
7,214
просмотров
просмотров
Baykal, Michigan, Viktoriya kabi ko’llar o’zida bir necha avlod vakillariga yetkazish mumkin bo’lgan miqdordagi toza ichimlik suvini saqlaydi. Inson organizmning 80%i suvdan iborat bo’lgani sababli toza ichimlik suvi odam hayotining ajralmas qismi sanaladi. Biroq dunyodagi barcha ko’llar ham toza ichimlik suv bilan ta’minlanmagan.
Rio Tinto, Ispaniya
Rio – daryo, Tino – qizil degan ma’nolarni anglatadi. Bir vaqtlar Braziliya Portugaliya kolonachilari tomonidan qizil daraxt deya atalgani ham bejizga emas. Ispan provintsiyasi bo’lmish Andalusiya bugungi kunda qadar Yevropa tarkibidagi hudud hisoblanadi.
Karachay, Rossiya
Ushbu ko’lga atomchi olimlar faqatgina bir sabab: azobli o’lim uchungina tashrif buyurishlari mumkin. Osoyishta ko’l o’z ortida o’lim keltiruvchi strontsiydan to plutoniygacha bo’lgan turli radioaktiv elementlar yig’indisini berkitgan.
Sitarum, Indoneziya
Hind okeani sarhadsizdir. Indoneyziya arxipelagi dunyodagi eng katta arxipelag sanaladi. Ammo undagi ichimlik suvi bilan bog’liq muammolar industrial revolyutsiyaga qadar boshlanib bo’lgandi. Bugungi kunda 300 million odam ichimlik suv uchun yuvidini qaynatib ishlatishga majbur va bu tropik ob-havo sharoitida amalga oshiriladi. Sitarum ko’liga esa 100 dan ortiq korxonalarning chiqindilari oqib keladi va guruch maydonlariga tushadi.
Qaynovchi ko’l, Dominikan Respublikasi
Dominikan Respublikasidagi qaynovchi ko’l o’z harorat darajasi bilan dunyoda ikkinchi o’rinni egallaydi. Bu shunchaki Getszer vodiysi emas, to’laqonli ko’ldir. Ko’l “Fano vodiysi” da joylashgan bo’lib, bu xududning nomi ham uning qanday ekanligidan darak berib turadi. Suv havzasi qirg’oqlaridagi harorat 83-93 darajaga teng va ko’lda tirik qolish butkul imkonsiz. Yaxshi hamki, ko’l bir zumda qaynab tinadi. Ammo ushbu harorat magmatik siniqlar ichidan chiqadi va uxlayotgan vulqon otilguday bo’lsa, haqiqiy issiq harorat atrofni bir zumda qoplab olishi mumkin.
Moviy ko’l, Buyuk Britaniya
Buyuk Britaniyadagi moviy ko’l bir qarashda go’zalligi bilan kishini rom etib qo’yadi. Ammo unga hatto qo’l uchi bilan ham teginish xavfli. Uning betakror rangdagi suvi toksik moddalar kontsentratsiyasi miqdori Chernobil ko’rsatkichlaridan ham o’tadi. Ushbu ko’lga hech kim respitorsiz yaqinlashmaydi, u yerdagi o’tkir ammiak hidiga esa hatto kalamushlar ham chiday olmaydilar. Qanchalik hayratlanarli bo’lmasin, tadqiqotlar ko’ldagi suv o’z-o’zidan tozalanishini ko’rsatadi.
Taqa ko’li, Kaliforniya
Kaliforniya izdan chiqqan ekologiyasi bilan mashhur va “Taqa ko’li” ham aynan shunday hududlardan biri hisoblanadi. Ko’l uni ko’zdan kechirish uchun suv havzasiga haddan ortiq yaqinlashgan uch nafar o’rmon nazoratchisi haqidagi hodisa tufayli juda mashhur bo’lib ketgan.
Yolg’iz ko’l, Kaliforniya
O’ta qadimiy, shu bilan birga yolg’iz ko’l Kaliforniyadagi eng xavfli suv havzalari ro’yxatining ikkinchi o’rnini band etgan. Uning Tinch okeaaniga chiqish yo’llari mavjud emas, ammo haddan ortiq sho’r ekani bilan nom qozongan. Olimlar buning sababini muzlik davridan qolgan tuz kolonalari bilan izohlaydilar. Ornitologlar ayrim paytlarda ko’lga qushlar uchib kelishi va ularda hid bilish hamda o’lim xavfini sezish juda yaxshi rivojlangani uchun qushlarning bunday harakatini shunchaki qiziqish tufayli deya izohlaydilar. Bu yerda faqat o’ta chidamlilargina tirik qolishlari mumkin.
Сообщения из Facebook