Dunyoning eng ajoyib, biroq xavfli plyajlari
Dunyoning eng ajoyib, biroq xavfli plyajlari
Ta’til vaqtida dam olish uchun dengiz bo’yiga otlanar ekanmiz, tevarak-atrof xushtabiat manzarali, mehmonxona shinam, plyaj esa cho’milish uchun qulay bo’lishini xohlaymiz. Lekin uning hayot uchun xavfli bo’lishi mumkimligini hayolimizga ham keltirmaymiz.
Shuni bilib qo’yingki, dunyoda shunday plyajlar borki, qanchalik ajoyib bo’lmasin, ularda dam olish xavfli.

Steytes plyaji, Yorkshir, Buyuk Britaniya

Steytes plyaji, Yorkshir, Buyuk Britaniya
Baliqchilar qishlog’i yonida joylashgan ushbu ajoyib va xushmanzara dam olish joyi afsuski cho’milish uchun yaroqsizdir. Bunga odamlarning o’zlari sababchi bo’lganlar. Kanalizatsiyaning oqava suvi kelib tushgani uchun bu cho’milish havzasi shunchalik ifloslanganki, xavfsizlikning minimal talablariga ham javob bermaydi.

Maxo plyaji, Sen-Marten

Maxo plyaji, Sen-Marten
Bu dam olish maskaniga asosan o’tkir hislar ixlosmandlari hamda noyob suratlarni olishga qiziqadigan sayyohlar tashrif buyuradilar. Hamma gap shundaki, plyaj aeroport yaqinida joylashganligi uchun parvozini boshlagan barcha samolyotlar dam oluvchilarning shundoqqina boshlari ustidan uchib o’tadilar.

Xerd oroli, Hind okeani

Xerd oroli, Hind okeani
Ushbu plyaj jazirama Avstraliya hududida bo’lishiga qaramay u suvi sovuq bo’lgan Hind okeanining sohilbo’yida joylashgan. Shuning uchun ham bu dam olish joyi asosan muzdek suvga sho’ng’ishdan cho’chimaydigan ekstremal serfing ishqibozlariga to’g’ri keladi.

Gansbay plyaji, JAR

Gansbay plyaji, JAR
Bu plyaj oq akulalarning eng ko’p bo’lgan suv havzasi bo’yida joylashgan, shuning uchun bu yerda faqatgina qo’rquv hissini bilmaydigan aqlsizlargina dam olishlari mumkin. Biroq mahalliy aholi shunday xavfli sharoitda ham pul ishlash yo’lini o’ylab topdilar. Ular yirtqich akulalarni tomosha qilishlari uchun turistlarga dengiz tubiga temir qafasda tushishni tavsiya qiladilar.

Nyu-Smirna plyaji, Florida shtati, AQSH

Nyu-Smirna plyaji, Florida shtati, AQSH
Bu plyaj akulalarning tez-tez hujumiga qaramay Floridadagi eng eng yaxshi plyajlardan biri hisoblanadi. 2007 yilda ushbu hududda 112 ta akulalar hujumi qayd etilgan, shulardan 17 tasi aynan mana shu plyajda sodir bo’lgan. Pyajda ikki oyoqli yirtqichlari bilan ham dong taratgan: bu yerda cho’ntakkesar va o’g’rilar juda ko’p.

Xanakapiai plyaji, Gavai, AQSH

Xanakapiai plyaji, Gavai, AQSH
Bu plyaj suvi odamlarni osongina ochiq dengizga olib ketadigan shiddatli oqimi bilan xavflidir. Buning ustiga bu ajoyib plyaj shahardan ancha uzoqda joylashgan va qutqaruv stantsiyasiga ham ega emas.

Praya-de-Viagem plyaji, Resifi, Braziliya

Praya-de-Viagem plyaji, Resifi, Braziliya
O’tgan asrning 90 yillarigacha bu plyajda akulalar umuman bo’lmagan edi. Biroq oxirgi o’n yilliklarda insoniyatning faoliyati natijasida o’zgargan ekotizim oqibatida akulalarning dam oluvchilarga hujum qilishi paydo bo’di va yildan-yilga ko’payib bormoqda.

Baxtsizlik burnidagi plyaj , Kvislend, Avstraliya

Baxtsizlik burnidagi plyaj , Kvislend, Avstraliya
Boshqa plyajlar bilan solishtirganda bu yerda timsohlar aytarli ko’p emas, biroq bu yerda hayvonot olamining boshqa xavfli namoyondali istiqomat qiladilar: zaharli o’rgimchak, ilonlar va meduzalar bu jannatmakon o’lkada oktyabrdan iyun oyiga qadar dam oluvchilarning hayotiga xavf soladilar.

Zipolite plyaji, Meksika

Zipolite plyaji, Meksika
Ushbu mo’jizaviy manzaraga ega bo’lgan joy romantikadan yiroq bo’lgan “o’liklar plyaji” degan nomni olgan. Sababi bu yerdagi ulkan to’lqinlar va xavfli oqimlar ko’pgina dam oluvchilarning hayotiga zomin bo’lgan. Ammo oxirgi yillarda bu yeda professional qutqaruvchilarning komandasi navbatchilik qiladi, shu sababli baxtsiz hodisalar soni keskin ravishqa kamaydi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook