O'zining haybati va shiddati bilan hayratga soladigan dunyoning go'zal sharsharalari
O'zining haybati va shiddati bilan hayratga soladigan dunyoning go'zal sharsharalari
Sharsharalar - tabiatning go'zal manzaralaridan biridir.Suv oqimi shiddat bilan balandlikdan tushar ekan, parcha-parcha bo'lib, ketib, quyosh nurida tovlanadi - bu haqiqatdan ham hayratga soluvchi manzara. Har bir sharshara buyuklik va qudrat timsolidir, ammo dunyoda shunday sharsharalar borki, ulardan ko'z uzish amrimahol, soatlab tomosha qilging keladi.
Quyida biz sizlarning e'tiboringizga dunyodagi ana shunday noyob sharsharalar aks etgan suratlarni taqdim etamiz.

Viktoriya sharsharasi shiningdek AfrikaningGubburlovchi Tutuni degan nom ham olgan. Sababi 108 metr balandlikdan soniyasiga bir necha ming litr suv tepadan tushar ekan, shovqin soladi. Shotlandiyalik tadqiqodchi Devid Livingston bu yerga 1855 yilda tashrif buyurar ekan,sharsharaning go’zalligi va buyukligiga maftun bo’lib, uni qirolicha nomi bilan atagan.

Gokta, Peru

Gokta, Peru

Gokta –  Peruda joylashgan bo’lib, kattaligi bo’yicha dunyoda beshinchi o’rinda turadi. Uning balandligi – 771 metr. Ajab, bunday sharshar borligi 2005 yilda ma’lum bo’ldi,ungacha esa uning manzarasiga mahalliy aborigenlargina mahliyo bo’lganlar.

Sazerlend, Yangi Zelandiya

Sazerlend, Yangi Zelandiya

Yangi Zelandiyada Sazerlend nomli sharhsara bor. U Janubiy orolda joylashgan bo’lib, dunyoning eng go’zal va mo’jizakor sharsharasi hisoblanadi. Unga yetib borish juda mushkul, biroq bu shunga arziydi. Yashil daraxtzorlar bilan o’ralgan 580 metr balandlikdagi qoyalardan tushayotgan ingizchka suv oqimi fantastik manzarani beradi.

Dettifos, Islandiya

Dettifos, Islandiya

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook