Hayotda bir marta bo'lsa ham suzishga arziydigan 12 ta hovuz
Hayotda bir marta bo'lsa ham suzishga arziydigan 12 ta hovuz
Arxitektorlarning xayolotidan hovuzlar ham joy olgan. Ularni ekzotik tabiat landshaftlariga yoki yerdan o'nlab qavatlarga olib chiqadilar.

Akulalar hovuzi, AQSH

Akulalar hovuzi, AQSH

Las-Vegasdagi Golden Nuggest kazinosining hovuzida akulalarning 16 turi bilan yonma-yon suzish mumkin. Uch bosqichli ushbu gorka yirtqichlarning ulkan akvariumidan o'tgan. Hovuzning qurilishiga 30 million dollar sarflangan.

Qizil suvli hozuv, Tailand

Qizil suvli hozuv, Tailand

O'zining ulkan kutubxonasi bilan mashhur bo'lgan The Library mehmonxonasi yana qizil suvli hovuzi bilan ham tanilgan. Qizil suv - illyuziya, aslida hovuzdagi kafel plitkalarining rangi hisobiga suv qizil ko'rinadi.

2 bosqichli hovuz, Bali

2 bosqichli hovuz, Bali

Balidagi Hanging Gardens mehmonxonasidagi hovuz bevosita changalzorda joylashgan. Hovuzning silliq shakli xuddi tabiat yaratgan mo'jizaga o'xshaydi. Bu yerda cho'milib, ekzotik qushlar kuyidan bahra olishingiz mumkin.

Suvloqdagi hovuz, Tanzaniya

Suvloqdagi hovuz, Tanzaniya

Four Seasons mehmonxonasining hovuzi  Afrikadagi Serenheti qo'riqxonasining qoq markazida joylashgan. Bu yerga yovvoyi hayvonlar suv ichgani keladilar.

Suzuvchi hovuz, Germaniya

Suzuvchi hovuz, Germaniya

Suzuvchi Badeschiff hovuzi Berlin aholisiga Shprey ko'lining sohillarida dam olish va cho'milish imkonini beradi. Ko'lning o'zi cho'milish uchun juda iflos. Hovuz qurishda eski barja qoldiqlaridan foydalanilgan. Qishda unga yechiladigan tom o'rnatishadi.

Illyuzya-hovuz, Yaponiya

Illyuzya-hovuz, Yaponiya

Rassom Leonardo Erlihning Swimming Pool nomli installyatsiyasi tasavvurlarni hayratga soladi - xuddi havorangdagi miltiruvchi suv to'ldirilgan oddiy hovuzga o'xshaydi. Aslida esa uning qavati bir necha santimetr suvga to'ldirilgan, hovuzning ichki qismi umuman bo'sh va u yerga istagan odam kirishi mumkin. Shunga o'xshash hovuzlar Nyu-Yorkdagi san'at Markazida va Rassomchilik muzeyida XXI asrda Yaponiyadagi Kanadzave shahrida qurilgan edi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook