Xorijda umuman boshqacha nomlanadigan mashhur brendlar
Xorijda umuman boshqacha nomlanadigan mashhur brendlar
Siz xorijiy mamlakatlarga sayohat qilganingizda do’kon rastalarida siz ko'nikkan tovarlarga shubxali tarzda o’xshash, boshqa nomli brendlarni uchratgan bo’lsangiz kerak. Nimaga bunday qilinadi degan savol tug’ilganmi? Bu o’sha mamlakatda bu nomli brend allaqachon mavjudligi, va shu sababli o’z tovarini qayta nomlashiga to’g’ri kelib qolishi bilan bog'liq. Biz sizga odatiy tovar markalari xorijiy rastalarda “yashirinib” turganini bilishni taklif qilamiz.

Burger King

Burger King gazakxonalaritarmog'i tarixi 1954 yilda AQSHda boshlangan. Birinchi restoran ochilganidan keyin Burger King gazakxonalari butun dunyo bo’ylab tarqala boshladi. Navbat Avstraliyaga yetganda, kompaniya rahbariyati u yerda allaqachon bunday brend borligini aniqladi. Shu uchun aynan avstraliyaliklar uchun brend nomini Hungry Jack’s ga almashtirishga to’g’ri keldi.

Axe

Unilever kompaniyasining Axe nomli brendi Fransiyada paydo bo’ldi, lekin ko’pgina mamlakatlarda bu nom boshqa tovarlar ostida band edi. Ingliz tilidan bu so’z o’zi “bolta” deb tarjima qilinadi. Xo’sh kim o’zining qo’ltiq ostini bolta bilan sepishni xohlardi? Shu sababli, parfyumeriyani Irlandiya, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Yangi Zelandiya va Xitoyda sotish uchun brendni Lynx ga qayta nomlashdi, va bu so’z lotin tilidan “silovsin” deb tarjima qilinadi. 

Danone

Ispan farmasevti Isaak Karasso Danone brendiga asos soldi, va u bu nomni oilada Danon deb chaqiruluvchi  o’g’li Danielga atab qo’ydi. Lekin AQSHda xuddi o’sha yogurtlar Dannon deb ataladi, va bu xato emas: gap shundaki, eng birinchi atamani amerikaliklar ikki so’zga bo’lib, “dan” va “one” (“denuan”) deb atashardi. Aynan shu uchun kompaniya rahbariyati amerika bozori uchun, xaridorlarga uni atash qulay bo’lishi uchun brendni qayta nomlashga qarorqilishdi.

Rexona

Rexona brendi xuddi Axe kabiUnilever korporatsiyasiga tegishli. Ishlab chiqaruvchi uni har xil mamlakatlarda uni turlicha atashga qaror qildi. Shuning uchun Britaniyaliklar uni Sure deb, amerikaliklar – Degree deb, yaponiyaliklar – Rexena deb, Afrikaliklar – Shield deb atashadi.

Mr. Proper

Mr. Clean brendi Rossiyada Mr.Proper nomi ostida mashhur bo’lib, - u atamalar soni bo’yicha haqiqiy rekordsmendir. Deyarli har bir yirik bozorda uning o’z nomi bor. Boshqa atamalari – Mr. Clean (AQSh, Kanada), Meister Proper (Germaniya), Mosieur Propre (Fransiya), Maestro Limpio (Meksika va Lotin Amerika mamlakatlari), Mastro Lindo (Italiya). Buyuk Britaniya va Irlandiyada bu hech qanaqa misteremas, shunchaki Flash (“chaqmoq”) dir.

Blend-a-med

Procter & Gamble korporatsiyasi 1955 yildan beri Crest nomli tish pastasini ishlab chiqarish bilan shug’ullanadi. U Blend-a-med deb faqat Rossiya, Polsha, Bolgariya, Ukraina, Germaniya vaboshqa bir necha mamlakatlarda ataladi.

Dove

Dove shokoladi butun dunyo bo’ylab sotiladi, lekin britaniyaliklar, hindular va misrliklar uni Galaxy sifatida bilishadi.

Twix

Batonchikning ilk nomi –Raider, uni ishlab chiqarish 1967 yilda Buyuk Britaniyada boshlandi. 12 yildan so’ng mahsulot amerika bozorida Twix nomi ostida paydo bo’ldi, ammo haligacha ko’pgina Evropa mamlakatlari do’konlarida uni Reider nomlisini uchratish mumkin.

Lay’s

Lays chipslari Britaniya bozorida1948 yilda paydo bo’ldi. Lay’s brendi ostida chipslarni ishlab chiqaruvchi Pepsi-Co. korporatsiyasi 1989 yilda Walkersni sotib oldi. Mana shu birikish natijasida britaniya chipslari o’rami dizaynini o’zgartirdi, ammo eski nomini saqlab qoldi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook