Ushbu juftlik ishini tashlab, hamma narsasini sotib, mushugi bilan dunyo bo’ylab sayohatga yo’l oldi
просмотров
Avval avtomobil sotuvchisi va ekonomist bo’lib ishlagan (ikkalasi ham 32 yoshda) juftlik, allaqachon 16 ta mamlakatga tashrif buyurishdi, Bagama, Yamayka, Kuba va Peru shular jumlasidandir. 2012 yilda ular o’z komandasiga yana bir a’zo – Jorjiya ismli mushukni qabul qilishdi, bu mushuk suzishni bilar ekan.
- Biz juda ko’p soatlarni dam olish kunlari televizor qarshisida o’tirib o’tqazardik, esda qolarli yoki xursandchilik keltiradigan hech narsa yo’q edi. Ana shunday paytda biz nimadir o’zgartirishimiz kerakligini tushundik. Bir joyga joylashib olib, farzand katta qilishdan oldin, umrimizning bir necha yillarini faqat emotsiyalar va taassurotlarga bag’ishlashga qaror qildik.
Hammasi 2007 yil, Michigan ko’liga borganimizda boshlandi.
Mett suvdagi yaxtalarni tomosha qilib, ana shunday bir yaxtada dengizda dam olish oyi o’tqazish zo’r bo’lardi, deb qoldi.
U shunday dedi: - Biz yo ko’chmas mulk, yo yaxta sotib olishimiz mumkin. Nima deb o’ylaysan, qaysi biri bizga ko’proq kerak?
Shunday qilib biz, dam olish kunlarimizni suvda o’tqazishga kelishib oldik. 2011yilning iyun oyida esa biz uyimizni sotib yubordik, chunki uzoqroq yani 4-5 yil sayohat qilishga qaror qilgan edik. Imkoni boricha uzoqroq.
Iyul oyida ikkalamiz ishdan bo’shadik, avtomobillarimizni sotib yuborib, o’z kruizimizni boshladik.
2012 yil, hayvonlar uchun boshpanadan o’zimizga Jorjiya ismli mushukni oldik.
Jorji yaxtaga yaxshi ko’nikib ketti, xattoki, bizdan ham yaxshi desak bo’ladi.
Bu sayohat bizning munosabatlarimizga yaxshi ta’sir ko’rsatmoqda.
Bu yerda, agar baxslashib qolsak, hech kim muammodan qocha olmaydi, axir qayerga ham qochardi. Shuning uchun hammasini joyida hal qilamiz.
Mushugimiz suvni va unda suzib yurgan baliqlarni tomosha qilishni yoqtiradi.
Yana biz, Jorji suza olishini bilib qoldik.
Bir kuni u bortdan tashqariga sakradi, yaxtani aylanib suzib, orqadagi zinadan chiqib keldi.
Biz odamlar orzularini pensiya yoshiga yetgunicha kuttirishi haqida ko’p eshitganmiz… lekin u yoshda ko’p orzularni allaqachon amalga oshirib bo’lmaydigan bo’lib qoladi.
Yaqin orada sayohatimiz nihoyasiga yetadi. Undan olgan hissiyotlar va taassurotlar butun umrimizga yetishini xohlardik.
Сообщения из Facebook