просмотров
Sayohat qaror qabul qilishni o’rgatadi
Sayohat davomida siz mustaqil bo’lishni o’rganasiz, ayniqsa, agar sayohatga yolg’iz chiqqan bo’lsangiz. Siz o’zingiz jiddiy qarorlar qabul qilishni o’rganib olasiz.
Sayohat shafqatga o'rgatadi
Siz ko’p sayohat qilib, dunyoning turli madaniyatlari bilan to’qnash kelganingizda, o’rtamizdagi barcha farqqa qaramasdan, baribir, nima bilandir bir-birimizga o’xshashimizni tushunasiz. Sizning tana rangi, hudud yoki din haqidagi fikrlaringiz butunlay o’zgaradi.
Sayohat o'zlikni anglatadi
Menimcha, bu sayohat davomida olinadigan bilimlar ichida eng muhumi bo’lsa kerak. Noma’lum joylarda, noma'lum vaziyatlarda va noodatiy madaniyatlar orasiga tushib qolganimizda, o’zimizga boshqa tomondan nazar tashlaymiz, xarakterimizda, xulqimizda, odatlarimizda va boshqa narsalarda avval o’zimiz bilmagan yoki e’tibor bermagan yangi qirralarni ochamiz. Siz potensialingizning haqiqiy masshtablarini ko’rasiz, nima sizni haqiqatdan quvontirishiyu, nima sizni rostdan xafa qilishini bilib olasiz. Oxir oqibat esa, kimligingizni tushunib yetasiz.
Сообщения из Facebook