Xitoyda karyer ichiga qurilayotgan 5 yulduzli mehmonxonaning qurilish ishlari nihoyalab qoldi
Xitoyda karyer ichiga qurilayotgan 5 yulduzli mehmonxonaning qurilish ishlari nihoyalab qoldi
Xitoyliklar butun dunyoni o’zlariga qanday jalb qilish haqida juda yaxshi bilishadi. Shanxayda qad ko’tarayotgan Songjiang International mehmonxonasining qurilish ishlari yakunlanishiga ham sanoqlar kunlar qoldi.
Mehmonxona atrofdagilarning katta qiziqishishi sabab bo’lmoqda, zero u oddiygina tarzda yer ustida esa, 90 metr chuqurlikdagi ochiq karyer ichiga qurilyapti. Mehmonxona korpusi asosi allaqachon tayyor bo’ldi, yarim yilga qolmasdan esa bino eshiklari tashrif buyuruvchilar uchun keng ravishda ochib beriladi.
Bunday mehmonxonani karyer ichiga qurish fikri kimning hayoliga kelgani aniq emas, ammo ilk suratlarni tomosha qila turib, uning tabiat manzaralari bilan a’lo darachada uyg’unlashayotganini ko’rish mumkin. Mehmonxonaning deyarli barcha qismi yerdan pastda joylashgan. Yer yuzasida esa binoning faqat ikkita qismi bo’ladi, yana ikki qismi esa suv bilan yopilib turadi.
Songjiang InterContinental 370 ta nomer uchun mo’ljallangan. Shuningdek mehmonxona tarkibida hordiq chiqarish va ish faoliyatiga doir uchrashuvlar o’tkazish uchun kerakli barcha infratuzilmalar quriladi. Mijozlar bino ichida SPA kurortida dam olib, banji-champing ko’magida haqiqiy va keskin hissiyotlar bilan to’qnashadilar. Konferensiya zali esa 1000 nafar inson uchun mo’ljallangan. Tashrif buyurgan mijozlarni binoning shundoqqina yuqori qismidan oqib turadigan ajoyib sharshara ham hayratga soladi.
Aytib o’tish kerakki, Songjiang InterContinental binosi allaqachon Xitoydagi ekologik toza mehmonxonalar qatorida tan olindi. Bu yerdagi yangi texnologiyalar quyosh va geotermal energiyadan foydalanishga yo’l beradi. Mehmonxonaning ochilishi marosimi esa 2018 yilning may oyida bo’lib o’tishi rejalashtirilmoqda.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook