просмотров
Prada do’koni
Texasdagi sahroning qoq o’rtasida Prada do’koni turibdi. Uning peshtaxtalari qimmatbaho sumkalar, taqinchoqlar va dizaynerlik oyoq-kiyimi bilan to’la. Biroq ularni xarid qilib bo’lmaydi. Gap shundaki, bu installyatsiya – do’konlarning sivilizatsiyadan uzoqda qanday ko’rinishga ega ekanligini ko’rishdir.
Do’konning ochilishi bilan oq ertasiga narsalar o’g’irlabketildi. Shunda eshiklarni kuchaytirilgan qulflarni o’rnatdilar va sinmaydigan oynalar bilan jihozladilar.
Ulkan ko’rsatkich
Arizona sahrosida yerda joylashgan ulkan 20 metrlik ko’rsatkichlarni ko’rish mumkin. Ko’p yillar davomida mahalliy aholi uning qayerda kelib qolganini bilishga harakat qilganlar va har xil taxminlarni ilgari surganlar. Aslida ko’rsatkichlar 1911 yilda yerga yotqizilgan bo’lib, GPS hamda Google kartasi chiqgunga qadar pochta samolyotlariga posilka jo’natmalarni g’arb sohiliga yetkazib berishi uchun mo’ljal sifatida hizmat qilgan.
Telefon budkasi
1960 yilda Moxava sahrosida yo’ldan 13 km uzoqlikda telefon budkasi o’rnatilgan. U kon ishchilari hamda adashib qolganlar uchun mo’ljallab qurilgan. Biroq sahroning o’rtasida turgan budka sayyohlar o’rtasida ayniqsa ommalashdi.
Rik Karr ismli odam hattoki budka yonida 32 kun yashagan va 500 ta qo’ng’iroqqa javob bergan, qo’ng’iroqlardan biri Pentagondan bo’lgan. 2000 yilda budka yonida chiqindilar to’lib ketgani hamda odamlar tomonidan zarar yetkazilganligi sababli budka olib tashlandi va u haqda film suratga olindi.
“Sahro nafasi”
Bu antiqa joy sharqiy Misrda joylashgan bo’lib, NUJ (noma’lum uchuvchi jism) lar bazasiga o’xshaydi. Aslida bu 1997 yilda yunon rassomlari tomonidan yaratilgan installyatsiya bo’lib, sivilizatsiyadan olisda bo’lib, 100 ming kv. km ni tashkil qiladi. “Sahro nafasi” qumli yo’llarning beadadligini namoyish etadi.
Videoo’yinlar yashirilgan maskan
Mashhur Atari kompaniyasi 1980 yilda shunchalik ko’p mahsulot ishlab chiqarganki, omborxonalar keraksiz videoo’yinlar hamda pristavkalar bilan liq to’la edi. Bu narsalardan darhol qutulish kerak edi, shuning uchun bu “xazina” sahrolardan birida yer ostiga ko’mib tashlangan.
Ushbu ko’milgan xazina ko’p yillar davomida qidirildi va nihoyat 2014 yilda topildi. Berkitilgan joy kavlanganda u yerda minglab videoo’yinlar, pristavkalar a’lo darajada saqlangani aniqlandi. Topilmaning hammasi sotuvga qo’yildi va yaxshi narxga sotildi.
“Sahroning qo’li”
Chilining shimolida Atakama sahrosida yer ostidan 11 metrlik qo’l chiqib turganini ko’rish mumkin. Qo’l haykalini 1992 yilda qumliklarda cho’kayotgan insonning ojiz va notavonligining belgisi sifatida qurilgan. Qo’lni Google kartasidan ham ko’rish mumkin.
Maxfiy basseyn
Avstraliyalik bir topqir rassom Moxava sahrosida haqiqiy sara basseyn qurdi. Sahro o’rtasida joylashgan ushbu basseynda xohlagan odam muzdek suvda cho’milib olishi mumkin, biroq uni topish amrimahol: yaqin o’rtada mo’ljal olish uchun hech narsa yo’q, Google haritalari esa bu joyni aniqlamaydilar.
Liviya shishasi
Liviya shishasi – bu sayyoradagi eng noyob minerallardan biri, uni faqatgina Misr qumliklaridan topish mumkin. Olimlar hanuzgacha uning kelib chiqish tarixini bila olmadilar. Ammo taxminlardan birida aytilishicha, 28 mln yil avval sahroga meteorit tushgan bo’lib, qumning harorati uni eritib yuborib, suyuqlik sahro bo’ylab sochilib ketgan.
Сообщения из Facebook