Dunyodagi eng chiroyli ko’chalar
Dunyodagi eng chiroyli ko’chalar
Dunyo sarhadlari qanchalar keng bo’lmasin uning ikki burchagidan bir-biriga o’xshaydigan ko’chani aslo topa olmaysiz. Ammo ko’chalarning hammasini ham chiroyli va unutilmas deya atab bo’lmaydi. O’zining arxitekturasi va muhiti bilan dovrug’ qozongan ko’chalar esa kishi hotirasida butun umrga muhrlanib qoladi.
Shunday ko’chalardan biri Kaminto prospekti bo’lib, uning go’zalligiga shaydo bo’lmaslikning aslo imkoni yo’q. Bu yerga tashrif buyurgan mehmonlar ajoyib suratlar tushirish bilan birga ko’hna tarix bag’riga tushib qolgandek bo’ladilar. Sababi mazkur qadimiy ko’cha 19 asrda qurilgan.
Ko’chalar orasila o’ziga hos bo’lganlari ham, betakror tabiati bilan ko’nglingiz to’ridan joy oladiganlari ham, ko’p. Bonndagi gullagan sakura galereyasi aynan shular jumlasidandir. Cherri-Blumsom-avenyuga tashrif buyurgan insonlar esa bahor payti sayohat qilishga kirishsalar betakror manzaralarning guvohi bo’lishadi.

Tetsugaku no michi

 Tetsugaku no michi
Yaponiyaning Kioto shahrida joylashgan ushbu ko’chaning uzunligi 2 km ga teng va olcha daraxtlarining betakror husni hamda muattar ifori bilan xushingizni oladi. Ko’cha chetida suv kanali joylashgan bo’lib, u YUNESKO meroslari ro’yhatiga kiritilgan Ginkaku-dzi ibodatxonasi tomon olib boradi.

Shambles ko’chasi

Shambles ko’chasi
Ushbu tor ko’chaning ikki yonida XIV asrda qurilgan qadimiy imoratlar qad rostlagan. Angliyaning York shahrida hoylashgan mazkur ko’cha sizini o’z tarixiy binolari va takrorlanmas muhiti bilan rom qiladi.

Shteyner ko’chasi

Shteyner ko’chasi
Sizni ishontirib aytamizki, bu ko’chani ko’p bor ko’rgansiz. Sababi aynan shu yerda mashhur “Missis Dautfair” filmi suratga olingan. San-Frantsiskoda joylashgan mazkur ko’chada Alamo maydoni yaqinidagi ko’plab uylarni kuzatasiz va aynan shu manzara butun dunyo sayyohlarini o’ziga jalb qilib keladi. Viktorian va edvardian uslublarida qurilgan chiroyli uylar pastel tusdagi ranglarga bo’yalgan va kishida hayrat hissini uyg’otadi.

Calleja de las Flores ko’chasi

Calleja de las Flores ko’chasi
Qulay va shinam bo’lgan mazkur ko’cha Kordoba shahрining markazida joylashgan. Mazkur mitti ko’chadan ikki kishi birdaniga yurib o’tishi qiyin. Ammo uning qordek oppoq devorlari va gullar manzarasi ko’chaning ertaklardagi kabi go’zal ko’rinishiga imkon yaratadi. Mazkur ispan ko’chasi shunchalar ajoyibki, bu yerga takror va takror qaytingiz kelaveradi.

Kaminito

 Kaminito
Turli ranglar bilan bo’yalgan mazkur ko’cha Aрgentinaning La Boka tumanida joylashgan bo’lib, o’zida 19 asr tarixining bir qismini jo etgan. Yevropalik immigrantlar bu erga Italiyaning Genuya shahridan ko’chib kelishgan va kam daromad tufayli uy qurish borasida qiyinchiliklarga duch kelishgan.
Uylarning qurilishida gofre shaklidagi metall bo’laklaridan foydalanib, ularni qo’l ostidan topilgan turli rangdagi bo’yoqlar bilan qoplab chiqishgan va bir rangdagi bo’yoq tugagan paytda ikkinchi rangga o’tib boraverishgan.

Lombard-strit

Lombard-strit
San-Fransiskoda joylashgan Lombard-strit shaharning eng gavjum ko’chalaridan biri. Sayyohlar bu yerga haydovchilarning ko’cha burilishlaridan qanday o’tib olishlarini kuzatish uchun ham tashrif buyurishadi. 1922 yili qurib bitirilgan ko’cha mashinalar harakatini aylana burilishlar orqali sekinlashtirish uchun shu tarzda loyihalashtirilgan. Bu yerda soatiga 5 mil tezlikda harakatlanish uchun ruxsat beriladi.

Al-Xassan Onsar

Al-Xassan Onsar
Maroshkashning Shaven shahrida joylashgan Al-Xassan Onsar ko’chasi ko’k rangda ekanligi bilan dong taratgan. 1471 yilda qurilgan ko’cha bir vaqtlar Ispaniyalik emigrantlar tomonidan qa’la sifatida foydalanilgan. Bu yerga yillar davomida kelgan yahudiylar esa o’zlari bilan birga devorlarning ko’k rangda bo’lishi Yaratganning kuchi haqida eslatib turadi degan fikrni ham olib kelishgan. Shunday ekan, Marokashga yo’lingiz tushsa, bu ko’chani sayr qilmasdan ketmang!

Ciecos v Jerez de la Frontera ko’chasi

Ciecos v Jerez de la Frontera ko’chasi
Ispaniyaning Xeres-de-la-Frontera ko’chasi o’zining bebaho vinolari bilan mashhur. Bu yerda uzum daraxtlari bilan qoplangan devorlarni ko’rishingiz mumkin.

Qiyi Street Chongron Alley

Qiyi Street Chongron Alley
Xitoyning YUNESKO meroslari ro’yxatiga kiritilgan 1000 yillik tarixga ega Litszyan shahridagi kanalli yo’llar bilan mashhur bo’lgan ko’cha bo’ylab sayr qilar ekansiz, bir-biridan ajoyib ko’prikchalarga duch kelasiz. Ko’chadagi sokin muhit kishi ruhiyatini tinchlantiradi.

Cherry Blossom Avenue

Cherry Blossom Avenue
Cherry Blossom Avenue ko’chasida bahor faslida 2-3 hafta mobaynida gulli arka hosil bo’ladi. Bonn shahridagi ushbu ko’cha sevishganlar, sayyohlar va suratkashlarning sevimli makonlaridandir.

Bregagh Road

Bregagh Road
Shimoliy Irlandiyada joylashgan Bregagh Road Bregagh Road ko’chasi 18 asrdan buyon qayin daraxtlari yo’lagi sifatida mashhur.

Yelisey maydoni

Yelisey maydoni
Parijning Yelisey maydoni dunyodagi eng mashhur ko’cha nomiga da’vogarlik qilsa arziydi. Betakror daraxtlar, ajoyib muhit va tarixiy imoratlar sizni haqiqiy Parij bilan tanishtiradi.

Brouwersgracht ko’chasi

Brouwersgracht ko’chasi
Amsterdamning qayiqchalar bilan to’lib-toshgan kanallari hamisha sayyohlarni o’ziga jalb qilib kelgan. Brouwersgracht ko’chasi temir yo’l vokzalidan 800 metr uzoqlikda joylashgan bo’lib, Gollandiyaning eng chiroyli prospekti sanaladi.

Soyabonlar ko’chasi

Soyabonlar ko’chasi
“Umbrella Sky Project” loyihasi 2011 yilda Portugaliyadagi san’at festivali doirasida boshlangan edi. Bu yerda yoz fasli juda issiq bo’ladi va yuqorida yo’lovchilarga soya hamda salqin baxsh etadigan quyosh nurlaridan himoyalovchi soyabonlar qatlam hosil qilinadi.

Eski arbat

Eski arbat
Rossiyaning Eski arbat ko’chasi o’z tarixi bilan ko’pchilikni rom etgan. Mazkur ko’chada Tolstoy, Chexov, Pushkin, Gogol kabi adabiyot namoyondalari istiqomat qilganlar.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook