просмотров
Quyida esa bolalar va kattalar yangi bilimga ega bo’lish bilan birga maroqli dam olishi ham mumkin bo’lgan dunyoning eng yaxshi10 ta muzeyi bilan tanishishingiz mumkin.
Ularga tashrif buyurar ekansiz, nafaqat ochiq havodagi maydonchalarda hordiq chiqarasiz, balki matematika kabi aniq fanlar, shuningdek adabiyot, tarix hamda geografiyadan yangi bilimlarga ega bo’lasiz.
Indianpolisning bolalar muzeyi
Bu dunyodagi eng katta bolalar muzeyidir. Maydoni jihatidan muzey 5 qavatli binoni egallaydi va har bir bola o’zi uchun qiziqarli narsa topa oladigan bo’limlarni o’z ichiga oladi. Bulardan:
o’tmishdagi maxluqotlar jonlanadigan “Dinosfera”;
35 funtli parovozni tomosha qilish mumkin bo’lgan “Hamma bortga” bo’limi;
koinot planetariyi;
“Barbi: Moda klubi” hamda 5 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun mo’ljallangan o’yin maydonchasini misol qilib ko’rsatish mumkin. Shu yil yozdan “Yer sayyorasining xazinasi” nomli ko’rgazma ochilishi bo’lib o’tadi. Bu yangi ko’rgazmada bolalar arxeologik ekspeditsiya tarkibiga kirib, Misr, Xitoy va Karib basseyinida bo’lish imkonini beradi.
O’yinlar Milliy muzeyi, Rochester, Nyu-York
O’yinlar Milliy muzeyi o’yinlar tarixini o’rganish bilan shug’ullanadi. Bu bolalarga nimasi bilan qiziq? Ko’pgina ko’ngil ochar o’yinlarning ichida: Sezam ko’chasidagi sayr, Sehrgarlik maktabiga tashrif, dastlabki klassik o’yinlarni o’ynab, kuchni sinab ko’rish, Beresteyn ayiqlari bilan uchrashuv hamda bolalar supermarketdagi xaridlar. Shuningdek, Milliy O’yin Shuhrati Galereyasi va kapalaklar yopiq bog’iga tashrif buyurish mumkin. Bundan tashqari shu yil 18 iyundan 11 sentyabrgacha “Yaponiyalik besh o’rtoq: bolalar bugun Yaponiyada” nomli ko’rgazma faoliyat ko’rsatadi.
Xyustondagi bolalar muzeyi
Barcha katta narsalar Texasda joylashgan. Xyustondagi Bolalar muzeyi ham ikki barobar kattalashgan. Muzey uch qavatli minora shaklida bo’lib, 5 milyaga teng bo’lgan po’lat tros orqali unga ko’tarilish va bundan katta zavq olish mumkin. Balandligi 18 funtli qozon 240 gallon suvni sig’diradi va u tufayli bolalar gidroelektroenergiya haqida tasavvurga ega bo’ladilar. Shuningdek bu muzeyda 90 000 kv futni egallovchi 14 ta ko’rgazmalarni ko’rish mumkin. Ulardan: “Kiborg ovi”, “Ixtirolar yig’indisi”, “Moddalar fabrikasi”, “Kidropolis, AQSH” kabi ko’rgazmalar bo’lib, bolalarga hamma narsani o’rgatadi: shaharning tuzilishidan tortib, qanday qilib kashfiyotchi bo’lish mumkinligigacha. Badiiy hamda ilmiy mavzularni birlashtirgan har kungi yozgi kinofilmlar va o’yinlarning bahosi muzey chipta narxiga kiritilgan.
Jiloli bolalar muzeyi, Tampa, Florida
Jiloli bolalar muzeyi bir yil avval ish boshlagan. Uning maydoni 53000 kv futdan iborat bo’lib, 170 ta ko’rgazmadan iborat. “Dengiz sayohati” ko’rgazmasi balandligi 35 futdan iborat bo’lib, 12 ta galareyadan tashkil topgan. Ushbu galareyalar bolalarning suvning hayotimizdagi rolidan boshlab, aviatsiya tarixigacha bo’lgan bilimini kengaytiradi. Eng ko’p boriladigan joy – “bolalar porti”dir. Bu yerda bolalar qayiqlarni joylaridan siljita olishlari uchun suvning ko’tarilishini hamda pasayishini boshqara oladilar.
Bolalar sarguzashtlari muzeyi, Kolumbiya, Janubiy Kaliforniya
Muzeyga tashrif buyuruvchilar dunyodagi eng katta bola – Eddi bilan uchrashishlari mumkin. Bolalar gigant bolaning ustiga chiqib olib (bolaning o’tirgan holatdagi balandligi 40 funtni tashkil etadi), uning umurtqa, miya, oshqozon va boshqa ichki a’zolarini o’rganishlari mumkin. Muzeyda shuningdek 350 ta ko’rgazmalardan iborat 9 galereya mavjud. “Mening tomorqam” o’yin maydonchasi 0-3 yoshgacha bolalarga mo’ljallangan bo’lsa, “Ijod vazifasi”, “Ishlar olami” kabi sal kattaroq bolalar uchun mo’ljallangan. Und abolalar ijodning, musiqaning turli asoslarini o’rganadilar hamda ijtimoiy hayot tushunchasi bilan tanishadilar. “Yorqin kapalaklar”, “Kenguru bilan uchrashuv”, “Chop! Sakra! Uch! Faol sarguzashtlar” kabi ko’rgazmalar esa yaqinda ochilgan.
San-Hose dagi bolalar kashfiyotlari muzeyi, Kaliforniya
Ushbu muzeyning maydoni 50 000 kv funtga teng bo’lib, 150 ta interaktiv ko’rgazmalardan iborat. Bolalar kashfiyoti muzeyi keng faoliyat uchun mo’ljallangan. U yerda doimo “Badiiy galereya”, “Bolalar bog’chasi”, “Suvli qiyalik” kabi ko’rgazmalar mavjud. Yangi “Mamomntlarni o’rganish!” ko’rgazmasi rosmana kolumbiyalik mamontning qoldiqlariga egadir. Tashrif buyuruvchilar qoldiqlarni qazib olishlari, mamontning skeletini yig’ishlari hamda ushbu hayvonning qolqiqlarini topib olgan inson va ularni o’rgangan olimlar bilan uchrashishlari mumkin.
Port kashfiyotlarining bolalar muzeyi, Baltimor
Muzey uch qavatli binodan iborat bo’lib, AQSH ning eng yaxshi muzeylarining beshtaligiga kiradi. Bu yili eng yosh bolalar uchun mo’ljallangan maydon ham kengaytirildi. Endi u Merilend landshaftidan iborat bo’lib, suv havzasi, qumliklar va tog’ daralarini o’z ichiga olgan “Go’daklar izi” dan boshlanib, “Ismaloqli tunnel” gacha davom etadi. “3-10 yoshli bolalarga mo’ljallangan “Tinkertoy: tasavvuringni kengaytir” nomli ko’rgazmada yirik qadimgi klassik qurilish inshootlarining zamonaviy dizayni namoyish etiladi. Bolalar alohida yoki birgalikda energiya, sog’liq va boshqa mavzularda dizayn ustida ishlashlari mumkin.
Boston bolalar muzeyi
Bu muzey 1913 yilda tashkil etilgan bo’lib, interaktiv ko’rgazmalar bo’lib o’rgan birinchi muzey hisoblanadi. Bu yil yozda muzeyning diqqatga sazovor ko’rgazmasi – “O'z mamlakatining sehrgari” dir. Bu ajoyib, interaktiv fantastik sarguzasht bo’lib, bolalarga Doroti xonasida tornadoni yaratish, gnom uyini o’rganish, yalmog’iz qasriga olib boruvchi tog’ cho’qqisini zabt etish va boshqa shu kabi sarguzashtlarni amalga oshirish imkonini beradi.
Finiksdagi bolalar muzeyi
Arizona aholisi yozning jazirama issig’idan qiynalayotgan bir paytda Finiksdagi bolalar muzeyida muzdak va qulay sharoit mujassam. 10 yoshdan katta bolalar uch qavatlik alpenistik inshoot –Shaf-Perini Narvoniga intiladilar. Kichkintoylarga esa “Uch yoshgacha bolalar xonasi”, yoki Richard Skerii tomonidan tashkil qilingan hamda yengil va yuk avtomobillarini namoyish qiluvchi “Ien burchagi” nomli ko’rgazmadan bahra olishlari mumkin.
Denver bolalar muzeyi
Denver bolalar muzeyida “buyurtma bo’yicha ijod” ko’rgazmasida kuniga 13 vagonetka bo’yoq sarflanadi. Tasavvur qilyapsizmi? Shuningdek, bolalar va ularning ota-onalari “Montaj ustaxonasi” da ko’pgina qiziqarli buyumlar: yuk mashinasidan tortib, vertolyotlarni ishlab chiqarishga 15 000 dona yog’ochlar to’plamidan foydalanadilar.
Сообщения из Facebook