Odamlar gavjum va changli shaharlardan charchaganlar uchun: dunyoning 17 ta mo'jizaviy qishloqlari
Odamlar gavjum va changli shaharlardan charchaganlar uchun: dunyoning 17 ta mo'jizaviy qishloqlari
Qishloq va qishloqda dam olish to'g'risida har birimizning o'z tasavvurlarimiz bor. Biroq, dunyo bo'ylab bunday joylar turli xil bo'lsada, lekin ularni birlashtirib turuvchi jihatlar mavjud: toza havo, aholi soni kamligi va shinam makon.
odam.uz suzning yuragingizni zabt etadigan va har qanday sayohatning yodda qoladigan, o'ziga tortadigan fazilati bo'lib qola oladigan, 17 ta g'aroyib va aql bovar qilmas go'zal qishloqlarning termasini yig'di. Ishonchimiz komil bu sur'atlarni ko'rganingizdan so'ng, siz albatta bu qishloqchalardan biriga tashrif etishni istaysiz.

1. Galshtat, Avstriya

1. Galshtat, Avstriya
(Hallstatt, Austria)
O'yinchoqlar kabi, tog' yon bag'rilaridagi bir necha yaruslarga cho'zilgan, yorqin uychalar, suzib yurgan oq qushlar bor bo'lgan moviy ko'l, suvning oynadek tiniq yuzida aks etadigan Alplar - bularning barchasi jonlangan ertak tasavvurini uyg'otadi. Galshtat aholisi 1 000 kishidan oshmaydi. Joylashuvi esa, unikal: buyuk Alp tog'lari va Xalshtatterzee ko'li oralig'ida.

2. Siman-la-Rotond, Provans, Fransiya

2. Siman-la-Rotond, Provans, Fransiya
(Simiane-La-Rotonde Village in Provence, France)
Moviy osmon, lavanda dalalari, Alp tog'lari, o'rtayer dengizi oshxonasi va Provansning yoqimliligi - ruhan dam olish uchun yana nima kerak? Bu joyning diqqatga sazovor joylaridan biri bu - Agu qasri (Chàteau des Agoult) bo'lib, u XII asrda qurilgan. Qasrdagi 12 burchakli piramidal rotonda shaharchaga nom bergan. U yerda antik musiqaning yozgi festivallari o'tkaziladi.

3. Rangdor qishloq, Taychjun, Tayvan

3. Rangdor qishloq, Taychjun, Tayvan
(Rainbow Village, Taichung, Taiwam)
Taychjun shahri chakkalaridan birida, vaqt o'tishi bilan barcha aholisi tark etib ketgan, xarbiy aholi yashash joyi bo'lgan edi. Hukumat uylarni buzib tashlashga qaror qildi. 86 yoshli urush fahriysi esa, o'z hovlisini buzilishdan saqlab qolish uchun uylarning devorlarini turli xil personajlar va naqshlar bilan bezab, bo'yab chiqdi. Bugungi kunda bu joy Tayvanning turistik diqqatga sazovor bo'lgan joylarining eng ko'p tashrif etiladiganlaridan biri.

4. Marsashlokk, Malta

4. Marsashlokk, Malta
(Marsaxlokk, Malta)
Marsashlokk - Maltadagi koloritli baliqchilik qishlog'i. Gavanda dovullar bo'lmaydi, shuning uchun sariq rangli qumtoshdan qurilgan uylar suvga juda yaqin joylashgan bo'lib, qirg'oqda piyodalar va mashinalar yurishi uchun tor yo'laklar qoldirganlar. Marsashlokkning aholisi 3 000 kishiga yaqin halos. Erkaklarning ko'pchiligi, o'z vaqtida ularning ota bobolari qilganlari kabi, baliq ovi bilan shug'ullanadilar.

5. Suzib yuruvchi Uros orollari, Boliviya va Peru

5. Suzib yuruvchi Uros orollari, Boliviya va Peru
(Floating Islands of Lake Titicac, Bolivia, Peru)
Peru va Boliviya chegarasidagi Titikaka ko'lida uru qabilasi yashaydi va ular ko'lda 42 ta suzib yuruvchi orollarni obod qilganlar. Bu orollarni urularning o'zlari qamishdan quradilar. Aynan shu xom ashyodan baliq oviga boradigan, qayiqlarni ham yasaydilar. Sivilizasiyadan yiroqligiga qaramay, qamish orollarida quyosh panellarini ko'rish mumkin. Ular mahalliy aholiga televizor ko'rish imkonini beradi.

6. Alberobello, Italiya

6. Alberobello, Italiya
(Alberobello, Italia)
Alberobello, YUNESKO tomonidan tarixiy va gumanitar me'rosning bir qismi deb tan olingan, 1400 ta trull-uychalar kompleksi bilan mashxur. Trull - ohaktoshdan qurilgan dehqonlar uylari - quruq (rastvorsiz) g'isht terishning unikal misillari bo'ladi. O'z nomini ular lotincha trulla, gumbaz so'zidan olganlar.

7. Monsanto, Portugaliya

7. Monsanto, Portugaliya
(Monsanto, Portugal)
Monsanto kichik qishlog'i "Portugaliyaning eng portugal qishlog'i" nomini g'urur bilan olib yuradi. Mahalliy maqol, "Monsantoda tosh uydan tug'iladimi, yoki uy toshdanmi xech qachon bilib bo'lmaydi", mahalliy arxitekturaning o'ziga xosligini juda aniq aks ettiradi. Valunlar ba'zi uylarning devorlari va tomlari vazifasini bajaradilar. Qizil cherepisa tomli kichkina uylar bahaybat granit valunlar tagida berkinib olganlar. Tor ko'chalarni esa, huddi devqomat toshda o'yib qo'yganga o'xshaydi.

8. Uchxisar, Turkiya

8. Uchxisar, Turkiya
(Uchisar, Turkey)
Uchxisar bu hududdagi eng zich joylashgan qishloqlardan biridir. Albatta, aholining katta qismi zamonaviy qishloqda yashaydi. U mashxur qoyalar yaqinida qurilgandir. Lekin, yashash uchun xonalar qoyalarning ichida ham bor. Bu markaziy cho'qqi atrofida joylashgan oq tufdan qurilgan minora va shpilli, qoyadagi yashash joyi dunyoda yagona. Qoyaning tepasidan butun vodiyga juda go'zal ko'rinish ochiladi.

9. Lunszin guruch terrasalari, Xitoy

9. Lunszin guruch terrasalari, Xitoy
(Longji Rice Terraces, Chinese)
Linszi guruch terrasalari Xitoydagi eng chiroylilardan biri hisoblanadi. Xalq orasida ularni Ajdarho Silsilasi terrasalari deb atashadi. Ular Pin An (Ping An) hushmanzara qishloqchasi atrofida joylashgan. Terrasalar ko'p yillik mehnat maxsuli bo'lib, XII asrdan beri mavjud. 1100 metr balandlikli tog' yob bag'rilarida qurilgan. Ularni qurga dehqonlar tog'li rayonlarda o'zlarining hayotlari haqida qayg'urganlar. Bu ularning oilalarini boqishning yagona imkoni bo'lgan edi.

10. Pariangan, Indoneziya

10. Pariangan, Indoneziya
(Pariangan, Indonesia)
G'arbiy Sumatradagi bu qishloqcha tepasida baland ko'tarilib turgan, faoliyatda bo'lgan Merapi vulqoni - mamlakatning asosiy tabiiy iftixorlardan biri. Pariangan minangkabau xalqining eng qadimiy qishlog'i bo'lib hisoblanadi. Shuning uchun serhafsala sayyoh mahalliy xalq an'analari va madaniyati haqida ko'p narsalar bilib olishi mumkin. Bu yerda an'anaviy, usti cho'qqili, maftunkor uylar saqlanib qolgan. Ular orasida devorlari rotangdan qurilgan 300 yillik bino va XIX asrning go'zal masjidi bor.

11. Kua Van, Vyetnam

11. Kua Van, Vyetnam
(Fishing Village Cua Van, Vietnam)
Kua Van - Xalong ko'rfazidagi hushmanzara baliqchilik qishlog'i. Bu suv yuzasida joylashgan suzib yuruvchi, baliqchilik qishloqlaridan eng yiriklaridan biri. U yerga qayiqlarda borish, hamda mahalliy aholi Janubiy Xitoy dengizining turli xil maxsulotlarini ovlashini ko'rishingiz mumkin. Mahalliy aholi rangli sol-uylarda yashaydilar. Maktab ham suzib yuruvchi uychalardan birida joylashgan.

12. "Gollandiyaning Venesiyasi", Gitxorn, Niderlandiya

12. "Gollandiyaning Venesiyasi", Gitxorn, Niderlandiya
(Giethoorn, the Dutch Venice, Nederland)
Gitxorn - Niderlandiyadagi eng go'zal qishloqlardan biri. U ko'pincha "Gollandiyaning Venesiyasi" deb ham ataladi, sababi u 7,5 kilometr uzunlikdagi kanallar ustida joylashgan. Qishloqga 1230 yili asos solingan edi. Qishloqda harakatlanish uchun velosiped yo'lakchasi va ko'p sonli suv kanallari bor. Asosiy transport bo'lib qayiq va elektr dvigatelli katerlar xizmat qiladi. Uylar orolchalarda joylashgan bo'lib, o'zaro yog'och ko'priklar bilan birlashgan (butun qishloq bo'yicha ular 50 tadan ortiq).

13. Biburi, Buyuk Britaniya

13. Biburi, Buyuk Britaniya
(Bibury, England)
Biburi Angliyaning eng qadimiy va hushmanzara, go'zal qishloqlaridan biri hisoblanadi. U haqida birinchi bor XI asrda qayd etilgan. Bu yerda vaqt to'xtab qolganga o'xshaydi - qadimiy uychalar, go'zal tabiat va hattoki, uning asl go'zalligini xech nima buzmasligi uchun, bu yerda jamoat transporti yurmaydi. Qishloqqa ilhom olish uchun shoirlar va rassomlar, hamda kinomatograflar keladilar. Bu yerda "Bridjet Djons kundaligi" hamda Agata Kristi asarlari bo'yicha missis Marpl haqidagi filmlar sur'atga olingan.

14. Reyne, Norvegiya

14. Reyne, Norvegiya
(Riene Lofoten, Norway)
Reyne - peyzajlarining syurrealistikligi bilan hayratga soluvchi, baliqchilik qishlog'i. O'ziga rom qiluvchi uychalar va atigi 350 ta aholi soni. Reyne o'z tarixini 1743 yildan boshlaydi. Ford atrofidagi tog'lar tagida joylashgan ixcham qishloqcha. Idillistik qishloqcha, har yili butun dunyodan tabiat go'zalligini tomosha qilmoqchi bo'lgan sayyohlarni o'ziga rom qiladi.

15. Gasadalur qishlog'i, Farer orollari, Daniya

15. Gasadalur qishlog'i, Farer orollari, Daniya
(Faroe Islands, the Village of Gasadalur, Danmark)
Gasadalur qishlog'i Vagar orolining eng baland tik qoyalari o'rtasidagi ajabtovur go'zallikdagi vodiyda joylashgan. U Farer arxipelagi tarkibiga kiradi. 2002 yili qishloq aholisi soni atigi 16 kishini tashkil qilgan edi. U vaqtda qishloqqa yetib borish uchun juda - juda ko'p vaqt va mehnat talab etilar edi. 2004 yili qishloq aholisi harakatlanishini onsonlashtirish uchun maxsus tonnel qurilgan edi. Shundan so'ng, bu yerda sayyohlar paydo bo'la boshladi.

16. San-Djiminyano, Toskana, Italiya

16. San-Djiminyano, Toskana, Italiya
(San Gimignano, Toscana, Italia)
San-Djiminyano eramizdan avvalgi III asrda etrusklar tomonidan, kichik qishloqcha ko'rinishida, asoslangan edi. Kichkina qishloq, faqatgina, eramizning X asrida shaharga aylandi. San-Djiminyano juda ham kichkina, O'rta asrlar ruhini o'ziga singdirgan, o'zining minoralari bilan mashxur shaharcha. O'rta asrlarda 72 ta minora-uylar bo'lgan edi, xozir faqat 14 ta qolgan. Mahalliy aholi San-Djiminyanoni Toskananing va butun Italiyaning yuragi deb hisoblaydilar.

17. Baliqchilik qishlog'i, Kaliningrad, Rossiya

17. Baliqchilik qishlog'i, Kaliningrad, Rossiya
Kaliningraddagi baliqchilik qishlog'i - bu so'zning tom ma'nodagi qishlog'i bo'lmay, u nemis stilida qurilgan kvartaldan tashkil topgan bo'lib, urushdan avvalgi Kyonensbetg arxitekturasi bo'yicha stillashtirilgan. Bu etnografik, savdo - hunarmandchilik markazi va shahar durdonasidir. Terrotorial ma'noda Baliqchilik qishlog'i Kaliningrad yuragi bo'lgan Kanta orolidagi Kafedral sobor yonida joylashgan.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook