen)tomonidan Stiven Koen (Steven A. Cohen) ga 137 million dollarga sotilgan. Inflyatsiyani inobatga olgan holda hozirda u 163,4 million dollar turadi.

9. № 5 (No.5), 1948 y., Djekson Pollok (Jackson Pollock)

9. № 5 (No.5), 1948 y., Djekson Pollok (Jackson Pollock)

Britaniyalik “Stoun-Rouziz” (Stone Roses)rok-guruhi musiqalaridan birida Pollokning ushbu asari haqida eslatma bor. Uning shoh asari 1948 yilda Devid Geffen (David Geffen) tomonidan Meksikalik kollektor Devid Martinez (David Martinez) ga 140 million dollarga sotilgan, vabu narx hozirda inflyatsiyani inobatga olgan holda 166,3 million dollarni tashkil qiladi.

8. "Yotar yolong'och" ("Nu Couche"), Amedeo Мodilyani (Amedeo Modigliani)

8. "Yotar yolong'och" ("Nu Couche"), Amedeo Мodilyani (Amedeo Modigliani)

Modilyani yolong’och holda tasvirlangan ayollar rasmini chizishni yaxshi ko’rar edi. Bu 1947-48 yillarda yaratilgan asar xitoylik biznesmen va san’at asarlari kollektori Lyu Ytsyanyu (Liu Yigian) ga 2015 yilda 170,4 million AQSH dollariga sotildi, bu hozirgi inflyatsiyani inobatga olgan holda 172,2 million dollarni tashkil qiladi.

7. "Aljirlik ayollar" (О versiyasi) ("Les Femmes d’Alger", Version O), Pablo Pikassо (Pablo Picasso)

 7. "Aljirlik ayollar" (О versiyasi) ("Les Femmes d’Alger", Version O), Pablo Pikassо (Pablo Picasso)

15 versiyadan iborat asarning yakuniysi, Qatarning sobiq bosh vaziri Xamadben Djasim ben Djaber Al Tani (Hamad bin Jassim bin Jaber Al Thani) ga 2005yilda 179,4 million dollarga sotilgan, hozirda inflyatsiyani inobatga olgan holda 181,2 million dollarni tashkil qiladi.

6. Marten Solmans va Opyen Koppit jufligining portretlari (Pendant Portraits of Maerten Soolmans and Oopjen Coppit), Rembrandt (Rembrandt)

6. Marten Solmans va Opyen Koppit jufligining portretlari (Pendant Portraits of Maerten Soolmans and Oopjen Coppit), Rembrandt (Rembrandt)

Rembrandt qo’li bilan yozilgan portret juftligi Rotshild oilasi tomonidan 180 million dollarga sotilgan. Asarni Luvr va Amsterdamdagi Reyksmyuzem (Rijksmuseum) tomonidan qo’shma xarid qilingan. Inflyatsiyani inobatga olgan holda uning narxi 182 million dollarni tashkil qiladi.

5. № 6 (Binafsha, yashil va qizil) (No. 6 (Violet, Green and Red)), Mark Rotko (Mark Rothko)

5. № 6 (Binafsha, yashil va qizil) (No. 6 (Violet, Green and Red)), Mark Rotko (Mark Rothko)

Mark Rotko qo’li bilan 1951 yilda yozilgan bu asar, 2014 yilda Sheriz Mueks (Cherise Moueix) tomonidan Dmitriy Rybolovlevga 186 million AQSH dollariga sotildi, u bu narx hozirgi kunda 188 million dollarni tashkil qiladi.

4. "17А Raqami" (Number 17A), Djekson Pollok (Jackson Pollock)

4. "17А Raqami" (Number 17A), Djekson Pollok (Jackson Pollock)

Pollokning eng qimmat asari 1948 yilda yozilgan. UDevid Geffen fondi tomonidan milliarder Kennet K.Griffin (Kenneth C.Griffin) ga 200 million AQSH dollariga sotilgan. Inflyatsiyani inobatga olgan holda bu narx hozirda 202 million dollarni tashkil qiladi.

3. "Karta o'yinchilari" ("The Card Players"), Pol Sezan (Paul Cezanne)

3. "Karta o'yinchilari" ("The Card Players"), Pol Sezan (Paul Cezanne)

Sezanning besh qatorli rasmlarining bir qismi bo'lib, 1892-1893 yillardayozilgan bu asarning bir necha variantlari bor. Ulardan biri 2011 yilda Qataramiri oilasiga 259 million dollarga sotildi, va hozirda bu narx inflyatsiya inobati bilan 276 million dollarni tashkil qiladi.

2. "To’ying qachon?" ("When Will You Marry?"), Pol Gogen (Paul Gauguin)

2. "To’ying qachon?" ("When Will You Marry?"), Pol Gogen (Paul Gauguin)

Asar 1892 yilda, Pol Gogen birinchi marta Taitiga kelganidan bir yil so’ngra yozilgan. U 2015 yilda Rudolf Shtexlin (Rudolf Staechelin) oilasi tomonidan Qatar (“Qatar muzeyi”) ga 300 million AQSH dollariga sotilgan, inflyatsiya inobati bilan bu narx hozir 303 million dollarni tashkil qiladi.

1. "Almashinish" ("Interchange"), Villem de Kunning (Willem de Kooning)

1. "Almashinish" ("Interchange"), Villem de Kunning (Willem de Kooning)

Bu asar niderland rassomi tomonidan 1955 yilda yozilgan bo’lib, uning sotilgan asarlari ichida eng qimmati hisoblanadi. U 2015 yilda Devid Geffenfondi tomonidan amerikalik milliarder Kennet K.Griffinga 300 million AQSHdollaridan ortiq narxga sotilgan, va hozirda inflyatsiya inobati bilan bu narx 304 million dollarni (yoki ko’proq) tashkil qiladi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook