Gavayi orollari to’g’risida qiziqarli faktlar
Gavayi orollari to’g’risida qiziqarli faktlar
Gavayi orollari aksariyat insonlar borishni orzu qilgan maskanlardan biri bo’lsa ajab emas. Biroq, agar siz hali ham Gavayi orollarini o’z dam olish maskanlaringiz ro’yxatingizga kiritmagan bo’lsangiz quyidagi ma’lumotlar aynan siz uchun juda foydali bo’ladi degan umiddamiz.
Tinch okeanining shimoliy qismida Amerika Qo’shma Shtatlarining 50-chi shtati joylashgan. Iliq tropik iqlim, okean urshovi, turli-tuman manzaralar – buning xammasi Gavayi orollarini turistlar va syorfingchilarning ko’nglini rom qiluvchi ajoyib maskanga aylantiradi.

Joylashishi

Gavayi AQSHning Shimoliy Amerika qismiga kirmaydigan bo’lmagan yagona shtatidir.

Aholisi

Gavayining aholisi bir milliondan ortiq kishini tashkil etadi. Uning aksariyatini osiyoliklar (filippinliklar, xitoylar, yaponlar, koreyslar) tashkil etadilar. Mahalliy aholi bu yerda istiqomat qiluvchilarning bor-yo’g’i 5 foizni tashkil etgan.

Transportlik ahamiyati

Bu Tinch okeanining shimoliy qismidagi eng yirik orollar majmui bo’lib, ular bilan Sjimoliy Amerika o’rtasida boshqa hech qanday orollar mavjud emas. Yaponiyagacha bo’lgan hududda esa faqat mittigina orolchalar uchrab turadi. Buning hammasi Gavayi orollarining muhim transportlik ahamiyatini belgilab bergan.

8 nafar asosiy orollar

Kauai, Oaxu, Lanai, Molokai, Niixau, Kaxoolave, Maui, Gavayi – Gavayi orollari tarkib topgan 8 nafar asosiy orollar hisoblanadi. Shuningdek, uning tarkibida ko’plab kichik orollar ham mavjud.

Mauna-Kea

Mauna-Kea tog’i shtatning eng yuqori nuqtasi bo’lib, u Gavayi orolida joylashgan. Tog’ning balandligi 4205 metrga teng keladi. Agar tog’ning balandligi okean tubida boshlab hisoblansa, uni 10200 metr deya qayd etish mumkin.

Bu yerda abadiy yoz fasli kuzatiladi

Gavayi orollarida atigi ikkita mavsum bor: quruq mavsum va yomg’irlar mavsumi. Birinchisi may oyidan oktyabr oyiga qadar davom etadi, ikkinchisi esa oktyabrdan aprelgacha cho’ziladi. Kunduzgi havoning o’rtacha harorati Selsiy shkalasi bo’yicha - 31 gradus, tungisi esa - 24 gradusga tengdir. Qish paytida kunduzgi havoning o’rtacha xarorati Selsiy bo’yicha - 28 gradusni, tungisi esa - 18 gradusni tashkil etadi.

Hayvonot olami

Orollar majmui atigi 10 million yil avval paydo bo’lgan va quruqlik bilan hech qachon birlashmagan. Shuning uchun ham orollarda faqat shamol yoki to’lqinlar olib kelgan jonzotlar yashashadi. Biroq Gavayi orollarida yo’qolib ketish xavfi ostidagi jonzotlar AQSHning boshqa shtatlariga nisbatan ko’proq miqdorda istiqomat qiladilar. Eramizning 500-chi va 800-chi yillari orasida orollarga kelgan dastlabki polineziyaliklar bugungi kunga kelib umuman yo’q bo’lib ketgan 70 ga yaqin qushlar turini aniqlashgan.

Okeandagi xavfsizlik

Bu yerdagi hududlarda ko’pincha to’fondan keyin meduzani uchratish mumkin. Bunday to’qnashuvning davomi juda achinarli bo’ladi. Meduza bilan to’qnash kelgan va kuygan teri qismiga maxsus vosita surtish kerak bo’ladi. "Urina" nomi bilan tanilgan bu vositani faqatgina eng zarur paytlarda ishlatish lozim.
Akulalar hujumi ham juda kam bo’lsa-da, sodir bo’lib turadi. Hamlaning asosiy sababi shundaki, akula sizni o’lja bilan adashtirib qo’yishi mumkin. Aslida, Vaykikida mashina osti qolish xavfi akulaning yemishiga aylanish xavfidan balandroqdir.

Ishlash sharoiti

AQSHning barcha shtatlari ichida Gavayi orollarda ishlayotgan ayollar sonining foiz ko’rsatkichi eng baland, yan’i 60% dan ortiq.

Xayot davomiyligi (umr uzunligi) ligining o’rtacha ko’rsatkichi

AQSHdagi eng uzoq umr ko’ruvchi insonlari aynan Gavayi orollarida yashaydilar. Umr davomiyligi ko’rsatkichi erkaklar orasida 75 yilni, ayollar orasida 80 yilni tashkil etadi.

Tili

Gavayi orollarining rasmiy tili – gavayi va ingliz tillari hisoblanadi. Gavayiliklarning 74% i uchun ingliz tili ona tili sanaladi.

Bu yerda yoz faslini kutmaydilar

Chunki buning zarurati yo’q - axir yil davomida orollarda yoz hukm suradi.

Syorfing

Syorfing polineziyaliklar tomonidan taxminan ming yil avval o’ylab topilgan. Uning asl nomlanishi esa “heenalu”dir.
Gavayi orollari jilmayuvchi o’rgimchak (Happy Face Spider), (Theridion grallator) ning istiqomat qilish muhitiga rosa mos keladi.
Gavayi AQSH ichidagi chegarasida birorta ham to’g’ri chizig’i bo’lmagan yagona shtatdir.
Shuning bilan birga, u monarx qutlanadigan yagona shtat ha hisoblanadi. Gavayiliklar 11 iюn kuni Kamexamexi Qiroli kunini nishonlaydilar (King Kamehameha Day). U orollarini birlashtira olganligi bilan mashhurlikka erishgan.
Qadimgi gavayiliklar semizlikni maftunkorlik deya hisoblaganlar.
Gavayi orollarining o’z vaqt mintaqasi bor.
Oy va Marsga uchishga tayyorgarlik ko’rayotgan astronavtlar, Mauna-Loa (Mauna Loa) lavali dalalarida piyoda yurish bilan tayyorgarlik ko’radilar.
Gavayi orollaridagi odamlar umrining davomiylik ko’rsatkichi o’rtacha 81,3 yoshni tashkil etadi.
Shunga qaramay gavayiliklar AQSH bo’yicha kishi boshiga eng ko’p konservalangan dudlangan go’sht iste’mol qiladilar.
Gavayida qancha vaqt yashaganingizdan qat’iy nazar, agar siz Gavayi orollarida tug’ilmagan bo’lsangiz, siz gavayilik emas, "mahalliy" deb hisoblashadi.
AQSHda rasmiy til bo’lmaganiga qaramasdan Gavayi orollarida ikkita rasmiy til ingliz va gavay tillari mavjud.
Gavayi orollari hududlariga reklama taxtalarini o’rnatish ta’qiqlangan.
Vulqonning doimiy faolligi tufayli katta orol yiliga 17 gektarga kengayadi.
Aslida, Kilauea Yerdagi eng faol vulqon hisoblanadi. Uning nomi "otiluvchan" deya tarjima qilinadi.
Qora marjon shtatning qimmatbaho toshi bo’lib, aslida u tosh emas, tirik jonzotdir. Bu qimmatbaho toshi ma’dandan iborat bo’lmagan dunyodagi yagona davlat sanaladi.
Katta orolning Sharqiy qismi dunyodagi eng ko’p yog’ingarchilik ro’y beradigan joy hisoblanadi. Uning g’arbiy qismida esa yog’ingarchilik deyarli hech qachon bo’lmaydi.
Aslida, dunyodagi eng yomg’irli joy - Kauai orolida joylashgan Vaialeale (Waialeale) tog’i sanaladi. Bu yerda har yili 11 684 millimetr yog’in-sochin yomg’ir ko’rinishida yog’adi.
Gavayi alifbosida atigi o’n uchtagina harf bor.
Bu yerliklar tilidagi har bir so’z unli harf bilan tugaydi. Shu bilan birga, har bir bo’g’in unli harf ila yakunlanadi.
Gavayi sayyoramizdagi eng uzoq qismda joylashgan va alohida bo’lgan aholi yashash markazi hisoblanadi.
Gavayi orollarida aholi vakillari hamiga ozchilikni tashkil etib kelgan. Aslida, mahalliy aholining aksariyat qismi aralashgan etnik nasl-nasabga ega.
Orollarda ilonlarning yurishi ta’qiqlangan, hayvonot bog’idan tashqari hududlarda, albatta.
Molokai orolida dunyodagi eng baland dengiz qoyalari joylashgan.
Gavayi orollari qahva, kakao va vanilli dukkaklar yetishtiriladigan AQSHning yagona shtati hamdir.
Orollarda atigi ikki nafar endemik sut emizuvchilar - gavayi rohib-tyuleni va kulrang paxmoqdum istiqomat qiladi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook