![Hayotda bir marta bo'lsa ham suzishga arziydigan 12 ta hovuz](https://odam.uz/upload/media/posts/2017-05/18/hayotda-bir-marta-bolsa-ham-suzishga-arziydigan-12-ta-hovuz_1495110110-b.jpg)
просмотров
Odam.uz sayti Sizning e'tiboringizga dunyodagi eng g'aroyib hovuzlarni taqdim etadi. Balki kelayotgan yozda shu hovuzlarda aynan Siz cho'milarsiz!
San Alfonso del Mar hovuzi, CHili
![San Alfonso del Mar hovuzi, CHili](https://odam.uz/upload/media/entries/2017-05/18/326-1-c8d8eff5e72c3bb3b523a8b6245f3ba3.jpg)
San Alfonso del Mar mehmonxonasining hovuzi - dunyodagi eng katta hovuz hisoblanadi. Uning uzunligi - 1kilometr. Qurilishga 2 milliard dollar sarflangan, ta'monitiga esa har yili 4 million dollar sarflanadi. Dengiz suvini hovuzga quyishdan oldin maxsus filtrlar orqali chuchuklashtiriladi, keyin tozalanib yana okeanga qaytib quyiladi. Hovuz uchun jami 250 million litr suv ketadi.
"Osma hovuz", Gongkong
!["Osma hovuz", Gongkong](https://odam.uz/upload/media/entries/2017-05/18/326-2-c8d8eff5e72c3bb3b523a8b6245f3ba3.jpg)
Indigo mehmonxonasidagi hovuz binoning 29-qavatida aynan havoda osilib turadi. Undan Gongkongning xushmanzara joylarini tomosha qilish mumkin, shisha chuqurlikdan esa pastdagi ko'chani ko'rib turish mumkin.
Suv tozalaydigan stansiyadagi hovuz, Meksika
![Suv tozalaydigan stansiyadagi hovuz, Meksika](https://odam.uz/upload/media/entries/2017-05/18/326-3-c8d8eff5e72c3bb3b523a8b6245f3ba3.jpg)
Meksikaning La Purificadora Hoteldagi hovuz sobiq suv tozalovchi stansiya binosi yerini egallagan bo'lib, restoran va bar orqali o'tadi. Hovuzdan shaharga ajoyib manzara ochiladi. U YUNESKO ning dunyoviy meroslar ro'yxatiga kiritilgan.
Timsohli hovuz, Avstraliya
![Timsohli hovuz, Avstraliya](https://odam.uz/upload/media/entries/2017-05/18/326-4-c8d8eff5e72c3bb3b523a8b6245f3ba3.jpg)
Avstraliyadagi Darvin shahrining asosiy diqqatga sazovor joyi - bahaybat timsohlar hovuzidir(uzunligi 5 metr). Akvariumga mustahkam shishali kapsula orqali tushish mumkin. Lekin bunga har kimning ham yuragi dosh bermaydi.
Y-40 The Deep Joy hovuzi, Italiya
![Y-40 The Deep Joy hovuzi, Italiya](https://odam.uz/upload/media/entries/2017-05/18/326-5-bad6bd69b43201a8754de6555111fb81.jpg)
Bu dunyodagi eng chuqur hovuz. Uning chuqurligi - 42 metr va o'zida 2,5 million litr suvni sig'dira oladi. Hovuz ichida dayving uchun o'yiq joylar va g'orlar bor. Bundan tashqari unda tashrif buyuruvchilar uchun maxsus suvosti tunellari bo'lib, u yerda Siz quruq qolgan holda hovuz tubini tomosha qilishingiz mumkin.
Infiniti hovuzi, Singapur
![Infiniti hovuzi, Singapur](https://odam.uz/upload/media/entries/2017-05/18/326-6-bad6bd69b43201a8754de6555111fb81.jpg)
Marina Bay Sands mehmonxonasi hovuzi - dunyodagi eng katta tom hovuzi hisoblanadi. U 55-qavatda, 200 metrli 3 minorani birlashtirib turuvchi terrasada joylashgan. Hovuz ochiq osmon ostida joylashgan bo'lib, ko'rinarli bortlar umuman yo'q. Shuning uchun ham suv cheti xuddi eng yuqorida uzilib turganga o'xshaydi.
Сообщения из Facebook