просмотров
1.Meksikada ba’zi hasharotlar delikates hisoblanadi.Masalan, agavada (tropik o’simlik)yashovchi ushbu qurtlar Meksika milliy taomi bo’lmish tako tarkibiga qo’shilib,ajoyib ta’m beradi.
2.Ushbu taom esa tarkibini bilmagan sayyohlar uchun ishtaha ochuvchi ekzotik taom bo’lib tuyuladi. Tayyorlanish siri ochilganda esa buni yeyishga talabgorlar soni ancha kamayadi – bu taom chigirtkalardan tayyorlanadi.
3.Chigirtka go’shti 46% oqsil, 4,5 % yog’ va yana birqancha foydali moddalardan iborat, shu sababdan ham katta ozuqaviy qiymatga ega. Aynan mana shuning uchun ham ba’zi xalqlar chigirtkani yog’da qovurib, tuz sepib, taom sifatida tanovul qiladilar.
4.Hasharotli taomlar ishqibozlari uchun yana bir delikates– hasharotlar bilan bezatilgan bodomli pechenye. Bu shirinlik Osiyoda emas,Yevropada tayyorlanadi. Bunday shirinlik ishlab chiqaruvchilarining ta’kidlashlaricha,bir necha yillardan so’ng hasharotlar oqsilning asosiy manbai bo’lib qoladilar,shuning uchun ham ular o’z mahsulotlariga har xil hasharotlar – qora chigirtka,qurt-qumursqa, chuvalchang va shu kabilarni qo’shadilar.
5.Kelajakda olimlar oziq-ovqat mahsulotlarining tanqisligi bilan kurashda aynan hasharotlardan foydalanishni rejalashtirmoqdalar. Sayyoramiz aholisini bunga ma’naviy tayyor bo’lishlari uchun ba’zi kompaniyalar xozirdanoq tayyorgarlik ko’rmoqdalar: ular chuvalchang va qurtlar hamda zavarnoy krem qo’shilgan shu kabi mahsulotlarni yeyish uchun tayyorlamoqdalar.
6.Janubiy-Sharqiy Osiyodagi mashhur taomlardan biri –o’rdak yoki cho’chqaning muzlatilgan qonidan tayyorlangan pudingdir.
7. Yava oroli Djokyakarta shahridagi xitoy restoranida kobra go’shtini yeyish mumkin. Uni gamburger tarkibiga qo’shib tortadilar.
8.Xitoyning Chjetszyan viloyatining “tuntszidan” nomli o’z milliy taomi bor. Bu o’n yoshga yetmagan o’g’il bolalarning peshobida qaynatilgan tovuq tuxumidir. Bunday tuxumlar kun bo’yi qaynatiladi, orada tuxum ichiga peshob kirishi uchun po’stlog’i ozgina sindiriladi.
9.Saudiya Arabistonining shimoli-g’arbida shipixvost turuga mansub bo’lgan kaltakesak ozuqa mahsuloti sifatida tanovul qilinadi. Uni pishgan holda yoki xomligicha ham yeyishadi.
10. Afrikaning Malavi davlatida pishirilgan kalamushlarni yeyishar ekan. Ularni hattoki ko’chalarda, avtomobil yo’lining shundoqqina chekkasida sotishadi.
11.Peruda milliy ichimlik tarkibiga terisi shilib olingan qurbaqa qo’shiladi. Bu ichimlikni asosan Limadagi San-Xuan-de-Lurigancho bozoridan topish mumkin.
12.Tadqiqodchilar Klubining har yili o’tkaziladigan taom kechasiga turli xil delikateslar tayyorlanadi. Nyu-Yorkdagi Waldorf Astoriya mehmonxonasida o’tkazilgan marosimda delikates sifatida butunligicha pishirilgan alligator tortildi.
Сообщения из Facebook